Mirzaev Akramjon O‘ktamjonovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “PISA xalqaro baholash dasturining “raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar media savodxonligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1199
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyoxon Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Xanbabaev Xakimjon Ikromovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi PISA xalqaro baholash dasturining “raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar media savodxonligini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda PISA xalqaro baholash dasturining “Raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasiga muvofiq media savodxonligini rivojlantirishning mazmuni va yo‘nalishi o‘quvchi shaxsiga qo‘yilgan talablarni didaktik tahlil qilish natijalarini raqamli ta’lim resurslari va ta’lim platformalari hamda milliy ta’lim tizimi me’yoriy talablari bilan integrallashuvini barqaror ta’minlash asosida ochib berilgan;
PISA xalqaro baholash dasturining “raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar media savodxonligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quv jarayonida kompyuter modellari, transfer hamda neyronal tarmoqlarni virtual ta’lim texnologiyalari, adaptiv ta’lim platformalari, mobil ta’lim, raqamli ta’lim resurslari bilan intensiv ta’sirchanlik muhitida kiritish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning PISA xalqaro baholash dasturi “Raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasiga muvofiq media savodxonligini rivojlantirish modeli o‘zini-o‘zi boshqaradigan ta’lim bosqichlarini (metakognitiv, kognitiv, bixevioristik, motivatsional, affektiv) raqamli ta’lim muhitida o‘rganishning samaradorlik preferensiyalari bilan o‘quv davrlari kesimida barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda media savodxonlik rivojlanganligini monitoring qilish va baholash tizimi o‘rganish samaradorligini raqamli nazorat qilish, qayta aloqa qilish (feedback), muzokara, muloqot, o‘zini-o‘zi baholashni o‘quvchilarning o‘quv potensialiga yo‘nalgan differensial, variativ o‘quv muhiti bilan tizimli, davriy va takroriy munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. PISA xalqaro baholash dasturining “raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar media savodxonligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda PISA xalqaro baholash dasturi “Raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasiga muvofiq media savodxonlikni rivojlantirishning mazmuni va yo‘nalishi o‘quvchi shaxsiga qo‘yilgan talablarni didaktik tahlil qilish, raqamli ta’lim resurslari, raqamli ta’lim platformalari hamda milliy ta’lim tizimi me’yoriy talablari bilan integrallashuvini barqaror ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Xalqaro baholash dasturlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i asosida berilgan 218-536 nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilar media savodxonligini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari va shart-sharoitlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
o‘quv jarayonida kompyuter modellarini virtual ta’lim texnologiyalari va raqamli ta’lim resurslari bilan intensiv ta’sirchanlik muhitida kiritish orqali aniqlashtirilgan o‘quvchilarda media savodxonlikni rivojlantirishning metodik ta’minoti bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan “Xalqaro baholash asoslari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i asosida berilgan 333-300 nashr ruxsatnomasi). Natijada umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kompyuter modellari, raqamli ta’lim resurslari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan tayanch kompetensiyalarini rivojlanishiga erishilgan;
PISA xalqaro baholash dasturining “Raqamli dunyoda o‘rganish” konsepsiyasiga muvofiq o‘zini-o‘zi boshqaradigan ta’lim bosqichlari hamda kompyuter yordamida ilmiy o‘rganish, raqamli ta’lim muhitida o‘rganishning samaradorlik preferensiyalariga ustuvorlik berish hamda o‘quv davrlari kesimida barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning media savodxonligini rivojlantirish modelidan “Xalqaro baholash asoslari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i asosida berilgan 333-300 nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilaming media savodxonligini rivojlantirish modelini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
o‘quvchilarda raqamli kompetensiyalarni rivojlanganligini monitoring qilish va baholash, o‘rganish samaradorligini raqamli nazorat qilish, qayta aloqa qilish (feedback), muzokara, muloqot, o‘zini-o‘zi baholash, o‘quvchilarning o‘quv potensialiga yo‘nalgan differensial, variativ o‘quv muhitiga tizimli va davriy takroriy munosabatda ergonomik qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xalqaro baholash dasturlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i asosida berilgan 218-536 nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilaming media savodxonligini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi oshgan.