Kadirimbetova Gulmira Rambergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining axborot–kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Molekulyar fizika fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.1.PhD/Ped4118
Ilmiy rahbar: Kamalov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzaq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining axborot–kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi molekulyar fizika fanini o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida molekulyar fizika fanini o‘qitishda bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining axborot–kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini integratsiyalash jaroyoniga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish modeli asosida tashqi va ichki o‘zaro ta’sirlarni o‘z ishiga oladigan yangi texnologik yondashuvlar takomillashtilgan;
oliy ta’lim muassasalarida molekulyar fizika fanini o‘qitishda interaktiv platformalarning (online simulyasiyalar, vizualizatsiya dasturlari, virtual laboratoriyalar) samarali ta’lim jarayoni takomillashtirilgan;
molekulyar fizika fanini o‘qitish jarayonida fizika fanidagi abstrakt masalalarni vizual va amaliy tarzda tushinish, bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirish, raqamli resurslar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish va bilim darajasini dinamik tarzda baholashga yordam beradigan zamonaviy ta’lim metodlari (masalan, Web-Kwest texnologiyasi) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining axborot–kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida molekulyar fizika fanini o‘qitishda bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining axborot–kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini integratsiyalash jaroyoniga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Molekulyar fizika hám termodinamika” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 831477 raqamli guvohnoma). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarning molekulyar fizikasi mavzulariga oid umumiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish modeli asosida tashqi va ichki o‘zaro ta’sirlarni o‘z ishiga oladigan yangi texnologik yondashuvlar takomillashtirilishga doir taklif va tavsiyalardan Nukus davlat pedagogika institutida YoA-5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 5-sentyabrdagi 11-05-4603/04–son ma’lumotnomasi). Natijada, molekulyar fizika fanidan takomillashtirilgan model ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida molekulyar fizika fanini o‘qitishda interaktiv platformalar (online simulyasiyalar, vizualizatsiya dasturlari, virtual laboratoriyalar) yordamida ta’lim jarayoni takomillashtirilishga doir taklif va tavsiyalardan “Molekulyar fizika hám termodinamika” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 831477 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining axborot–kommunikativ kompetentligini rivojlantirish uchun elektron–o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan.