Sultonova Lobar Abdunosir Qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish (Rahbarning boshqaruv kompetentligi ko‘rsatkichlari asosida)”, 13.00.07 – Ta’limda menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4280
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Farxod Erkinovich, siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Musaev Jahongir Payozovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Xo‘jaev Alijon Atabekovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini obektiv baholashda direktorning boshqaruv faoliyatini tashkil etish tuzilmasi ta’lim muassasasini boshqarishning tahlil qilish, maqsadlarni belgilash, rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda tartibga solish funksiyalarini maktabda boshqaruv samaradorligini oshirish omili sifatida ifodalash asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mezonlari TALIS xalqaro baholash dasturi talablari asosida maktab missiyasini aniqlash, o‘quv jarayonini boshqarish, ijobiy ta’lim muhitini targ‘ib qilish vazifalarini aniqlashtirish hamda natijalarning shaffofligini ta’minlash asosida direktorning o‘zi va pedagogik jamoasi tomonidan baholanishini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmi direktorning boshqaruv kompetentligiga ustuvorlik berish asosida liderlik, jamoada ishlash, tahliliy, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, xodimlar motivatsiyasini boshqarish,  emotsional intellekt darajasi, boshqaruv nazariyasiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda natijalarni toifalash imkoniyatlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholashni hisoblash metodikasi baholash mezonlarini direktorning boshqaruv faoliyatiga ta’sir etishiga ko‘ra bevosita va bilvosita baholovchi mezonlarga tasniflash va natijaga erishishning murakkablik darajasiga ko‘ra baholash talablarini aniq belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini obektiv baholashda direktorning boshqaruv faoliyatini tashkil etish tuzilmasi ta’lim muassasasini boshqarishning tahlil qilish, maqsadlarni belgilash, rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda tartibga solish funksiyalarini maktabda boshqaruv samaradorligini oshirish omili sifatida ifodalash asosida aniqlashtirishga doir takliflardan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida
2022-2023 yillarda bajarilgan “HR” nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-yanvardagi 03-33-109-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab rahbar xodimlarini o‘quv faoliyatga jalb qilish, boshqaruv sohasiga oid kasbiy ko‘nikmasini rivojlantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mezonlari TALIS xalqaro baholash dasturi talablari asosida maktab missiyasini aniqlash, o‘quv jarayonini boshqarish, ijobiy ta’lim muhitini targ‘ib qilish vazifalarini aniqlashtirish hamda natijalarning shaffofligini ta’minlash asosida direktorning o‘zi va pedagogik jamoasi tomonidan baholanishini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar “Maktab direktorining boshqaruv kompetensiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-yanvardagi 03-33-109-son ma’lumotnomasi). Bu natija maktab direktorlarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga doir imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmi direktorning boshqaruv kompetentligiga ustuvorlik berish asosida liderlik, jamoada ishlash, tahliliy, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, xodimlar motivatsiyasini boshqarish,  emotsional intellekt darajasi, boshqaruv nazariyasiga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda natijalarni toifalash imkoniyatlarini kiritish orqali takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Menejerlik o‘quv kurslari” namunaviy o‘quv reja va dasturining “Inson resurslarini boshqarish”, “O‘zini-o‘zi va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish” modullari mazmuniga singdirilgan hamda kontent materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-yanvardagi 03-33-109-son ma’lumotnomasi). Natijada kurs o‘quv modullari kontentlarining mazmunan boyishiga, maktab direktorlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshishiga erishilgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholashni hisoblash metodikasi baholash mezonlarini direktorning boshqaruv faoliyatiga ta’sir etishiga ko‘ra bevosita va bilvosita baholovchi mezonlarga tasniflash va natijaga erishishning murakkablik darajasiga ko‘ra baholash talablarini aniq belgilash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Maktab direktorining boshqaruv kompetensiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy qilingan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-yanvardagi 03-33-109-son ma’lumotnomasi). Natijada, direktorlarning o‘zini-o‘zi baholash ko‘nikmasini rivojlantirishga hamda boshqaruv faoliyatini baholash amaliyotining mukammallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish