Israilova Ilona Xalitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot OTM talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasini autentik seriallar asosida takomillashtirish modeli (“Doktor Xaus” seriali misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2725.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildorxon O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Begibaeva Nilufar Djuraxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish uchun autentik kino materiallarini qo‘llash metodik modelini ishlab chiqishdir.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kommunikativ kompetensiya konsepsiyasining tarixiy-mantiqiy tahlili instrumental va refleksiv vazifalarni tasniflash, autentik filmlarni nazariy sinovdan o‘tkazish, tilning grammatik, sotsiolingvistik, strategik va diskursiv jihatlarini asoslovchi eksperiment orqali dalillangan;
teleseriallar asosida kommunikativ kompetensiyani takomillashtirishga ko‘maklashuvchi ma’no mohiyatiga, kognitiv faollashuvga va vizual unsurlarga qaratilgan ekstralingvistik elementlar bilan bir qatorda, materialni asl holatida saqlash, kommunikativ vositalarni kontekstlashtirish, fonetik, leksik va grammatik jihatlarga asoslangan tilning tarkibiy qismlari tasniflangan;
badiiy filmdan foydalangan holda o‘qitishni tashkil qilishda didaktik jihatdan boyitilgan, u asosda ishlab chiqilgan kompetensiyaga, kontekstli, shaxsga yo‘naltirilgan va fanlararo yondashuvlarga asoslangan o‘quv qo‘llanma orqali tibbiyot universitetlarida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kasbiy til kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish dasturi ishlab chiqilgan;
tizimli yondashuv doirasida kommunikativ xatolarning asosiy turlari tasniflanib, tibbiyot yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiya darajasini oshirish va tibbiy terminologiyani o‘zlashtirishga qaratilgan mashqlar va topshiriqlar majmuasi sintagmatik, funksional, semantik va tarkibiy parametrlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot OTM talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasini autentik seriallar asosida takomillashtirish modeli bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:  
kommunikativ kompetensiya konsepsiyasining tarixiy-mantiqiy tahlili instrumental va refleksiv vazifalarni tasniflash, autentik filmlarni nazariy sinovdan o‘tkazish, tilning grammatik, sotsiolingvistik, strategik va diskursiv jihatlarini asoslovchi eksperiment orqali dalillangani borasidagi xulosa va tavsiyalardan Toshkent tibbiyot akademiyasida Evropa Ittifoqining Erasmus+ta’lim dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “XXI asr shifokori tarbiyasi: bemorga yo‘naltirilgan muloqotga o‘rgatish” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 21-maydagi 40-17051-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan o‘quv adabiyotlari tibbiyot mutaxassislarining o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda;
teleseriallar asosida kommunikativ kompetensiyani takomillashtirishga ko‘maklashuvchi ma’no mohiyatiga, kognitiv faollashuvga va vizual unsurlarga qaratilgan ekstralingvistik elementlar bilan bir qatorda, materialni asl holatida saqlash, kommunikativ vositalarni kontekstlashtirish, fonetik, leksik va grammatik jihatlarga asoslangan tilning tarkibiy qismlari tasniflanganiga oid natijalardan Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Qozon davlat tibbiyot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasida “Davolash ishi” yo‘nalishining 2-bosqich talabalari uchun 2023-2024-o‘quv yilida o‘tkaziladigan ingliz tili fakultativ mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Qozon davlat tibbiyot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining 2024-yil 12-maydagi 1-1/128-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar asosida oliy ta’lim muassasasi talabalarining kommunikativ kompetensiyasi darajasini oshirish va o‘qitish amaliyotini takomillashtirishga erishilgan;
badiiy filmdan foydalangan holda o‘qitishni tashkil qilishda didaktik jihatdan boyitilgan, u asosda ishlab chiqilgan kompetensiyaga, kontekstli, shaxsga yo‘naltirilgan va fanlararo yondashuvlarga asoslangan o‘quv qo‘llanma orqali tibbiyot universitetlarida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kasbiy til kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish dasturi ishlab chiqilganiga oid xulosalardan “Authentic Medical English” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosidagi 233-1314-raqamli nashr ruxsatnomasi). Ko‘p funksiyali topshiriqlar va mashqlar bilan boyitilgan o‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining til ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilgan;
tizimli yondashuv doirasida kommunikativ xatolarning asosiy turlari tasniflanib, tibbiyot yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiya darajasini oshirish va tibbiy terminologiyani o‘zlashtirishga qaratilgan mashqlar va topshiriqlar majmuasi sintagmatik, funksional, semantik va tarkibiy parametrlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan mashqlar tizimi “Authentic Medical English” o‘quv qo‘llanmasida umumlashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosidagi 233-1314-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada 2023-2024-o‘quv yili uchun tibbiy-profilaktika ishi, davolash ishi, xalq tabobati, stomatologiya, farmatsiya va oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv materiallari ro‘yxatiga kiritilgan “Authentic Medical English” o‘quv qo‘llanmasi orqali talabalarni tibbiy terminologiyani o‘zlashtirish uchun resurslar bilan ta’minlash va xalqaro standartlarga muvofiq innovatsion usullarni joriy etish imkonini yuzaga keltirgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish