Niyozov Xusan Niyoz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori proteinli, komponentlari mahalliylashtirilgan baliq emini reseptlari va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4852.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc. 03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Bobodjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Tolib Ovlaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikrobiologik tadqiqotlar orqali ozuqa em tarkibidagi oqsil miqdorini oshirish, mahalliy xomashyolardan biotexnologik usulda yuqori oqsilli, muvozanatli baliq ozuqalari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan aralash ozuqalar tarkibidagi oqsil miqdori K`el`dal usulida aniqlanib, oqsil miqdori 15-16 %, baliqlarni boqish uchun mo‘ljallangan aralash ozuqalardagi oqsil miqdoridan (30 - 35 %) kamligi isbotlangan;
uglevodlarni iste’mol qilib, oqsil hosil qiladigan Pleurotus ostreatus va Aspergillus oryzae zamburug‘laridan fermentlar chiqishi isbotlangan;
Pleurotus ostreatus va Aspergillus oryzae zamburug‘lari chiqargan fermentlaridan foydalanib, mahalliy xom ashyodagi oqsillar miqdorini 15,5 dan 32% -gacha oshirish mumkinligi asoslangan;
Pleurotus ostreatus zamburug‘larida oqsil miqdori o‘sishining dinamik tavsifi aniqlanib, biomassaning 72 soatda 5,2 g gacha, 168 soatda 8,6 g-gacha ko‘payishi, Aspergillus oryzae zamburug‘larida esa biomassa miqdori 96 soatda 8,5 g -dan 144 soatgacha oraliq ichida 10,1 g -gacha o‘sishi isbotlangan;
ozuqa em ishlab chiqarishda biotexnologik usulni rivojlantirilib, mahalliy xom ashyolardan yuqori oqsilli, muvozanatli baliq ozuqalari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyolardan yuqori oqsilli, muvozanatli baliq ozuqalari olish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolardan foydalanib, biotexnologik yo‘l bilan baliqlar ozuqa emini ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi-ning 2024 yilning 24 sentyabridagi 24-94/09-24-son ma’lumotnomasi). Natijada oqsil, yog‘, uglevodlar, mikro- va makroelementlar hamda vitaminlarga boy baliq emi ishlab chiqarish imkonini beradi;
yuqori proteinli, komponentlari mahalliylashtirligan baliq emi ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi-ning 2024 yilning 24 sentyabridagi 24-94/09-24-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy va sun’iy suv havzalarida baliq etishtirish uchun oqsillar, yog‘lar, uglevodlar boy ozuqalardan foydalanish, arzon va parhezbop baliq etishtirish imkonini beradi.