Eshimov Shahriddin Xujayorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Qashqadaryo viloyatida sud tizimidagi islohotlar va ularning natijalari (1991 – 2022 yy), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1727.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamurodovich, tarix fanlari doktori, professor; Qodirov Quvonch Bekmurodovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sud tizimidagi islohotlar va uning natijalarini Qashqadaryo viloyati misolida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sudlarning davlat va jamiyat rivojida faol ishtirokini ta’minlash, sudyalar mavqeyini ko‘tarish va ularning mustaqilligini ta’minlash borasida zarur huquqiy kafolatlarning yaratilganligiga qaramay, mustaqillikning ilk yillarida sudlarning hal qiluv qarorlari, sud hukmlarini soxtalashtirish, ishlarni mazmunan ko‘rishda sansalorlikka yo‘l qo‘yish, ish yuritishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaslik, mehnat intizomini buzish, sudyalik sha’niga dog‘ tushirish, beparvolik, qonunchilikni buzish kabi muammolar sud-huquq tizimidagi islohotlar samaradorligining past bo‘lishiga va aholining sudlarga nisbatan ishonchsizligining ortib borishiga sabab bo‘lganligi asoslangan;
sudlarni ixtisoslashtirish, ya’ni jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha sudlarning alohida ajratilishi tufayli sudlarda ko‘rilgan ishlar sifatining ko‘tarilishiga, sud jarayonida ishlarni ko‘rish muddatining kamayishiga, sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi Qashqadaryo viloyat sudlari misolida dalillangan;
sud-huquq tizimi islohotlari jarayonida sudlar va sudyalar salmog‘ining o‘sib borish dinamikasi Qashqadaryo viloyati misolida shakllantirilib, natijada, ularning ish sifatidagi ijobiy o‘zgarishlar, xususan, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, ko‘rilgan ishlarda birinchi galda inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolik ishlarni o‘z vaqtida qonuniy hal etilishi, huquqi buzilgan tadbirkor, fermer, dehqon xo‘jaliklarning huquqini tiklash, umuman fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash va jarayonni adolatli va sifatli hal qilinishi sudlarning strategik vazifasiga aylanganligi yoritib berilgan;
Qashqadaryo viloyati sudlarining jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash ishiga qo‘shgan hissasi Yangi O‘zbekiston sharoitida o‘sganligi, xususan, sudlarning aholi huquqiy ongini shakllantirish bo‘yicha olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamining ortganligi, sayyor sud majlislarining turli ta’lim muassasalari va korxonalarda o‘tkazilishi keng xalq ommasi ongida jinoyat va jazo bo‘yicha tushunchalarni chuqurroq singdirishga xizmat qilayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati misolida mustaqillik yillarida sud tizimidagi islohotlar va uning natijalari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda sudlarning davlat va jamiyat rivojida faol ishtirokini ta’minlash, sudyalar mavqieni ko‘tarish va ularning mustaqilligini ta’minlash borasida zarur huquqiy kafolatlarning yaratilganligiga qaramay, mustaqillikning ilk yillarida sud hukmlarini soxtalashtirish, ishlarni mazmunan ko‘rishda sansalorlikka yo‘l qo‘yish, ish yuritishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaslik, sudyalik sha’niga dog‘ tushirish, beparvolik, qonunchilikni buzish kabi muammolar sud-huquq tizimidagi islohotlar samaradorligining past bo‘lishiga sabab bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yilning 15-fevraldagi 02-06-254-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonda aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, shuningdek sud-huquq tizimidagi islohtlarning samaradorligiga xizmat qilgan.
sudlarni ixtisoslashtirilishi sudlarda ko‘rilgan ishlar sifatining ko‘tarilishiga, sud qonunchiligini demokratlashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligiga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yilning 15-fevraldagi 02-06-254-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi aholi ongida sud tizimidagi yangilanish va islohotlar bo‘yicha ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qildi.
sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlar, ularning ish sifatidagi ijobiy o‘zgarishlar, xususan, ko‘rilgan ishlarda birinchi galda inson manfaatlarini ta’minlash, shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash va jarayonni adolatli va sifatli hal qilinishi sudlarning strategik vazifasiga aylanganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991-yildan keyingi davr)” deb nomlangan 10-bo‘limi fondini hamda Qarshi davlut universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘limlarini ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishda mazkur tadqiqot ishidan samarali foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 25-okyabrdagi 263-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongigida qatog‘on qurbonlarining oqlanishida sud organlarining o‘rni bo‘yicha tushunchalarning shakllantirishga xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyati sudlarining jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash ishiga qo‘shgan hissasi Yangi O‘zbekiston sharoitida o‘sganligi, xususan, sudlarning aholi huquqiy ongini shakllantirish bo‘yicha olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamining ortganligi, sayyor sud majlislarining turli ta’lim muassasalari va korxonalarda o‘tkazilishi keng halq ommasi ongida jinoyat va jazo bo‘yicha tushunchalarni chuqurroq singdirishga xizmat qilganligiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyatidagi sudlar faoliyatida, “Sudya mas’uliyati”, “Inson huquqlari oliy qadriyat”, “Odam savdosi global muammo”, “Inson manfaatlari yo‘lida”, “Inson sha’ni, qadri – muqaddas” kabi mavzularda tashkil etilgan davra suhbalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, Qashqadaryo viloyati sudi muzeyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda muzey fondlarini ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishda mazkur tadqiqot natijalaridan samarali foydalanildi (Qashqadaryo viloyati sudining 2024-yil 25-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Bu esa viloyat sudyalarini sudlarning turli yillardagi tarixi, taniqli sudyalarning hayot yo‘li haqidagi ma’lumotlardan boxabar qilish imkonini yaratgan.