Normirova Nargiza Nazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vestibulyar buzilishlarda reabilitatsiyasi va profilaktikasida posturografiyani kullashni asoslash», 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3497.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djamalutdinov Yunuskadi Asxabalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
posturografiya yordamida o‘tkir sensonevral og‘irquloqlikdagi vestibulyar buzilishlarni asoslash hamda reabilitatsiya va profilaktika choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
vestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasi aniqlangan, shuningdek, keyingi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan diagnostik muolajalar doirasini belgilash uchun vestibulyar disfunksiyaning sababini aniqlash maqsadida posturografiyani qo‘llab zararlanish uchogi   aniklash orkali samaradorligi isbotlangan;
ilk bor ixtisoslashtirilgan so‘rov va otonevrologik tekshiruvga asoslangan posturografiyani  qo‘llanilishi orkali vestibulyar funksiya buzilishining sababini aniqlash, o‘tkir sensonevral og‘irquloqligi mavjud koxleovestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir sensonevral og‘irquloqlikda bosh aylanishining klinik  ko‘rinishi biologik qaytar aloqa bilan o‘tkazilgan posturografik tadqiqot davomida asosiy tik holat muvozanatining turg‘unligini va postural tebranishlarning o‘zgarishini aniqlangan;
bosh aylanishi kuzatilgan bemorlarda posturografiya usulidan foydalangan holda keng qamrovli reabilitatsiya va profilaktika zarurligi uzoq muddatli va barqaror ijobiy ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vestibulyar buzilishlarda reabilitatsiyasi va profilaktikasida posturografiyani kullashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.10.2024-yildagi 7/18-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: vestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasi aniqlangan, shuningdek, keyingi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan diagnostik muolajalar doirasini belgilash uchun vestibulyar disfunksiyaning sababini aniqlash maqsadida posturografiyani qo‘llab zararlanish uchogi   aniklash orkali samaradorligi isbotlangan. Ilk marotaba yaratilgan kompyuter dasturi koxleovestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasini va bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasini aniqlashga imkon berdi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarning ilmiy axamiyati shundan iboratki, periferik va markaziy vestibulyar buzilishlarning klinik xususiyatlari aniqlangan va amaliyotchi shifokorlar uchun vestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasi va og‘irlik darajasini aniqlash imkonini beruvchi tashxisot tadbirlarining algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2024 yil 20 avgust 2963-7-104-sonli buyruq bilan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida 2024 yil 12 avgustdagi 88-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘SNOmavjud bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi va posturografik ko‘rsatkichlarigaqarab hamda an’anaviy otonevologik ko‘riklarida, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘SNO mavjud bemorlardaerta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni 2 kunga qisqarganligi hisobida 260000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: O‘SNObilan og‘rigan bemorlarda takomillashtirilgan diagnostika-davolash chora tadbirlarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 260000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, ixtisoslashtirilgan so‘rov va otonevrologik tekshiruvga asoslangan posturografiyani  qo‘llanilishi orkali vestibulyar funksiya buzilishining sababini aniqlash, o‘tkir sensonevral og‘irquloqligi mavjud koxleovestibulyar buzilishlarning zararlanish darajasi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxisot etish va reabilitatsiya qilish jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish ma’lum darajada qo‘yilgan savollarga javob berishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2024 yil 20 avgust 2963-7-104-sonli buyruq bilan, Andijon tibbiyot instituti klinikasida 2024 yil 12 avgustdagi 88-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bosh aylanishi bezovta qiladigan bemorlarni jismoniy reabilitatsiya qilishning ishlab chiqilgan usuli uzoq muddatli va barqaror ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bemorning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vestibulyar buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxisot etish va reabilitatsiya qilish jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish ma’lum darajada qo‘yilgan savollarga javob berishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Xulosa: O‘SNO bilan kasallangan bemorlarda diagnostika va davolash buyicha taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda O‘SNO patologiyasini tashxislash hamda bashoratlash, statsionar sharoitida 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobiga byudjet mablag‘larini 260000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “O‘SNO bemorlarni diagnostikasi va reabilitatsyasiga differensial yondashuv” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 14 dekabr № 13568 sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, o‘tkir sensonevral og‘irquloqlikda bosh aylanishining klinik  ko‘rinishi biologik qaytar aloqa bilan o‘tkazilgan posturografik tadqiqot davomida asosiy tik holat muvozanatining turg‘unligini va postural tebranishlarning o‘zgarishini aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, tavsiya etilgan profilaktik choralar sxemasi vestibulyar analizatorning o‘zaro ta’sirini o‘rganish bilan vestibulyar analizatorga burchakli tezlanishlarning ta’sir etishi orqali klinik xususiyatlarni hisobga olgan holda shikastlanish darajasini va vestibulyar buzilishlarning ifodlanganligini aniqlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2024 yil 20 avgust 2963-7-104-sonli buyruq bilan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida 2024 yil 12 avgustdagi 88-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘SNO mavjud bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, faolligi va stabilometrik ko‘rsatkichlariga qarab hamda an’anaviy otonevologik kuriklarida, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘SNO mavjud bemorlarda erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va ambulator davolashga bir nafar bemor uchun 260000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Bemorlarda sxemalarni qo‘llash orqali 1 nafar bemorga davlat byudjeti mablag‘larini 260000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. SamDTU prorektori SSVga 2023 yil 14 dekabrida boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga “O‘SNO bor bemorlarni tashxislash va reabilitatsiya qilishga differensial yondashuv” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni joriy etish haqida 13568-raqamli xat yuborgan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh aylanishi kuzatilgan bemorlarda posturografiya usulidan foydalangan holda keng qamrovli reabilitatsiya va profilaktika zarurligi uzoq muddatli va barqaror ijobiy ta’siri asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, O‘SNO bor bemorlarda videonistagmografiya jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish O‘SNO mavjud shaxslarda optokinetik nistagmni aniqlashga imkon beradi, qaysikim qon tomir etishmovchiligining erta bosqichida yuzaga keladigan vestibulyar disfunksiya yashirin shaklining ko‘rinishi bo‘lgan afiziologik labirintlararo asimmetriya darajasi bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 2024 yil 20 avgust 2963-7-104-sonli buyruq bilan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida 2024 yil 12 avgustdagi 88-sonli buyruq bilanklinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘SNO bor bemorlarni jismoniy reabilitatsiya qilishning ishlab chiqilgan usuli uzoq muddatli va barqaror ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bemorning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘SNO mavjud bo‘lgan bemorlarni tashxisot etish va reabilitatsiya qilish jihatlarini bunday ko‘p qirrali o‘rganish ma’lum darajada qo‘yilgan savollarga javob berishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Xulosa: O‘SNO bilan kasallangan bemorlarda reabilitatsiya buyicha taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda statsionar sharoitida 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobiga byudjet mablag‘larini 68000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish