Terent`eva Ekaterina Olegovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tetragidroizoxinolin qatoriga mansub birikmalarning sitotoksik faolligini o‘rganish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/B130.

Ilmiy rahbar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Saitmuratova Ugiljan Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatgamolik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sintetik alkaloidlar va 1,2,3,4-tetragidroizoxinolin hosilalari orasidan saraton hujayralari o‘sinishi to‘xtadigan va sog‘lom hujayralarga nisbatan kam zaharli bo‘lgan, shuningdek mikrobga qarshi faollikka ega birikmalarni aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor mono- va bimolekulyar 1,2,3,4-tetragidroizoxinolinlarning in vitro sharoitida sitotoksik, antibakterial, zamburug‘ga qarshi faolliklari aniqlangan;

birikmalarning sitotoksik faolligi namoyon bo‘lishi uchun tegishli funksional-ahamiyatli guruhlar aniqlangan;

birikmalarning hujayra hajmining regulyator kamayishi kinetikasiga ta’siri  aniqlangan;

1,2,3,4-tetragidroizoxinolinlarning sitotoksik faolligi apoptoz oksidlanishli stress va hujayra membrana butunligining buzilishi bilan emas, balki hujayrani apoptoz yo‘li orqali nobud qilishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

1,2,3,4-tetragidroizoxinolinlarning sitotoksik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar   asosida:

selektiv sitotoksik faollikka ega bulgan 1,11-bis-(6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin-1-il) undekan uchun  O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05683, 2018 y.). Natijada ushbu birikmaning tibbiyotda o‘smaga qarshi vosita sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan.

selektiv sitotoksik faollikka ega bulgan 1-(3’,4’-metilendioksifenil)-2-metil-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05664, 2018 y.). Natijada mazkur birikmalardan tibbiyotda o‘smaga qarshi vosita sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish