Ollaberganova Dilnoz Qodirberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Osiyo-Amerika diaspora adabiyotida ayol perspektivasi tadqiqi
(M. Yuzufzoy va X. Husayniy asarlari misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika
va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2897.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Adilova Shaxnoza Raximovna, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Osiyo-Amerika diaspora adabiyotida ayol perspektivasi muammosini Xolid Husayniy va Malala Yusufzoy ijodi misolida ilmiy-tahliliy, qiyosiy va nazariy umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayol perspektivasi negizida Osiyo-Amerika diaspora adabiyotidagi milliy va umuminsoniy g‘oyalarning izchil tahlili natijasida mazkur adabiy yoʻnalishning sharq va g‘arbga xoslik xususiyatlari hamda kategoriyalari diaspora adabiyoti qonuniyatlari asosida tasniflangan;       
Afg‘oniston va Pokistondagi musulmon jamiyatlarida ayolning maqomi, ayol – oila – jamiyat triadasining badiiy tasvirini yaratishda Osiyo-Amerika diaspora adabiyoti namoyandalarining etnik kelib chiqish, madaniyat, din hamda ijtimoiy qatlam kabi omillardan foydalanish mahorati badiiy tasvir vositalari yordamida dalillangan;
baxsiz bolalik – cheklangan ta’lim – nochor turmush muammolari echimida bosh va ikkinchi darajali ayol qahramonlar ruhiyatida yuzaga kelgan evrilishlar, ichki kurashlar, qalb jarohatlari, qat’iyat hamda jasoratlari ayollik perspektivasi va badiiy psixologizm tamoyillari asosida ochib berilgan;
Xolid Husayniy hamda Malala Yusufzoy asarlaridagi ayni zamon va makonda ayolga bo‘lgan ayovsiz munosabat, poymol etilgan qadr-qimmat hamda mangu va tarixiy mavzularni biografik metod yordamida tasvirlash mahorati badiiy-konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xolid Husayniy va Malala Yusufzoy asarlari misolida Osiyo-Amerika diaspora adabiyotidagi ayol perspektivasini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ayol perspektivasi negizida Osiyo-Amerika diaspora adabiyotidagi milliy va umuminsoniy g‘oyalarning diaspora adabiyoti qonuniyatlari orqali tahlili natijasida ushbu adabiy yoʻnalishning oʻziga xos xususiyatlari hamda kategoriyalari tasniflanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan 1683580 raqamli “English as a school subject” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 6-maydagi 01/1655-son ma’lumotnomasi). Natijada Xolid Husayniy va Malala Yusufzoy asarlarida ayol qahramonlarning tasvir yo‘sinlari biografik metod bilan aloqadorligi hamda diaspora adabiyotining o‘ziga xos poetik xususiyatlari loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
Afg‘oniston va Pokistondagi musulmon jamiyatlarida ayolning maqomi, ayol – oila – jamiyat triadasining badiiy tasvirini yaratishda Osiyo-Amerika diaspora adabiyoti namoyandalarining etnik kelib chiqish, madaniyat, din hamda ijtimoiy qatlam kabi omillardan foydalanish mahorati qiyosiy dalillanganiga oid nazariy va amaliy ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022-2023-yillarda amalga oshirilgan Erasmus+ dasturining “ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419” nomli xalqaro amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 30-avgustdagi 01/511-son ma’lumotnomasi). Natijada “Xolid Husayniy va Malala Yusufzoy ijodida ayol obrazining ijtimoiy-ruhiy talqini” (2022) mavzusidagi ilmiy maqoladan tajriba almashuv materiallari va o‘quv-uslubiy majmua yaratishda qo‘llanilgan;
baxsiz bolalik-cheklangan ta’lim-nochor turmush muammolariga echim izlashda bosh va ikkinchi darajali ayol qahramonlar ruhiyatida yuzaga kelgan evrilishlar, ichki kurashlar, qalb jarohatlari, qat’iyat hamda jasoratlari ayollik perspektivasi va badiiy psixologizm tamoyillari orqali asoslanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limining ilmiy-ijodiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 16-apreldagi 01-03/453-son ma’lumotnomasi). Natijada Xolid Husayniy va Malala Yusufzoy badiiy mahorati, asarlar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga erishilgan;
Xolid Husayniy hamda Malala Yusufzoy asarlaridagi mangu va tarixiy mavzular ifodasi, aynizamon va makonda ayolga bo‘lgan ayovsiz munosabat, poymol etilgan qadr-qimmatni Osiyo-Amerika diaspora adabiyotida ijodkorlarning biografik metod asosida tasvirlash mahorati badiiy-konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangani xususidagi nazariy takliflardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan “Assalom Xorazm”, “Adabiy muhit”, “Ma’rifatnoma”, “Najot bilimda” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 23-apreldagi 360-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilgan hamda ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish