Begniyazova Qumar Allambergenovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jurnalistikada gipermatn xususiyatlari va uni yaratish algoritmi”, 10.00.09 – “Jurnalistika” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil776
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Nozima Faxritdinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hamdamov Yusuf Qudratovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Orazimbetov Quanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Internet jurnalistikasi amaliyotida keng qo‘llanilayotgan fenomenal hodisa – gipermatnning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish, uning material mazmuni, formati, kompozisiyasi, janri va boshqa ta’sir qilish omillariga milliy mezonlarga muvofiq ilmiy asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jurnalistik gipermatn yangi ijodiy hodisa sifatida materiallarning makon va vaqt masofasida o‘zaro birlashish, ko‘p qatlamli, multimualliflik asarlarni auditoriyaga longgridlik ko‘rinishda taqdim etish xususiyatlarga ega ekanligi asoslangan;
gipermatnning o‘rni va ahamiyati, tarixiy shakllari va zamonaviy ko‘rinishlarini tarixiy-qiyosiy, tahliliy usullardan foydalanish asosida an’anaviy va elektron gipermatn tipologiyasi aniqlanib, ikkinchi tipning “zanjirli”, “klasterli”, “ierarxik” turlari mavjudligi isbotlangan;
jurnalistikada gipermatnning boshqa makon va zamon kontekstidagi grafikli, mazmuniy, shakliy formatlarga giperhavolalar orqali bog‘lanishi natijasida multimediaviylik hamda geterogenlik xususiyatlarining kuchayishiga sabab bo‘lishi dalillangan;
jurnalistik janrlarda gipermatnlardan foydalanishdagi funksional farqlarni o‘rganish asosida ularning manbani tasdiqlash, dalillar bazasini kengaytirish, ko‘p mualliflik, kompleks ta’sir vazifalarini bajarishi aniqlangan;
giperhavolani materialdagi to‘g‘ri tanlangan joyga o‘rnatish asnosida jurnalistning mahorati, tajribasi hamda mentalitetiga asoslanib uning texnik (matn+giverhavola+matn) va ijodiy (muallif shaxsi+milliy minteliteti+kasbiy mahorati) algoritmi yaratilishi, auditoriyaning ularni qabul qilishi esa neyrolingvistik dasturlash orqali amalga oshirilishi dalillangan.
gipermatnli materiallarning o‘zaro konvergentlashuv jarayonida “rewriting” tendensiyasi asosida qayta yozilishi ba’zan mualliflik huquqlarning buzilib, jurnalistlarning birlashgan asar kontekstining gipnoziga tushib qolishiga asos bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jurnalistikada gipermatnning o‘ziga xos xususiyatlari va uni yaratish algoritmi yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallar uchun gipermatnli material tayyorlash texnologiyalari, usullari, gipermatnli kontent yaratishda amal qilinadigan nazariy-amaliy qonuniyatlar va talablardan Qoraqalpog‘iston internet jurnalistikasida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar va blogerlarning faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 6-maydagi 13-06/18-05/457-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning “ierarxik”, “klasterli” va “zanjirli” gipermatn turlarida kontent yaratish yuzasidan bilim va ko‘nikmalari oshishida yordam bergan;
internet jurnalistikasida gipermatndan foydalanish afzalliklari, material mazmuni, janri, formati, tili va uslubiga ta’sirlari bo‘yicha isbotlangan natijalardan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-treninglarda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2024-yil 21-noyabrdagi 02-18/394-son ma’lumotnomasi). Natijada, seminar ishtirokchilarning gipermatnli material yozish bo‘yicha tajribalari mustahkamlangan;
gipermatn turlari, material tayyorlashdagi ahamiyati, axborotni etkazishdagi tezkorligi, metodlari, uni yaratishga qo‘yiladigan talablar, makon va zamon kontekstidagi matnlararo aloqadorlikdagi sinkretizm masalalaridan yurtimizdagi yetakchi internet nashrlari faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 2024-yil 29-apreldagi BK-01-180-son ma’lumotnomasi). Natijada, internet nashrlarida faoliyat ko‘rsatayotgan soha mutaxassislarining kasbiy kompetensiyasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
makon va zamon masofasida birlashgan matnlarning o‘zaro aloqasi, gipermatnning internet nashrlarida ommalashishi yuzasidan kelingan xulosalardan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Qoraqalpog‘iston axborot agentligida materiallar tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2025-yil 20-yanvardagi 01-23/70-son ma’lumotnomasi va “Qoraqalpog‘iston axborot agentligi”ning 2024-yil 6-sentyabrdagi 01-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, internet nashrlardagi ayrim materiallarning “zanjirli”, “ierarxik”, “klasterli” kabi gipermatn shakllari yaratilib, kontent rang-barangligiga erishish ta’minlangan. Shuningdek, agentlik jurnalistlari bilan hamkorlikda gipermatnli materiallar tayyorlashda taklif etilgan yangicha yondashuvlar tajribasi o‘rgatilishi orqali jurnalistlarning bilim va tajribalari mustahkamlangan;
gipermatn konsepsiyasi, internet jurnalistikadagi o‘rni va ahamiyati, gipermatn tipologiyasi, materiallar tayyorlash mahorati, obektni belgilash, axborot uzatish kanallarining undan foydalanishi yuzasidan taklif etilgan tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasidagi ko‘rsatuv va eshittirishlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 11-iyuldagi 05-22/316-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleradiodasturlarning elektron gibridini yaratish va uning internetga transformatsiyasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bartaraf bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
jurnalistikada, ayniqsa, internet saytlarida gipermatndan foydalanish usullari, kategoriyalari, turlari asosida material yaratish, shuningdek, material tayyorlashda matnlararo kenglik hodisasi Qoraqalpog‘istondagi yetakchi veb-saytlar faoliyati, xususan, www.kar24.uz sayti tahririyatida foydalanilgan (“KAR24NEWS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2024-yil 30-apreldagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, internet nashrida gipermatnli material e’lon qilishda rang-baranglikka erishilgan holda faktlar manbasini aniq ko‘rsatish yoki matnlararo bog‘lanishlarning aks etishi masalasi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish