Tojiboeva Mohinur Sherali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Donolik va “nodonlik” konseptlarining lingvokulturologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil3580.
Ilmiy rahbar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Sidiqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi “donolik” va “nodonlik” konseptlarini voqelantiruvchi til vositalarining milliy-madaniy xususiyatlariga xos mushtarak va farqli jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
genetik va tipologik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillarida “donolik” va “nodonlik” konseptlarining lingvomadaniy xususiyatlari bilan bog‘liq muammo jahon tilshunosligi yutuqlari doirasida nazariy jihatdan asoslangan;
“donolik” va “nodonlik” konseptlarini verballashtiruvchi til birliklarining konseptual-semantik maydon tuzilmalari – verbal (morfemalar, leksemalar, frazemalar, sintaksemalar, tekstemalar, paremiologik birliklar) va noverbal vositalar tavsiflangan; maydon yadrosidagi asosiy leksemalar sifatida ingliz tilidagi wisdom va o‘zbek tilidagi donolikning 6 ta leksik ma’nosida bir-biriga mos kelishi, foolishness va nodonlik leksemalarida to‘liq tasodifiy moslikning 3 ta holati aniqlangan;
“wisdom / donolik” va “foolishness / nodonlik” konseptlarining verballasuvi antropomorfik (diniy, mifologik), somatik, biomorfik, predmetli, gastronomik, kiyim-kechak, temporal (vaqtga doir) kodlar orqali asoslangan, lisoniy birliklarning universal hamda milliy-madaniy xususiyatlar bilan bog‘liq izomorfik (umumiy) va allamorfik (farqli) jihatlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “donolik” va “nodonlik” konseptlari lingvomadaniy semantikasining milliy mentalitetga bog‘liqligi paremiologik birliklar tahlili asosida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qiyoslanilayotgan tillarda “donolik” va “nodonlik” konseptlarining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan mazkur tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar quyidagi sohalarda qo‘llaniladi:
parameologik birliklarni tahlil qilish orqali “donolik” va “nodonlik” konseptlarining lingvomadaniy mazmuni, milliy mentalitetga bog‘liqligi aniqlandi. Har bir tilda maqollar ma’lum bir xalqning madaniy qadriyatlari sifatida, til va madaniyat munosabatlari doirasida semantik jihatdan tavsiflandi. Tahlil qilingan tillardagi konseptlar doirasida maqol mazmunidan kelib chiqqan holda, milliy o‘ziga xoslikning namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalar chiqarildi. Ushbu natijalar 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar imiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyundagi 249/1-son ma’lumotnomasi)ni amalga oshirishda qo‘llanildi. Buning natijasida fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
“donolik” va “nodonlik” konseptlari tilda o‘z aksini topishda, har ikki xalqning etnik o‘ziga xosliklari mos keladigan antroponimlar, zoonimlar, somatizmlar, fitonimlar, predmetlar, kiyim-kechak, oziq-ovqatga va boshqa ijtimoiy mavzuga oid madaniy kodlarning universal hamda milliy-madaniy jihatlari tahlil qilinib, o‘xshash va farqli xususiyatlari aniqlangan. Ushbu natijalar Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining 2021-2023 yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasida qo‘llanilgan (Farg‘ona tumani 62-o‘rta ta’lim maktabining 2024-yil 27-dekabrdagi 149-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha donolik va nodonlik haqidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi konseptual bilimlar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “donolik” va “nodonlik” konseptlari lingvomadaniy semantikasining milliy mentalitetga bog‘liqligi haqidagi xulosalardan 2024-yilning aprel va may oylarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlar ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-iyundagi 04-36-779-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.