Adilov Baxrambek Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jazoni ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining umumiy qoidalarini takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1604.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Kumrinisa Raimkulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Adina Gulyamovna, yuridik fanlar doktori, professor; Fayzullaeva Tamara Xamidullaevna yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat-ijroiya qonunchiligining umumiy qoidalarini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada bo‘lish, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishdan iborat xalqaro huquq normasini alohida prinsip sifatida
jinoyat-ijroiya qonunchiligida belgilash zarurati asoslantirilgan;
huquqiy himoya bo‘yicha milliy qonunchilikdagi barcha vositalardan foydalangan mahkumlarning inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlarga murojaat etishga haqli ekanligini qonunchilik hujjatlarida mustahkamlash lozimligi isbotlangan;
amaldagi qonunchilikka o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi, insonning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishdan iborat huquqni kiritish orqali mahkumlarning huquqiy holatini yanada kengaytirish zarurligi asoslab berilgan;
tarbiyaviy ishlarni mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tmaganlar va tuzalish yo‘liga o‘tganlar toifalariga ajratgan holda amalga oshirish ijobiy natijalar berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jazoni ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining umumiy qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada bo‘lish, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishdan iborat xalqaro huquqiy normani alohida prinsip tariqasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 6-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-sentyabrdagi №3/08-181-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jinoyat-ijroiya qonunchiligining prinsiplarini xalqaro huquq normalariga muvofiq takomillashtirishga xizmat qilgan;
huquqiy himoya bo‘yicha milliy qonunchilikdagi barcha vositalardan foydalanib bo‘lgan mahkumlarning, inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlarga murojaat etishga haqli ekanligini qonunchilikda belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 9-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-sentyabrdagi №3/08-181-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mahkumlarning huquq va erkinliklari buzilganda inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish huquqini kafolatlashga xizmat qilgan;
amaldagi qonunchilikka o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda insonning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishdan iborat huquqni kiritishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksiga yangidan kiritilgan 111 moddani ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-sentyabrdagi 3/08-181-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mahkumlarning huquqiy maqomini jinoyat-ijroiya qonunchiligining prinsiplariga muvofiq tarzda mustahkamlanishiga xizmat qiladi;
tarbiyaviy ishlarni mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tmaganlar hamda tuzalish yo‘liga o‘tganlar toifalariga ajratgan holda amalga oshirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 17-iyuldagi 543-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 430-son qarorining ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-noyabrdagi 12-15-120-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligining ortishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish