Kuyliev Bobur Tulkinovichningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global axborot makonida jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilishning ma’naviy-siyosiy texnologiyalari” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1266
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Norqulov Suxrob Dustmurodovich, falsafa fanlari doktori (DSc) professor; Karshiev Baxtiyor Egamkulovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: global axborot makoni sharoitida internet ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda jamoatchilik fikrini manipulyasiyalashda qo‘llaniladigan siyosiy texnologiyalar xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internetda qo‘llaniladigan siyosiy manipulyativ texnologiyalarning namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra vektor (strategik boshqaruv va axborot ta’siri), ildizsimon (yashirin targ‘ibot) hamda konvergent (media sinxronizatsiya) shakllari mavjud ekanligi ilmiy asoslangan;
internet interfaollik (teskari aloqa), anonim (yashirin ta’sir) qolish imkoniyati hamda muqobil, jozibador va emotsional ta’sirga ega axborotlarni taqdim etish funksiyalari tufayli siyosiy faollikni namoyon qilishning siyosiy kommunikativ vositasi ekanligi ilmiy asoslangan;
internet siyosiy kommunikatsiya vositasi sifatida axborot tanqisligini konpensiyalash (mavjud axborot o‘rnini to‘ldirish), ko‘p variantlilik, ko‘p talqinlilik, xususiyatlari tufayli nafaqat ochiqlik va shaffoflikni balki siyosiy manipulyasiyalarni faol qo‘llash uchun xizmat qiluvchi global axborot makoni ekanligi ilmiy asoslangan;
zamonaviy folklyor shakli sanaluvchi internet memlar (madaniy kod va ramziy xabar) viruslilik, ihchamlik, emotsional-yumoristik ta’sir, o‘z manbaining noma’lumligi, sodda sxamatiklik, dolzarblik, keng omma uchun ochiqlik, doimiy yangilinab borish kabi xususiyatlari tufayli siyosiy manipulyasiya texnologiyalari sifatida foydalanilishi mumkinligi ekspert so‘rovi metodi asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
internet siyosiy kommunikasiya vositasi sifatida axborot tanqisligini konsepsiyalash, ko‘p vapiantlilik, ko‘p talqinlilik, xususiyatlari tufayli nafaqat oshiqlik va shaffoflikni balki siyosiy manipulyasiyalarni faol qo‘llash ushun xizmat qiluvchi global axborot makoni ekanligi ilmiy oshib berilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining IT sohasida o‘qish istagidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasining 1. O‘quv kurslarini tashkil etish: yoshlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun maxsus o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish kabi targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 18-martdagi 2-13-21-1084-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertasiyada keltirilgan taklif va tavsiyalar mamlakatimiz yoshlarining ongida media savodxonlik madaniyatini oshishi, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari samaradopligini oshishiga xizmat qilgan;
zamonaviy folklyor shakli sanaluvshi internet memlar viruslilik, ihchamlik, emosional-yumoristik ta’sir, o‘z manbaining noma’lumligi, sodda sxamatiklik, dolzarblik, keng omma ushun oshiqlik, doimiy yangilinab borish kabi xususiyatlari tufayli siyosiy manipulyasiya texnologiyalari sifatida foydalanilishi mumkinligi ekspert so‘rovi metodi asosida oshib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining internetdagi sahifalarini yuritishda shuningdek ijodiy keshalarni uyushtirish hususan “Serqirra olim yodi” nomli xotira kechasi ijrosiga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etishda mazkur dissertasiya ishi materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 3-martdagi №01-03/322-son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
internet interfaollik, anonim qolish imkoniyati hamda muqobil, jozibador va emosional ta’sirga ega axborotlarni taqdim etish funksiyalari tufayli siyosiy faollikni namoyon qilishning siyosiy kommunikativ vositasi ekanligi to‘g‘risidagi mulohazalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatshilik fikrini o‘rganish Markazi sotsiologik tadqiqotlarida hususan “Inson huquqlari va erkinliklari: baholar, fikrlar va munosabatlar” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotning 2.2 “fuqarolarning internet savodxonligi darajasi” qismida foydalanildi. (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatshilik fikrini o‘rganish Markazining 2023-yil 23-noyabrdagi 01-16/227-son dalolatnomasi). Natijada “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatshilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilayotgan ayni mavzudagi sotsiologik tadqiqotlar dasturining metodologik bazasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
internetda qo‘llaniladigan siyosiy manipulyativ texnologiyalarning namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra vektor, ildizsimon hamda konvergent shakllari mavjud ekanligi borasidagi ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Xalq demokratik paptiyasi (XDP) ning maqsad va vazifalariga mos bo‘lgan holis axborot tarqatish, axboriy psixologik tahdidlarga qarshi kurashish usullarini takomillashtirish, shaxsga doir ma’lumotlarning sir saqlanishi, yoshlarni dezinformasiya ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish kabi dolzarb masalalarni eshishda, hususan partiya (XDP) ning IV. Yoshlar ta’limi millat kelajagi va yurtimiz raqobatbardoshligining garovi qismidagi IT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish borasida dissertasiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) ning 2024-yil 20-martdagi 01-130-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) ning ish rejasiga kiritilgan tegishli tadbirlarni amalga oshirishda qo‘llanilgan hamda mazkur yangiliklar partiya o‘quv-seminarlari dasturi mazmunining nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.