Karimov Sanjar Sindorqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda hayotiy maqsad shakllanishining ijtimoiy falsafiy masalalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal321
Ilmiy rahbar: Ochilova Baxti Murodovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Nazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda hayotiy maqsadlarning shakllanish jarayonining ijtimoiy-falsafiy asoslarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayotiy maqsadning shakllanish qonuniyatlari (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya), strukturasi (maqsad, hayotiy dastur, hayotiy reja), ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqligi (mikro, makro, mega muhit) hamda substansional asoslari (e’tiqod va qadriyatlar) ochib berilgan;
hayotiy maqsadning funksiyalari (shaxs dunyoqarashini muayyan g‘oyaviy o‘zanga soluvchi, uning faoliyatini integratsiyalovchi, hayotiy pozisiyasini barqarorlashtiruvchi, rivojlantiruvchi) hamda xususiyatlari (eng asosiy, yakuniy, uzoq muddatli va dinamik maqsadlar ekanligi) aniqlanib, uning mazmuni shaxsning mavqei, ijtimoiy rollar tizimidagi o‘rni, qiziqishlari, ehtiyojlari, qobiliyatlari va hayotiy tajribalariga bog‘liq bo‘lishi asoslangan;
yoshlarning hayotiy maqsadlarini ijtimoiy manfaat va maqsadlarga muvofiq holda shakllantirish jarayoni individual (dunyoqarash, intellekt, qobiliyat, pozisiya, xulq, ehtiyoj, motiv, manfaat, mo‘ljal, yosh, jins) va ijtimoiy (ijtimoiy normalar, jamiyat maqsadlari, mafkura, strategiyalar) jihatlarni uyg‘unlashtirish orqali amalga oshishi dalillangan;
O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan o‘ziga xos muhitida hayotiy maqsadlarni shakllantirish dinamikasi va tendensiyalarini aniqlash orqali institutsional tizimlar (oila, mahalla, ta’lim, ommaviy axborot vositalari va mafkuraviy sohalar) faoliyatida yoshlarning hayotiy maqsadlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi mexanizmlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda hayotiy maqsad shakllanishining ijtimoiy- falsafiy masalalarini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
hayotiy maqsadning shakllanish qonuniyatlari (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya), strukturasi (maqsad, hayotiy dastur, hayotiy reja), ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqligi (mikro, makro, mega muhit) hamda substansional asoslari (e’tiqod va qadriyatlar) ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 30-yanvardagi № 02-22/110-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy ahamiyatli hayotiy maqsadlarni shakllantirish bo‘yicha yoshlarni mahalliy NNTlar, volontyorlik imkoniyatlari va ijtimoiy tashabbuskorlik loyihalari bilan bog‘laydigan umummilliy tashabbuslarini yaratish, yoshlarni kreativ va ijodiy hayotiy maqsadlarga undaydigan targ‘ibot tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
hayotiy maqsadning funksiyalari (shaxs dunyoqarashini muayyan g‘oyaviy o‘zanga soluvchi, uning faoliyatini integratsiyalovchi, hayotiy pozisiyasini barqarorlashtiruvchi, rivojlantiruvchi) hamda xususiyatlari (eng asosiy, yakuniy, uzoq muddatli va dinamik maqsadlar ekanligi) aniqlanib, uning mazmuni shaxsning mavqei, ijtimoiy rollar tizimidagi o‘rni, qiziqishlari, ehtiyojlari, qobiliyatlari va hayotiy tajribalariga bog‘liq bo‘lishiga oid ilmiy yangiliklardan Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanildi. (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 26-yanvardagi 40-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar maktablar va yoshlar tashkilotlari uchun hayotiy maqsadlarini o‘rganish uchun yoshga mos vositalar to‘plamini ishlab chiqish, o‘z-o‘zini kashf qilish va shaxsiy intilishlarni ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘lash bo‘yicha tadbirlar, murabbiylik dasturlari, yoshlarni ilhomlantirish va yo‘naltirish uchun ijobiy rol modellari, turli xil media platformalari, SMART maqsadlarni belgilash bo‘yicha seminarlar muhimligi asoslashga xizmat qilgan;
yoshlarning hayotiy maqsadlarini ijtimoiy manfaat va maqsadlarga muvofiq holda shakllantirish jarayoni individual (dunyoqarash, intellekt, qobiliyat, pozisiya, xulq, ehtiyoj, motiv, manfaat, mo‘ljal, yosh, jins) va ijtimoiy (ijtimoiy normalar, jamiyat maqsadlari, mafkura, strategiyalar) jihatlarni uyg‘unlashtirish orqali amalga oshishiga oid ilmiy xulosalaridan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida tizimdagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi. (Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 12-fevralldagi 02/02-09-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, institutsional tuzilmalarning yoshlarning shaxsiy intilishlari va ijtimoiy ehtiyojlariga mos keladigan hayotiy maqsadlarni shakllantirishga yordam berish samaradorligini baholashning yangi mezonlari ochib berilgan;
O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan o‘ziga xos muhitida hayotiy maqsadlarni shakllantirish dinamikasi va tendensiyalarini aniqlash orqali institutsional tizimlar - oila, mahalla, ta’lim, ommaviy axborot vositalari va mafkuraviy sohalar faoliyatida yoshlarning hayotiy maqsadlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi mexanizmlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 10-sentyabrdagi 06-28-771-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda konstruktiv hayotiy maqsadlarni shakllantirishga yordam beradigan institutsional tizimlar va infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga doir yangi takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.