Mo‘minxo‘jaev Abrorxo‘ja Muksumxodjaevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda ma’naviy va mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda siyosiy qarashlar transformatsiyasi 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal423
Ilmiy rahbar: Mamatov Normurod, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Atamuratov Murat siyosiy fanlar doktori, Bazarov Dilmurad falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan va prognoz qilinayotgan siyosiy qarashlar transformatsiyasi fonida ma’naviy va mafkuraviy tahdidlardan saqlanish va qadriyatlarni asrashda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tahlil qilish, ularni bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“siyosiy qarashlar transformatsiyasi” atamasining metodologik mazmuni uning ma’naviy va mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashdagi ishlash prinsiplari, aholining siyosiy ongini va g‘oyaviy tahdidlar transformatsiyasini chog‘ishtirish hamda davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar bilan bog‘liq jarayonlarda vujudga keladigan integrativ xususiyatiga ko‘ra ochib berilgan;
Ma’naviy-mafkuraviy xavfsizligini ta’minlashda aholining dunyoqarashi, ijtimoiy-psixologik bardoshliligi hamda siyosiy pozisiyasini mustahkamlash bo‘yicha amaldagi maqsadli ishlashni klassifikatsiyalash, siyosiy manfaatlarini tizimlashtirish va ularni raqamli texnologiyalar platformasiga joylashtirish jamiyatda sog‘lom siyosiy tafakkurni shakllantirish va mo‘tadillashtirishning samarali mexanizmi ekanligi asoslangan hamda uning germenevtik va aksiologik ta’siri ochib berilgan;
Aholining ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarga nisbatan siyosiy pozisiyasini mustahkamlashda mahalliy, mintaqaviy va geosiyosiy masshtablardagi hodisalarning aniq siyosiy diagnostikasini ishlab chiqish va ularni ma’naviy-mafkuraviy seleksiyalash asosida xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan preventiv foydalanish samarali profilaktikalash texnologiyasi ekanligi nazariy va amaliy ta’siri hamda siyosiy baholash xususiyatiga ko‘ra dalillangan;
Aholida siyosiy etuklikni shakllantirishda oila, ta’lim, ommaviy axborot institutlaridan samarali foydalanishning tizimli-funksional birligini integratsiyalashtirish va faoliyatini muntazam siyosiy-uslubiy ekspertizadan o‘tkazish jamiyatda yaxlit siyosiy qarashlar transformatsiyasi paradigmasini yaratishning zamonaviy tamoyillari ekanligi induktiv va deduktiv ta’siri ko‘lamiga ko‘ra ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ma’naiy va mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning siyosiy transformatsiyasini asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“siyosiy qarashlar transformatsiyasi” atamasining siyosiy-metodologik xususiyati uning ma’naiy va mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashdagi ishtiroki, g‘oyaviy tahdidlar transformatsiyasini chog‘ishtirish hamda siyosiy institutlar bilan bog‘liq jarayonda vujudga keladigan integrativ xususiyatiga ko‘ra ochib berilganligidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining ma’naviy xavfsizlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohalardagi “O‘zbekiston gerbi qabul qilingan kun, Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida yashovchi turli millat hamda elatlarning etnomadaniy xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan dala etnografik tadqiqotini o‘tkazish” kabi tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2023 yil 28 avgustdagi 14-07-2001-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naiy xavfsizlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishdagi qo‘yilgan maqsadlarga erishilgan;
ma’naiy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda aholining siyosiy dunyoqarashi, ijtimoiy-psixologik bardoshliligi, g‘oyaviy pozisiyasining mustahkamligi bo‘yicha amaldagi tizimni tasniflash, ularni raqamli texnologiyalar platformasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish jamiyatda siyosiy tafakkur balansini saqlash va mo‘tadillashtirishning samarali mexanizmi ekanligi haqidagi tahlillardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020—2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining 5-ilovasida belgilangan “Huquqiy, siyosiy ong va madaniyatni oshirish oyligi”larini tizimli tartibda o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023 yil 5 sentyabrdagi 02/05-51-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi xodimlari, a’zolari va tadbirlar davomida qamrab olingan aholining ma’naiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
jamiyatdagi mahalliy, mintaqaviy va geosiyosiy masshtabdagi dinamik xarakterga ega bo‘lgan ma’naiy-mafkuraviy hodisalarni diagnostika qilish, seleksiyalash va prognozlash hamda preventiv diplomatiyaning (bag‘rikenglik, konsensus va kompromiss, keng qamrovli muloqot, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, ochiq va pragmatik siyosat kabi) imkoniyatlaridan samarali foydalanish aholining ma’naiy va mafkuraviy tahdidlarga nisbatan siyosiy immunitetini mustahkamlashning muhim omili ekanligi xavf-xatarlarni profilaktik baholash xususiyatiga ko‘ra ochib berilganligidan O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Uchinchi Renessans – yangi O‘zbekiston” kitob – albomini yaratishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya Markazining 2023-yil 18-avgustdagi 05-13/115-sonli dalolatnomasi). Natijada, ma’naiy va mafkuraviy tahdidlarni oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishga hamda takomillashtirishga xizmat qilgan;
g‘oyaviy-ma’naiy tahdidlarga qarshi kurashishning an’anaiy siyosiy targ‘ibot metodlari (demokratik, liberal, konstruktiv, kommunikativ) orqali davlatning milliy mustaqilligini mustahkamlash, uning siyosiy imijiga putur etkazayotgan mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va bartaraf etishda milliy qadriyatlarga asoslangan differensial (klassifikatsiyalash, darajalash, baholash, tabaqalashtirish) yondashuvli siyosatning yuritilishining ahamiyati haqidagi tahlillardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining 6-bandida belgilangan “Partiya hududiy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularni salohiyatli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminar”larda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2023-yil 7-sentyabrdagi 01.04/260-sonli dalolatnomasi) Natijada, tashkil etilgan o‘quv-seminarlarining samaradorligiga erishilgan.