Juraev Bobomurod Tojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Somoniylar davrida ijtimoiy-madaniy hayot va pedagogik fikr taraqqiyoti”
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4332
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: pedogogika fanlari doktori (DSc), professor Izbullaeva Gulchehra Valerievna; tarix fanlari doktori, professor Vohidov Shodmon Huseynovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Somoniylar davridagi ijtimoiy-madaniy hayot va pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish va ulardan hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Somoniylar davrida ijtimoiy hayot va ta’lim-tarbiya jarayonlari ushbu davr ma’rifatparvarlari tomonidan yaratilgan madaniy-ma’rifiy hayotda qo‘llanilgan tarixiy, falsafiy, badiiy-estetik, ilmiy-pedagogik asarlar davriy-xronologik, konstruktiv-tuzilmaviy jihatdan pedagogik tamoyillarga ustuvorlik berish asosida tahlil qilinib, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning dolzarbligi aniqlashtirilgan;
Somoniylar davrida faoliyat ko‘rsatgan ta’lim muassasalaridagi o‘qitish tizimi yakka tartibda, guruhda, jamoada ta’lim olish jarayonidagi (xotirada saqlash, yozishga o‘rgatish, hikoya, lug‘at, yodlash, savol-javob, bahs-munozara, ma’ruza, o‘rganilganlarni qiroat qilish, tafsir, sura va oyatlarni xotirada saqlash) ta’lim metodlarini tanlash mezonlari tashkiliy-metodik, integrativ-muqobillik vositasida aniqlanib, ulardan oliy ta’limda samarali foydalanishning muammoli, modulli, hamkorlikda o‘qitish kabi zamonaviy yondashuvlari takomillashtirilgan;
Somoniylar davri mutafakkirlarining yosh avlodni barkamol inson, yuksak axloq sohibi etib tarbiyalashga doir ilg‘or fikr va qarashlari motivatsion, faoliyatli, kognitiv, qadriyatli-mezonli, tashxisli-baholovchi yondashuvlar vositasidagi zamonaviy ta’lim paradigmalari bilan integratsiyalashning ahamiyati ilmiy asoslangan;
Somoniylar davri ta’lim tizimidagi ilg‘or fikr va qarashlardan foydalanishga oid ilmiy-metodik ko‘rsatmalar, taklif va tavsiyalar intellektual va yuqori kasbiy sifatlar hamda shaxsiy pozisiyaga ega yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan talabalarning kognetiv bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini uzluksiz rivojlantirish kabi ta’lim jarayonining zamonaviy talablariga muvofiq bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Somoniylar davrida ijtimoiy-madaniy hayot va pedagogik fikr taraqqiyotiga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
Somoniylar davrida ijtimoiy hayot va ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ushbu davr ma’rifatparvarlari tomonidan yaratilgan madaniy-ma’rifiy hayotda qo‘llanilgan tarixiy, falsafiy, badiiy-estetik, ilmiy-pedagogik asarlar davriy-xronologik, konstruktiv-tuzilmaviy jihatdan pedagogic tamoyillarga ustuvorlik berish asosida tahlil qilinib, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning dolzarbligini aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 6-fevraldagi 02-07-331/04-sonli dalolatnoma). Natijada Somoniylar davrida yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy manbalar, mutafakkirlar yaratgan asarlar mazmunidagi pedagogik qarashlarni o‘rganish dolzarb muammo ekanligini aniqlashtirishga xizmat qilgan.
Somoniylar davrida faoliyat ko‘rsatgan ta’lim muassasalaridagi o‘qitish tizimi (maktablar, jamoa masjidlari, madrasa, kutubxona, do‘kon, xonaqoh, sufa, karvonsaroy, olimlarning uyi), yakka tartibda, xutbalar, ko‘rsatmalar, jamoa bo‘lib o‘qish, ilmiy-adabiy to‘garak, amaliy mashg‘ulot, guruhiy o‘qitish shakllari, xotirada saqlash, yozishga o‘rgatish, hikoya, lug‘at, yodlash, savol-javob, bahs-munozara, ma’ruza, o‘rganilganlarni qiroat qilish, tafsir, sura va oyatlarni xotirada saqlash kabi ta’lim metodlari tashkiliy-metodik, integrativ-muqobillik vositasida aniqlanib, ulardan oliy ta’lim jarayonida samarali foydalanishning muammoli, modulli, hamkorlikda o‘qitish kabi zamonaviy yondashuvlariga oid umumlashma va tavsiyalar “Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 4-oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-052-raqamli guvohnoma). Natijada Somoniylar davrida faoliyat ko‘rsatgan ta’lim muassasalaridagi ta’lim shakllari, bosqichlari, ta’lim metod va vositalarini aniqlash imkoni kengaytirilib, pedagogik fanlarni zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish takomillashtirilgan;
Somoniylar davri mutafakkirlarining yosh avlodni barkamol inson, yuksak axloq sohibi etib tarbiyalashga doir ilg‘or fikr va qarashlari motivatsion, faoliyatli, kognitiv, qadriyatli-mezonli, tashxisli-baholovchi yondashuvlar vositasida zamonaviy ta’lim paradigmalari bilan integratsiyalashning ahamiyatiga oid ilmiy asoslangan ma’lumotlardan YoA-1-9-“OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017–2020-yillar) mavzusidagi fundamental loyihani “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida psixologik muhofazasini shakllantirish va ularni kasbiy tafakkurini rivojlantirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 24-martdagi 01-04/01-0635-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik-psixologik muhofazasini shakllantirishga, ularni ma’naviy-ma’rifiy va kasbiy tafakkurini rivojlantirishga, yosh xususiyatlarni inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Somoniylar davri ta’lim tizimidagi ilg‘or fikr va qarashlardan foydalanishga oid ilmiy-metodik ko‘rsatmalar, taklif va tavsiyalar intellektual va yuqori kasbiy sifatlar hamda shaxsiy pozisiyaga ega yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan talabalarning kognetiv bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini uzluksiz rivojlantirish kabi ta’lim jarayonining zamonaviy talablariga muvofiq bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilgan xulosalar “Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302- son buyrug‘iga asosan berilgan 302-1163 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada Somoniylar davri ta’lim tizimidagi ilg‘or fikr va qarashlardan foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ushbu ilg‘or g‘oyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash samaradorligi ortgan.