Ruzimov Ergash Maksudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arundo donax er ustki qismi alkaloidlari yig‘masining nootrop faolligini baholash” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib3369.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Yuriy Rahmanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Fayzieva Ziyoda To‘raevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arundo donax o‘simligining er ustki qismidan ajratib olingan alkaloidlar yig‘masi donsuminni, hayvonlarga per os va teri ostiga kiritish orqali o‘tkir hamda surunkali zaharliligini, gistologik va gematologik o‘zgarishlarini, terapevtik samaradorligi, nootrop faolligi va umumiy psixofarmakologiya holatiga ta’sirini tajribalarda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Arundo donax er ustki qismidan ajratib olingan alkaloidlar yig‘masi donsuminda shartli faol qochish va shartli passiv qochish refleksining shakllanishi natijasida nootrop faollik mavjudligi skrining tadqiqotlarda aniqlangan;
donsuminning terapevtik dozalarini hayvonlarga surunkali ravishda per os qo‘llanilganda, tegishli modellarda gistomorfologik va biokimyoviy natijalar taxlili hayotiy muhim a’zolarda patologik o‘zgarishlar kuzatilmaganligi alkaloidlar yig‘masining kam zaharli birikmalar sinfiga mansubligi bilan asoslangan;
ilk bor Arundo donax-dan ajratib olingan donsuminning nootrop faolligi bo‘yicha qiyosiy preparat nootropildan ta’sir qilish muddati (28-35 kunda, qiyosiy preparat eng kamida 60 kunda) va terapevtik doza samaradorligi (5 mg/kg solishtirma preparat 200 mg/kg) jihatdan ustunligi isbotlangan;
skrining va qiyosiy tadqiqotlarda donsuminning nootrop faolligi 5-HT2A reseptorlariga antagonizm xususiyatini namoyon qilishi orqali kognitiv buzilishlarni bartaraf qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arundo donax er ustki qismi alkaloidlari yig‘masining nootrop faolligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Arundo donax er ustki qismidan ajratib olingan alkaloidlar yig‘masi donsuminda shartli faol qochish va shartli passiv qochish refleksining shakllanishi natijasida nootrop faollik mavjudligi skrining tadqiqotlarda aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiyot texnologiyalar markaziga 2024 yil 16 yanvardagi 01567-edo - son buyrug‘i hamda Fanlar akademiyasi akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining biologik faol moddalarning farmakologiyasi va skriningi laboratoriyasiga eksperimental farmakologiya yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yil 20- maydagi №35 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. «Tonik ta’sirga ega vosita» ga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan. Patent asosida tetiklashtiruvchi faollikka ega bo‘lgan dori vositasini yaratish imkoniyati mavjud (№ IAP 7678). (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 24-noyabrdagi 9-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy qilinishi kutilayotgan donsuminning kam zaharliligi va kognitiv buzilishlarga qarshi yaqqol faolligi mavjudligi skrining tadqiqotlarda aniqlangan bo‘lib, hayvonlarda shartli xotira ko‘nikmalarni shakllantirish hamda uzoq vaqt davomida xotira izlarning saqlanishini mustahkamlashga asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy etilishi kutilayotgan yangi noortop vosita o‘z samarasini tez fursatlarda va kichik dozalarda (5 mg/kg solishtirma preparat 200 mg/kg) da yuzaga chiqarishi va tabiiy holda o‘simlik xomashyosidan ajratib olinishi, sintetik preparat nootropildan ancha ustuvor vosita ekanligi aniqlangan. Xulosa: Dori vositasining narxining pasayishi, ambulator va statsionar davolanish kunining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: donsuminning terapevtik dozalarini hayvonlarga surunkali ravishda per os qo‘llanilganda, tegishli modellarda gistomorfologik va biokimyoviy natijalar taxlili hayotiy muhim a’zolarda patologik o‘zgarishlar kuzatilmaganligi alkaloidlar yig‘masining kam zaharli birikmalar sinfiga mansubligi bilan asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiyot texnologiyalar markaziga 2024 yil 16 yanvardagi 01567-edo - son buyrug‘i hamda Fanlar akademiyasi akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining biologik faol moddalarning farmakologiyasi va skriningi laboratoriyasiga eksperimental farmakologiya yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yil 20- maydagi №35 sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 24-noyabrdagi 9-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy qilinishi kutilayotgan donsuminning kam zaharliligi va kognitiv buzilishlarga qarshi yaqqol faolligi mavjudligi skrining tadqiqotlarda aniqlangan bo‘lib, hayvonlarda shartli xotira ko‘nikmalarni shakllantirish hamda uzoq vaqt davomida xotira izlarning saqlanishini mustahkamlashga asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: joriy etilishi kutilayotgan yangi noortop vosita o‘z samarasini tez fursatlarda va kichik dozalarda (5 mg/kg solishtirma preparat 200 mg/kg) da yuzaga chiqarishi va tabiiy holda o‘simlik xomashyosidan ajratib olinishi, sintetik preparat nootropildan ancha ustuvor vosita ekanligi aniqlangan. Xulosa: Dori vositasining narxining pasayishi, ambulator va statsionar davolanish kunining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor Arundo donax-dan ajratib olingan donsuminning nootrop faolligi bo‘yicha qiyosiy preparat nootropildan ta’sir qilish muddati (28-35 kunda, qiyosiy preparat eng kamida 60 kunda) va terapevtik doza samaradorligi (5 mg/kg solishtirma preparat 200 mg/kg) jihatdan ustunligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiyot texnologiyalar markaziga amaliy faoliyati bo‘yicha 2024-yil 16-yanvardagi 01567-edo-son buyrug‘i hamda Fanlar akademiyasi akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining biologik faol moddalarning farmakologiyasi va skriningi laboratoriyasiga eksperimental farmakologiya yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 24-noyabrdagi 9-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilinishi kutilayotgan donsumin kognitiv buzilishlarga qarshi faolligi, hozirgi kunda qo‘llanilayotgan ommabop preparatlar bilan tajribalarda qiyoslanganda undan samarador va sezilarli darajada istiqbolli ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: joriy etilishi kutilayotgan yangi noortop vosita o‘z samarasini tez fursatlarda (28-35 kunda, qiyosiy preparat eng kamida 60 kunda) va kichik dozalarda yuzaga chiqarishi va tabiiy holda o‘simlik xomashyosidan ajratib olinishi, sintetik preparat nootropildan ancha ustuvor vosita ekanligi aniqlangan. Xulosa: Tavsiya qilinayotgan yangi nootrop vosita kognitiv buzilishlarni davolashda va oldini olishda amaliyotda keng qo‘llaniladigan preparat nootropilga nisbatan bemorlarning farmakoterapevtik xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: skrining va qiyosiy tadqiqotlarda donsuminning nootrop faolligi 5-HT2A reseptorlariga antagonizm xususiyatini namoyon qilishi orqali kognitiv buzilishlarni bartaraf qilishi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiyot texnologiyalar markaziga amaliy faoliyati bo‘yicha 2024-yil 16-yanvardagi 01567-edo-son buyrug‘i hamda Fanlar akademiyasi akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutining biologik faol moddalarning farmakologiyasi va skriningi laboratoriyasiga eksperimental farmakologiya yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 24-noyabrdagi 9-sonli xulosasi Ijtimoiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni davolashda yangi mahalliy o‘simlik xomashyosidan bo‘lgan donsumin, serotonin reseptorlarining 5-HT2A birligini bloklashi natijasida, prinsipial jihatdan yangi ta’sir mexanizmli nootrop dori vositasining terapevtik qiymatini yanada orttiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kognitiv buzilishlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining substansiyasi katta mablag‘ evaziga xorijdan import qilinadi, shu bilan birga yillar davomida respublikada chetdan keladigan dorilarga tobelik muammosiga duch kelindi, demak donsumin kabi yangi nootrop dori vositalarini respublika farmatsevtika bozorida ichki iste’mol uchun mustaqil ravishda ishlab chiqishga tatbiq etilsa, dori vositasining terapevtik samaradorligi va narxi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari bilan raqobatbardosh bo‘la oladi. Xulosa: Arundo donax er ustki qismidan ajratib olingan donsumin alkaloidlar yig‘masi skrining va qiyosiy tajribalarda kognitiv buzilishlarga qarshi yaqqol faolligi borligi aniqlangan bo‘lib, yuqoridagi neyrodegenerativ buzilishlarni oldini olish va davolashdagi ortiqcha farmakoterapevtik mablag‘larni tejab qolishi imkonini bergan.