Turdiboeva Gulmira Dilmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash tarixi (1991 – 2021 yy), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1245.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Tulqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, professor; Qodirov Quvonch Bekmurodovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash tarixi (1991 – 2021 yy.) bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda 1991-2021 yillarda voyaga etmagan o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash mustaqillikning ilk yillarida aholi maishiy turmush sharoitining og‘irlashuvi tufayli o‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlik ko‘rsatkichining ortib borishi (1991-1999- yillar), soha huquqiy asoslarining mustahkamlanishi (2000–2016-yillar), aholi yashash sharoitidagi ijobiy o‘zgarishlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri, voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirilishi (2017–2021-yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligi asoslangan;
O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosati ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ammo shahar joylarda uning ijrosini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omillar (oilaviy mojarolar, ota-onalar o‘rtasida ajrashishlar, ko‘cha muhitining o‘zgaruvchanligi, profilaktik tadbirlar samaradorligining pastligi, migratsiya jarayonlari, turmush sharoitining nochorligi) tufayli Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Guliston kabi shaharlarda voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bilan bog‘lik statistik raqamlar o‘sib borganligi aniqlangan;
voyaga etmaganlar o‘rtasida giyohvand moddalar savdosi va jinoyatchilik dinamikasi shakllantirilib, uning ayniqsa, Xorazm (162,6 foiz), Surxondaryo (32,6 foiz), Jizzax (23 foiz), Qashqadaryo (19,1 foiz) va Sirdaryo (11,6 foiz) viloyatlarida keskin o‘sish sabablari (oila muhiti, qarovsiz va nazoratsiz o‘smirlar, ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasida bu sohaga e’tiborning kamligi), o‘smir yoshlar o‘rtasida giyohvandlik kasalligi statistikasi Toshkent, Farg‘ona, Andijon viloyatlarda ortishi, giyohvandlikka chalingan bolalarni davolash bilan bog‘liq muammolar, ularga yordam ko‘rsatishda narkolog shifokorlar va psixologlarning o‘rni dalillangan;
O‘zbekistonda voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o‘lushi foizlar ko‘rinishida shakllantirilib, jinoyat turlarining ko‘payish yoki kamayish dinamikasi viloyatlar kesimida aniqlanadi va respublikada bu boradagi jinoyatlarning kamayishiga Respublikada voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari o‘z faoliyatini boshlaganligi, qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga etmaganlarga davlat tomonidan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilishi, bu sohada davlat va jamoat tashkilotlarining yaqin hamkorligi kabi omillar ta’sir qilganligi dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda voyaga etmagan o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash aholi maishiy turmush sharoitining og‘irlashuvi tufayli huquqbuzarlik ko‘rsatkichining ortib borishi (1991-1999- yillar), soha huquqiy asoslarining mustahkamlanishi (2000–2016-yillar), voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirilishi (2017–2021-yillar) kabi bosqichlarda shakllanganligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2024-yil 12-fevraldagi 26/430-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligiga qarshi kurash bo‘yicha faoliyatini, ushbu sohadagi islohotlar mohiyatini, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, voyaga etmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oqibatlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi xislatlarni shakllanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o‘lushi foizlar ko‘rinishida shakllantirilib, jinoyat turlarining ko‘payish yoki kamayish dinamikasi viloyatlar kesimida aniqlanganligi va respublikada bu boradagi jinoyatlarning kamayishiga Respublikada voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari o‘z faoliyatini boshlaganligi, qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga etmaganlarga davlat tomonidan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilishi, bu sohada davlat va jamoat tashkilotlarining yaqin hamkorligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2024-yil 12-fevraldagi 26/430-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar yurtimizda voyaga etmaganlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni olib borilishi va huquqbuzarliklarni oldini olishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Respublikada huquqbuzarlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosati ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ammo shaharlarda uning ijrosini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omillar tufayli Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Guliston kabi shaharlarda voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bilan bog‘lik statistik raqamlar o‘sib borganligini asoslashda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 30-maydagi 02-31-691-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida O‘zbekistonda voyaga etmagan o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
voyaga etmaganlar o‘rtasida giyohvand moddalar savdosi va jinoyatchilik dinamikasi, uning Xorazm, Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida keskin o‘sish sabablari (oila muhiti, qarovsiz va nazoratsiz o‘smirlar, ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasida bu sohaga e’tiborning kamligi), o‘smir yoshlar o‘rtasida giyohvandlik kasalligi statistikasi Toshkent, Farg‘ona, Andijon viloyatlarda ortishi, giyohvandlikka chalingan bolalarni davolash bilan bog‘liq muammolar, ularga yordam ko‘rsatishda narkolog shifokorlar va psixologlarning o‘rnini ta’riflashda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 30-maydagi 02-31-691-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi keng omma ongida o‘smir yoshlar o‘rtasida zararli odatlarga qarshi kurash tadbirlarining viloyatlardagi natijalari bo‘yicha tushunchalarning shakllanishiga xizmat qilgan.