Xamzaev Otaxon Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida “kasb-hunar” leksikasi asosida shakllangan paremiologik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3906
Ilmiy rahbar: Xudayqulov Abdulla Eshquvatovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Axmedov Oybek Saporboevich filologiya fanlari doktori (DSc),professor;
Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi kasb-hunar leksik birliklari asosida shakllangan paremalarni chog‘ishtirib, ularning leksik-semantik hamda milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jahon tilshunosligida, jumladan, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqol va hikmatli so‘zlar paremiologik birlik sifatida tadqiq etilib, kasb-hunar mazmunli paremalarni yondosh hodisalar bilan etimologik, ma’noviy, sintaktik tomondan farqli va o‘xshash  jihatlari  aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida kasb-hunar leksikasiga oid paremalarning chog‘ishtirma tahlili asosida ularning paremiologik birliklarda etimologik jihatdan  ifodalanishidagi tafovutlari aniqlangan;
har ikkala tilda paremiologik birliklarning kompleks tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligi, paradigmatik hamda sintagmatik aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika uchligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi paremalarning lingvomadaniy xususiyatlari ularning insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi va  semantik-struktur mohiyati har ikkala xalq tarixi, milliy mentaliteti, moddiy hamda ma’naviy madaniyati, an’anaviy xo‘jaligi, ijtimoiy kundalik turmush tarzi, qadriyati hamda diniy e’tiqodi, maishiy hayoti va aloqalari, milliy tuyg‘ulari, urf-odatlari, mamlakatlarning geografik joylashuvi kabi omillar ta’sirida shakllanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida kasb-hunar leksikasi asosida shakllangan maqol va hikmatli so‘zlar semantikasi va lingvomadaniy tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Paremiologik birliklarning statusiga yangicha munosabat bildirilgan fikrlar, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqol va hikmatli so‘zlarning semantikasi, lingvomadaniy tahlili haqidagi mulohazalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan F3-201912258, “Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-fevral № 04/1-339-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi kasb-hunar leksemasiga oid paremiologik birliklarning chog‘ishtirma tahlili asosida zamonaviy qiyosiy paremiologiyaga doir muammolarning echimini topishning yangi yo‘nalishlarini ochib berishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi kasb-hunar leksikasi asosida shakllangan maqol va hikmatli so‘zlar lingvomadaniy jihatdan o‘xshash va farqli tomonlari faktik materiallar asosida dalillangan fikrlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “ O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasida “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘smirlar uchun” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2024-yil 7-fevral 05-24 son ma’lumotnomasi). Natijada qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil etilgan paremiologik birliklar, ingliz va o‘zbek xalqlarining til boyligini, urf-odatini, mentalitetini, dunyoqarashlarini va tarixini o‘rganishda, hamda til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida kasb-hunar leksikasi asosida shakllangan maqol va hikmatli so‘zlar chog‘ishtirma tahlili orqali ularning tarixiy-etimologik taraqqiyoti va ularning paremiologik birliklarda ifodalanishi ikki xalq tarixi, mentaliteti, madaniyati, har xil dinlar, geografik joylashuvi bilan bog‘liqligi kabi lisoniy-madaniy nomuvofiqliklarni belgilash asosida ochib berganligi haqidagi fikrlaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillar”  nomli loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil, 2-fevraldagi 0411/1439 -son ma’lumotnomasi). Natijada Innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchi va til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bilimini oshirish shuningdek, kasb-hunar leksemasini paremiologik birliklarni yoritish tadqiqiga lingvomadaniy yondashuvni qo‘llash, paremiologik birliklarning ekvivalentlik masalasi, hamda sohaga oid uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda, Oliy ta’lim muassasasida o‘tiladigan leksikologiya, tipologiya va tarjimaga doir fanlarning mavzu doirasini boyitish hamda ularni mukammallashtirishda foydalanilgan.

 


        Ilmiy kengash raisi:                S. A. Misirov
    Ilmiy kotib:                              A. V. Ermirzaev
        Ilmiy rahbar:                    A.E.Xudayqulov
        Talabgor:                              O.E.Xamzaev

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish