Baymuratova Irina Viktorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy tibbiyot o‘quv yurtlarida axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (informatika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4463.
Ilmiy rahbar: BO‘zorov Erkin Xojievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Saparov Turdibay Tolibaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (informatika).
II.Tadqiqotning maqsadi oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanini bulutli internet platformalaridan foydalangan holda 3D muammolarni vizuallashtirish usuli orqali zamonaviy tendensiyada o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli tibbiyotning diagnostika va davolash vositalarini situatsion qo‘llash tamoyilini 3D modellar asosida talabalarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ergonomik (texnik va pedagogik yordam beruvchi) talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning tashkiliy-didaktik jihatlari aniqlangan;
tibbiyot yo‘nalishi talabalarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari, shaxsiy-intervalli refleksiya asosida tibbiy-pedagogik loyihalashda talabalarning ta’lim xususiyatlariga ko‘ra tabaqalashtirilgan gibrid, masofaviy va rotatsion usullaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini elektron-didaktik, pedagogik va uslubiy jihatdan mustaqil ta’limga yo‘naltiruvchi android formatidagi ijodiy va hamkorlik muhitida “Tibbiy informatikada innovatsion usullar” va “Tibbiy informatika asoslari” ilovalaridan foydalanish asosida talabalarning integrativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari Microsoft, Google bulutli platformalari hamda 3D modellar va simulyasiyalarni real vaqt rejimida kasallik belgilari bo‘yicha filtrlashni o‘rgatuvchi davlat tilidagi InVesalius3.1 elektron ilovasidan interaktiv foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy tibbiyot o‘quv yurtlarida axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
raqamli tibbiyotning diagnostika va davolash vositalarini situatsion qo‘llash tamoyilini 3D modellar asosida talabalarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ergonomik (texnik va pedagogik yordam beruvchi) talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning tashkiliy-didaktik jihatlari aniqlantirishga oid taklif va tavsiyalardan “Osnovi medisinskoy informatiki” (“Tibbiyot informatikasi asoslari”) nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son bo‘yrugi; 302-1222-raqamli guvohnoma). Natijada ta’lim muhitining texnik va pedagogik imkoniyatlari ommalashtirilgan;
tibbiyot yo‘nalishi talabalarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari, shaxsiy-intervalli refleksiya asosida tibbiy-pedagogik loyihalashda talabalarning ta’lim xususiyatlariga ko‘ra tabaqalashtirilgan gibrid, masofaviy va rotatsion usullaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Osnovi medisinskoy informatiki” (“Tibbiyot informatikasi asoslari”) nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son bo‘yrugi; 302-1222-raqamli guvohnoma). Natijada ta’lim muhitining texnik va pedagogik imkoniyatlari ommalashtirilgan;
o‘quv jarayonini elektron-didaktik, pedagogik va uslubiy jihatdan mustaqil ta’limga yo‘naltiruvchi android formatidagi ijodiy va hamkorlik muhitida “Tibbiy informatikada innovatsion usullar” va “Tibbiy informatika asoslari” ilovalaridan foydalanish asosida talabalarning integrativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan «Praktikum po medisinskoy informatike» (“Tibbiyot informatikasi bo‘yicha praktikum”) nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son bo‘yrugi; 302-1223-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minoti boyitilgan;
“Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari Microsoft, Google bulutli platformalari hamda 3D modellar va simulyasiyalarni real vaqt rejimida kasallik belgilari bo‘yicha filtrlashni o‘rgatuvchi davlat tilidagi InVesalius3.1 elektron ilovasidan interaktiv foydalanish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan «Praktikum po medisinskoy informatike» (“Tibbiyot informatikasi bo‘yicha praktikum”) nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son bo‘yrugi; 302-1223-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan.