Ishonkulov Nizamjon Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘chmas mulkni baholash metodologiyasini takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt583
Ilmiy maslahatchi: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshodjon Alidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘chmas mulk qiymatini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, metodologik va amaliy yo‘nalishlarda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘lgan er uchastkalarining kadastr qiymatini hisoblashda mahalliy hokimiyat organlarining ishtirokini ta’minlash va kadastr qiymatining odatdagi narxlarini doimiy e’lon qilib borish, qayta baholash ishlarini har 5 yilda kamida 1 marotaba o‘tkazish taklifi asoslangan;
ko‘chmas mulkni baholash uchun bitimlar yoki takliflar narxlari ma’lum bo‘lgan analog-ob’ektlarni etarli miqdorda tanlab olish imkoni bo‘lgan hollarda baholovchi sotuvlarni taqqoslash usulini qo‘llash orqali qiyosiy yondashuvdan foydalanish taklifi asoslangan;
ko‘chmas mulkni baholashdagi daromad yondashuvini hisoblash uchun prognoz davrida olinadigan pul oqimlari o‘lchovi sifatida potensial yalpi daromad, haqiqiy yalpi daromad, sof operatsion daromad, soliqlar va foizlar to‘langunga qadar bo‘lgan daromad turlaridan foydalanish zarurligi asoslangan;
ko‘chmas mulkni baholashdagi daromad yondashuvida kapitallashtirish stavkasi baholanayotgan aktiv daromadlari tarkibi va mavjud axborotga qarab bog‘liq investisiyalar usuli bilan hisoblashda qo‘llanilayotgan kapitallashtirish stavkasini hisoblash uchun inflyasiya indeksidan foydalanish taklif etilgan;
qurilish bosqichida bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini yoki mavjud ko‘chmas mulk ob’ektini yangi maqsadda foydalanish uchun qayta ixtisoslashtirish talab qilinadigan, yaxshilashi ko‘zda tutilgan yoxud baholash sanasiga yaratish bosqichida bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini baholashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘chmas mulkni baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘lgan er uchastkalarining kadastr qiymatini hisoblashda mahalliy hokimiyat organlarining ishtirokini ta’minlash va kadastr qiymatining odatdagi narxlarini doimiy e’lon qilib borish, qayta baholash ishlarini har 5 yilda kamida 1 marotaba o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan vakolatlari doirasida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 08/29-21622-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ko‘chmas mulkni baholash yondashuvlari va usullari asosida baholash metodologiyasining takomillashtirilishi ta’minlangan.
ko‘chmas mulkni baholash uchun bitimlar yoki takliflar narxlari ma’lum bo‘lgan analog-ob’ektlarni etarli miqdorda tanlab olish imkoni bo‘lgan hollarda baholovchi sotuvlarni taqqoslash usulini qo‘llash orqali qiyosiy yondashuvdan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartida (Ko‘chmas mulkni baholash (10-son MBS)) o‘z aksini topgan va ko‘chmas mulkni baholash amaliyotiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 3 maydagi 02/11-19/1382-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ko‘chmas mulkni qiyosiy yondashuv asosida baholash metodologiyasi takomillashtirilib, ko‘chmas mulk obektlarini baholash xizmatlari hajmi 2022-yildagi 103,9 mlrd.so‘mdan 2023-yilga kelib 118,0 mlrd.so‘mga (113,6 foizga) o‘sishiga olib kelgan.
ko‘chmas mulkni baholashdagi daromad yondashuvini hisoblash uchun prognoz davrida olinadigan pul oqimlari o‘lchovi sifatida potensial yalpi daromad, haqiqiy yalpi daromad, sof operatsion daromad, soliqlar va foizlar to‘langunga qadar bo‘lgan daromad turlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartida (Ko‘chmas mulk qiymatini baholash (10-son MBS)) o‘z aksini topgan va ko‘chmas mulkni baholash amaliyotiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 3 maydagi 02/11-19/1382 - son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ko‘chmas mulkni daromad yondashuvi asosida baholash metodologiyasi yaratilib, kapitallashtirish stavkasini bozorni siqish usuli bilan hisoblash analog ob’ektlarning sotuv narxlari va sof operatsion daromad qiymatlari haqidagi bozor ma’lumotlariga asoslanishini belgilab bergan.
ko‘chmas mulkni baholashdagi daromad yondashuvida kapitallashtirish stavkasi baholanayotgan aktiv daromadlari tarkibi va mavjud axborotga qarab bog‘liq investisiyalar usuli bilan hisoblashda qo‘llanilayotgan kapitallashtirish stavkasini hisoblash uchun inflyasiya indeksidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartida (Ko‘chmas mulkni baholash (10-son MBS)) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 3 maydagi 02/11-19/1382-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ko‘chmas mulkni daromad yondashuvi asosida baholash uchun kapitallashtirish stavkasini hisoblash metodologiyasini takomillashtirish imkoni yaratilgan.
qurilish bosqichida bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini yoki mavjud ko‘chmas mulk ob’ektini yangi maqsadda foydalanish uchun qayta ixtisoslashtirish talab qilinadigan, yaxshilashi ko‘zda tutilgan yoxud baholash sanasiga yaratish bosqichida bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini baholashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olish taklifi “Ko‘chmas mulk qiymatini baholash” (10-son MBS) standartiga “Development jarayonida bo‘lgan ko‘chmas mulk qiymatini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan 6-bobida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 08/29-21622-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024 yil 3 maydagi 02/11-19/1382-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, development jarayonidagi (qurilish bosqichidagi) ko‘chmas mulk qiymatini baholashda qo‘llaniladigan baholash yondoshuvlari va usullari ishlab chiqildi hamda ularni qo‘llash metodikasini takomillashtirish imkoni yaratilgan.