Amirullaeva Barno Abdulhaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish (6-sinf misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4079
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mahbuba Rahimjanovna pedagogika fanlari doktori,  professor. Qaraxonova Lobarxon Musaxonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy fanlar integratsiyasining o‘qituvchilar o‘quv metodik tayyorgarligini  rivojlantirishdagi o‘rni integral tendensiyalar, fanlararo bogʻliqlik, maxsus tayyorgarlik, maqsadga muvofiqlilik, kollegiallik, qayta aloqa, xorijiy tajribalarga tayanish omillarini ustuvorlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quv metodik tayyorgarligi mazmuni integrativ kategoriyalar, reflektiv baholash, kasbiy amaliyot tuzilmasi, tarkibiy komponentlar, o‘lchovlar konsensusi, amaliyotni kuchaytirish, uzluksizlik, uzviylik, kognitiv, ijtimoiy, radikal konstruktivizm turlarini belgilash asosida yoritilgan;
tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik modelining (motivatsiya va maqsadni belgilash, konseptual, mazmunga doir, texnologik va diagnostik-baholash) komponentlari mazmuni harakatchanlik, o‘zaro ta’sir, shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlar integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
kasbiy rivojlantirish kurslarida tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi o‘quv dasturini aniq mezonlar, omillar va talablar asosida ishlab chiqish, jarayonni loyihalash, konstruktiv texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, muammolarni tushunish va hal qilish hamda bilimlariga tayanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
tabiiy fanlar integratsiyasining o‘qituvchilar o‘quv metodik tayyorgarligini rivojlantirishdagi o‘rni integral tendensiyalar, fanlararo bogʻliqlik, maxsus tayyorgarlik, maqsadga muvofiqlilik, kollegiallik, konseptualli, qayta aloqa, xorijiy tajribalarga tayanish omillarini ustuvorlashtirish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida xalq ta’limi pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha 2021-2022-yillarda bajarilgan “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish-2022” nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil
11-iyuldagi 06-36-1408-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy fan o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quv metodik tayyorgarligi mazmuni integrativ kategoriyalar, reflektiv baholash, kasbiy amaliyot tuzilmasi, tarkibiy komponentlar, o‘lchovlar konsensusi, amaliyotni kuchaytirish, uzluksizlik, uzvilik, kognitiv, ijtimoiy, radikal konstruktivizm turlarini belgilash asosida yoritilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti, Respublika ta’lim markazi va YuNISEF xalqaro tashkiloti hamkorligida uzlms.uz platformasida Tabiiy fanlar (Science) o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli kurs loyihasi doirasida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024yil 11-iyuldagi 06-36-1408-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy fan o‘qituvchilarining 6-sinfda tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitish ko‘nikmasi rivojlantirilgan.
    tabiiy fanlar (Science) o‘qituvchilari o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik modelining (motivatsiya va maqsadni belgilash, konseptual, mazmunga doir, texnologik va diagnostik-baholash) komponentlari mazmunini harakatchanlik, o‘zaro ta’sir, shaxsiy fazilatlar va tashkiliy-konstruktiv qobiliyatlar integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan qisqa muddatli kurs loyihasi doirasida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 11-iyuldagi 06-36-1408-son ma’lumotnomasi). Natijada uzluksiz kasbiy rivolantirish kursi dasturi mazmuni loyiha ishlari, muammoga asoslangan ta’lim texnologiyalari, so‘rovga yo‘naltirilgan 5E modeli asosida tashkil etish imkonini bergan;
    kasbiy rivojlantirish kurslarida tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi o‘quv dasturini aniq mezonlar, omillar va talablar asosida ishlab chiqish, jarayonni loyihalash, konstruktiv texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, muammolarni tushunish va hal qilish hamda bilimlariga tayanish asosida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar, Milliy o‘quv dasturi loyihasida yaratilgan 6-sinf Tabiiy fanlar darsligini mazmuniga singdirilgan. (Respublika ta’lim markazi 2024-yil 12 noyabrdagi 01/11-5-945-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning darslarni integratsiya asosida tashkil etish va ijtimoiy-hayotiy mazmundagi vaziyatlar yaratish ko‘nikmalari rivojlantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish