Kaniyazova Jupargul Orinbaevnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq, o‘zbek, qirg‘iz nasrida syujet va obrazlar tipologiyasi (Sh.Seytov, Sh.Xolmirzaev, Ch.Aytmatovlar nasri misolida)», 10.00.06. - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil576.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Kurbanbay Kudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Akmataliev Abdildajan Amanturovich, filologiya fanlari doktori, akademik; Kuramboeva Gulandam Karimbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq, o‘zbek va qirg‘iz nasrida syujet va obrazlar mutanosibligi va o‘ziga xosliklarni qiyosiy-tipologik aspektda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
XX asrda sho‘rolar davri ijtimoiy mafkurasi asosida shakllangan va rivojlangan qoraqalpoq, o‘zbek va qirg‘iz adabiyatidagi mushtarak jihatlar adabiy tipologik hodisa ekanligi dalillanib, Sh.Seytov, Sh.Xolmirzaev, Ch.Aytmatovlar ijodidagi mushtarak jihatlarning yuzaga kelish omillari aniqlangan;
Sh.Seytov, Sh.Xolmirzaev, Ch.Aytmatov asarlarida bolalik motivi, bolalar va keksalar obrazi badiiy talqinidagi mushtaraklik va o‘ziga xosliklar mualliflar pozisiyasi bilan bog‘liqligi, bunda ijodkorlar nuqtay nazarining mutanosibligi asoslangan;
o‘tgan asrning ikkinchi yarimidagi yoshlar hayotini tasvirlash targ‘ib qilingan ijtimoiy mafkura sabab qoraqalpoq, o‘zbek va qirg‘iz adabiyotidagi mushtarak xususiyatlar, badiiy asarlarda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va hayot murakkabliklarini tasvirlash borasida syujet tuzish, kompozisiya qurish, qahramon obrazini yaratishdagi xosliklar va g‘oyaviy yaqinlik kasb etishi ochib berilgan;
tarixiy voqealar va muayyan xalq milliy mentalitetiga xos xususiyatlarning yangicha badiiy talqini davrning ijtimoiy-siyosiy vaziyati bilan bog‘liqligi, bu borada har bir ijodkor pozisiyasi, uslubiy mahorati ochib berilgan;
1980-yillar oxiri – 1990-yillar adabiyotida avlodlar orasidagi keskin munosabatlar tasviri va o‘tish davri asosiy muammoga aylangani Sh.Seytovning «Xavfli bo‘rilish», Sh.Xolmirzaevning «Olabo‘ji», Ch.Aytmatovning «Qulayotgan tog‘lar» asarlari orqali dalillanib, badiiy adabiyotning ijtimoiy tafakkur rivojidagi ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq, o‘zbek, qirg‘iz nasri qiyosiy-tipologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asrda sho‘rolar davri ijtimoiy mafkurasi asosida shakllangan va rivojlangan qoraqalpoq, o‘zbek va qirg‘iz adabiyatidagi mushtarak jihatlar adabiy tipologik hodisa ekanligi dalillanib, Sh.Seytov, Sh.Xolmirzaev, Ch.Aytmatovlar ijodidagi mushtarak jihatlarning yuzaga kelish omillari xususidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 25-maydagi 227/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, janr va shakliy xususiyatlari hamda uni badiiy asarni qiyosiy-tipologik tahlil qilish, ijodkorlarning uslubiy izlanishlari o‘ziga xosligini asoslashda olingan ilmiy xulosalardan manba sifatida foydalanilgan;
Sh.Seytov, Sh.Xolmirzaev, Ch.Aytmatov asarlarida bolalik motivi, bolalar va keksalar obrazi badiiy talqinidagi mushtaraklik va o‘ziga xosliklar mualliflar pozisiyasi bilan bog‘liqligi, bunda ijodkorlar nuqtay nazarining mutanosibligi bo‘yicha ilmiy natijalaridan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq yozuvchisi Sh.Seytov, o‘zbek adibi Sh.Xolmirzaev va qirg‘iz ijodkori Ch.Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazmalar hamda muzey eksponatlarini boyitishda zarur manba sifatida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 2-03/365-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatilgan ijodkorlar nasrining o‘ziga xos xususiyatlari, qahramon ruhiy olami tasviridagi ijodiy individualligi masalalari yuzasidan materiallar shakllantirilgan;
o‘tgan asrning ikkinchi yarimidagi yoshlar hayotini tasvirlash targ‘ib qilingan ijtimoiy mafkura sabab qoraqalpoq, o‘zbek va qirg‘iz adabiyotidagi mushtarak xususiyatlar, badiiy asarlarda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va hayot murakkabliklarini tasvirlash borasida syujet tuzish, kompozisiya qurish, qahramon obrazini yaratishdagi xosliklar va g‘oyaviy yaqinlik kasb etishi bo‘yicha ilmiy natijalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Assalom Qoraqalpog‘iston”, “Adabiyot va zamon”, “Ma’naviyat bo‘stoni” eshittirishlari orqali keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-maydagi 05-22/264-son ma’lumotnomasi). Natijada, qardosh xalqlar orasidagi do‘stlik va adabiy aloqalarning uzoq tarixga ega ekanligi xususidagi materillar bilan ko‘rsatuv va eshittirishlar ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan;
tarixiy voqealar va muayyan xalq milliy mentalitetiga xos xususiyatlarning yangicha badiiy talqini davrning ijtimoiy-siyosiy vaziyati bilan bog‘liqligi, bu borada har bir ijodkor pozisiyasi, uslubiy mahorati xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarida, kitobxonlik targ‘ibotlarida, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida o‘tgan adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 2-fevraldagi 01-03-163-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sh.Xolmirzaev, Sh.Seytov va Ch.Aytmatov ijodi obrazlar tizimi, tasnifi, ularning milliy-madaniy jihatlari, tipologik mushtarakligi haqidagi ilmiy tasavvur-tushunchalarning boyitilishiga erishilgan.
1980-yillar oxiri – 1990-yillar adabiyotida avlodlar orasidagi keskin munosabatlar tasviri va o‘tish davri asosiy muammoga aylangani Sh.Seytovning «Xavfli bo‘rilish», Sh.Xolmirzaevning «Olabo‘ji», Ch.Aytmatovning «Qulayotgan tog‘lar» asarlari orqali dalillanib, badiiy adabiyotning ijtimoiy tafakkur rivojidagi ahamiyatiga doir xulosalardan Artvin Çoruh Üniversitesidagi “Abdulla Qahhor – hikoyanavis” fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Artvin Çoruh Üniversitesi Rektörlüğü. 2024-yil 28-martdagi E.2669-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishi Sh.Seytov, Sh.Xolmirzaev va Ch.Aytmatov ijodi misolida badiiy asarning g‘oyaviy, tematik o‘ziga xosligi, syujet va kompozision xususiyatlari yuzasidan ilmiy-nazariy tahlillar bilan mustahkamlangan.

         

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish