Axmedjanov Dilshod Ulugbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bel sohasi kompression radikulopatiyasini mikrojarrohlik yo‘llari bilan optimallashtirish», 14.00.28 – Neyroxirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2920.
Ilmiy raxbar: Karimov Abdufarrux Abdusatarovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnaraxan Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudayberdiev Kobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bel kompression radikulopatiyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu tubulyar mikrodiskektomiya usulini klinik-funksional baholash va taktik-texnik jihatlarni takomillashtirish orqali amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bel kompression radikulopatiyasini mikroxirurgik davolash usuli takomillashtirilib, u atrofdagi to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtirgan holda etarlicha vizualizatsiyani ta’minlashi isbotlangan;
bel kompression radikulopatiyasini mikroxirurgik davolash usulining takomillashtirilishi va buning oqibatida yon to‘qimalar jarohatining minimalligi be’morlarning qisqa muddat ichida tiklanishi asoslangan;
tubulyar mikrodiskektomiya usuli bilan flavioplastika qo‘llangan bel kompression radikulopatiyasini mikroxirurgik davolash asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishi asoslangan;
taklif etilgan tubulyar mikrodiskektomiya usuli belning kompression radikulopatiyasi bilan og‘riqlangan bemorlarda a’lo va yaxshi natijalar ulushini oshirishga, shuningdek, uzoq muddatli davrda jismoniy va psixologik hayot sifatining dinamikasini yaxshilashi isbotlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining huzuridagi Ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha № 03/49-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: bel qismining kompression radikulopatiyasida mikroxirurgik davolash taktik va texnik usullari takomillashtirilib, atrofdagi to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtirgan holda etarlicha vizualizatsiyani ta’minlash imkoniyati ilmiy jihatdan isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilgan usul jarrohlik amaliyotida vizualizatsiyani yaxshilash orqali operatsiya davomida nerv tuzilmalariga zarar etkazish xavfini kamaytiradi, og‘riq sindromini pasaytiradi va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialiga 2024 yil 9 iyuldagi 90-1-sonli buyruq, hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Andijon filialiga 2024 yil 15 iyundagi 146-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan mikroxirurgik usul bemorlarda og‘riq sindromini 40% ga kamaytirish (p < 0,0002), kasalxonada yotish muddatini 3,1±0,1 kundan 2,6±0,1 kungacha qisqartirish (p < 0,0025), shuningdek, umumiy reabilitatsiya davrini 28,6±3,7 kundan 22,7±2,6 kungacha kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni kamaytirish, kasalxonada yotish muddatini qisqartirish va bemorlarning ishga tezroq qaytishi natijasida davolanish xarajatlarini pasaytirish hamda iqtisodiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish ta’minlandi. Xulosa: Bel qismining kompression radikulopatiyasida mikroxirurgik davolashning takomillashtirilgan usuli minimal invaziv yondashuv orqali jarrohlik samaradorligini oshiradi, operatsiyadan keyingi og‘riq sindromini kamaytiradi va reabilitatsiya muddatini qisqartirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bel qismining kompression radikulopatiyasini mikroxirurgik davolash usuli takomillashtirilib, uning oqibatida yon to‘qimalarning jarohatlanishini minimallashtirish orqali bemorlarning qisqa muddat ichida tiklanishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilgan usul jarrohlik jarayonida yon to‘qimalarning minimal jarohatlanishi hisobiga og‘riq sindromini kamaytirish, erta reabilitatsiyani ta’minlash va jarrohlikdan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtirish imkonini bergan. Shuningdek, operatsiya jarayonida vizualizatsiyaning yaxshilanishi jarrohlik manipulyasiyalarini aniq va samarali bajarish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialiga 2024 yil 9 iyuldagi 90-1-sonli buyruq, hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Andijon filialiga 2024 yil 15 iyundagi 146-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilgan usul 56 nafar bemorda klinik sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, operatsiyadan keyin og‘riq sindromi VAS bo‘yicha 40% ga kamaygan (p < 0,0002), erta reabilitatsiya natijasida bemorlarning tiklanish muddati qisqargan, shifoxonada yotish muddati 3,1±0,1 kundan 2,6±0,1 kungacha kamaygan (p < 0,0025). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi jarrohlikdan keyingi asoratlar kamayishi va bemorlarning ish qobiliyatiga tezroq qaytishi natijasida davolanish xarajatlari qisqargan, bir shifoxona kesimida an’anaviy va takomillashtirilgan usullar xarajat tafovuti hisoblanganda o‘rtacha 6460000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: Bel qismining kompression radikulopatiyasida takomillashtirilgan mikroxirurgik usul yon to‘qimalarni minimal jarohatlantirish orqali og‘riq sindromini kamaytirish, tiklanish muddatini qisqartirish va operatsiya samaradorligini oshirish imkonini bergan.  
uchinchi ilmiy yangilik: tubulyar mikrodiskektomiya usuli bilan flavioplastika qo‘llangan bel qismining kompression radikulopatiyasini mikroxirurgik davolash asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tubulyar mikrodiskektomiya va flavioplastika qo‘llanilishi jarrohlik jarayonida sariq bog‘lamning saqlanishi hisobiga operatsiyadan keyingi to‘qima fibrozining oldini olishga olib kelishi isbotlangan. Shuningdek, ushbu usul jarrohlik jarayonida yuqori vizualizatsiyani ta’minlab, nerv tuzilmalariga travmatik ta’sirni kamaytirish imkonini yaratadi. Aniqlangan mezonlar asosida mikrodiskektomiyada sariq bog‘lamni saqlab qolish usuli ishlab chiqilgan (№FAP 2616 30.11.2022 y.). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialiga 2024 yil 9 iyuldagi 90-1-sonli buyruq, hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Andijon filialiga 2024 yil 15 iyundagi 146-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan mikroxirurgik yondashuv klinik sinovlar asosida bemorlarda asoratlar rivojlanish xavfini 30% ga kamaytirgan, operatsiyadan keyin og‘riq sindromi VAS bo‘yicha 40% ga pasaygan (p < 0,0002), reabilitatsiya jarayoni tezlashib, shifoxonada yotish muddati 3,1±0,1 kundan 2,6±0,1 kungacha qisqargan (p < 0,0025). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi nevrologik asoratlar va qayta jarrohlik ehtiyojini kamaytirish hisobiga davolanish xarajatlarini pasaytirish, reabilitatsiya xarajatlarini qisqartirish hamda davlat tibbiy xarajatlarini minimallashtirish imkonini bergan. Xulosa: Tubulyar mikrodiskektomiya va flavioplastika qo‘llanilishi mikroxirurgik jarrohlik jarayonida sariq bog‘lamning saqlanishi hisobiga jarrohlik samaradorligini oshirish, jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirish va reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan tubulyar mikrodiskektomiya usuli bel qismining kompression radikulopatiyasi bilan og‘riqlangan bemorlarda a’lo va yaxshi natijalar ulushini oshirishga, shuningdek, uzoq muddatli davrda jismoniy va psixologik hayot sifatining dinamikasini yaxshilashga yordam berishi ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tubulyar mikrodiskektomiya va flavioplastika qo‘llanilishi jarrohlik samaradorligini oshirish, asoratlar xavfini kamaytirish va uzoq muddatli davrda bemorlarning jismoniy hamda psixologik hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratishi isbotlangan. Bunda Oswestry Disability Index (ODI) va SF-36 hayot sifati shkalasi bo‘yicha natijalar statistik jihatdan ishonchli yaxshilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialiga 2024 yil 9 iyuldagi 90-1-sonli buyruq, hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Andijon filialiga 2024 yil 15 iyundagi 146-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan mikroxirurgik yondashuv uzoq muddatli natijalarni yaxshilash, operatsiya samaradorligini oshirish va bemorlarning reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish imkonini berib, a’lo natijalar ulushi 43,3% dan 60% ga oshgan (p = 0.032), yaxshi natijalar ulushi 33,3% dan 36,7% ga ko‘tarilgan, Oswestry Disability Index (ODI) bo‘yicha funksional cheklovlar 71,1% dan 87,5% ni tashkil etgan, shuningdek, SF-36 hayot sifati shkalasida jismoniy va psixologik holatlar sezilarli yaxshilangan (p < 0.05). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirish hisobiga kasalxonada yotish muddati qisqargan, reabilitatsiya jarayonining tezlashishi esa davlat tibbiy xarajatlarini kamaytirish va bemorlarning tezroq ishga qaytishi imkonini bergan, shuningdek, takomillashtirilgan davolash usuli takroriy jarrohlik ehtiyojini kamaytirish hisobiga tibbiy xarajatlarni pasaytirishga yordam bergan. Xulosa: Taklif etilgan tubulyar mikrodiskektomiya usuli jarrohlik samaradorligini oshirish, asoratlar xavfini kamaytirish va uzoq muddatli davrda bemorlarning jismoniy hamda psixologik hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Axmedjanov Dilshod Ulugbekovichning “Bel sohasi kompression radikulopatiyasini mikrojarrohlik davolash usuli” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvoffiqlashtirish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan 2022 yil 22 sentyabrdagi №8 u-p/1010 sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish