Gulyamov Sherzod Baxramdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tashqi va o‘rta quloq malformatsiyasini jarrohlik davolashni optimallashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib890.
Ilmiy maslahatchilar: Karabaev Xurram Esonkulovich, tibbiyot fanlari doktori;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Diab Xassan Moxammad Ali, tibbiyot fanlari doktori, professor; Svistushkin Valeriy Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda tashqi va o‘rta quloqning malformatsiyasini jarrohlik davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tashqi eshituv yo‘li va nog‘ora bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvning murakkablik darajasini baholash uchun yangi KT tashxislash shkalasini qo‘llash (agar ballar maksimal bo‘lsa, chakka suyakning hayotiy tuzilmalariga zarar etkazilmasligi yoki ballar soni kamaysa, shikastlanish darajasi yuqori bo‘lishi) samaradorligi isbotlangan;
ilk bor bolalarda tashqi eshituv yo‘llari tug‘ma stenozi va atreziyasini bartaraf etishda o‘rta quloqdagi hayot uchun muhim bo‘lgan anatomik a’zolarni jarrohlik amaliyotida jarohatlamaslik uchun kompyuter navigatsiya tizimidan foydalanishda chakka suyagi sohasida yangi anatomik (glabella o‘rtasida, yonoq suyagi yoyi, yonoq suyagi ildizi, chakka suyagining yoriqsimon qismi burma qirrasining yuqori cheti, chakka suyagi chizig‘i, so‘rg‘ichsimon o‘simtaning cho‘qqisi) nuqtalar aniqlangan;
ilk bor tashqi eshituv yo‘lining qayta stenozi rivojlanishiga tashqi eshituv kanalining suyak qismining etarli darajada kengaytirmaganligi, tashqi eshituv yo‘lining old devorida kuchli tortib til laxtagini tikish, tashqi eshitish yo‘lining suyak qismini teri laxtagi bilan to‘liq qoplanmasligi, quloq suprasida hosil qilingan teshikni etarli darajada katta emasligi va teri laxtagining distal qismini quloq suprasiga mustahkam tikilmasligi sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor tashqi eshituv yo‘lining tug‘ma stenozi bilan kasallangan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan jarrohlik usuli (tashqi eshituv yo‘lining stenozli tog‘ay qismining yuqori, orqa va pastki devorlarini olib tashlash, keng kanaloplastika, suyak va tog‘ay qismini yuqori va pastki qismlari erkin teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasida hosil qilingan teshikni kattaroq qilish, teri laxtagining distal uchini quloq suprasi hosil qilingan teshigiga tikish) butunlay epitelizatsiyaga erishish imkonini berishi isbotlangan;
ilk bor tashqi eshitish yo‘lining tug‘ma atreziyasida suyak qismida tashqi eshitish yo‘lini hosil qilish, shakllantirilgan suyak halqasiga fassial laxtakni joylashtirish, hosil qilingan tashqi eshituv yo‘li suyak qismini teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasining yoki uning rudimentida tilsimon kesmasini hosil qilish va uni oldingi devorga mustahkamlash, teri laxtagining distal qismini quloq suprasida shakllantirilgan teshikka mustahkam tikish sababli butunlay epitelizatsiya va barqaror keng tashqi eshituv yo‘liga erishish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 26 avgustdagi 5– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, tashqi eshituv yo‘li va nog‘ora bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvning murakkablik darajasini baholash uchun yangi KT tashxislash shkalasini qo‘llash (agar ballar maksimal bo‘lsa, chakka suyakning hayotiy tuzilmalariga zarar etkazilmasligi yoki ballar soni kamaysa, shikastlanish darajasi yuqori bo‘lishi) isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarning katta guruhida kompyuter tomografiyasida tez-tez uchraydigan yangi/o‘zgartirilgan anatomik xususiyatlarni aniqlandi. Jarrohlik ma’lumotlarini taxlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bolg‘acha-sandoncha bo‘g‘imi katta obstruksiyasi uzangi va sandoncha-uzangi bo‘g‘imlarni ko‘rishni, yaxlitligi va harakatni baholashni qiyinlashtiradi va shu bilan atrezioplastikaning murakkabligini oshiradi. Katta bolg‘acha-sandoncha obstruksiyasi atrezioplastikani bajarilishini istisno etmaydi. Ushbu anatomik tuzilishlarning mavjudligi atrezioplastikani bajarishga yoki bajarmasligiga ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu eshituv suyakchalaridagi genetik «arxitekturasi» o‘rnatishga yordam beradi, bu esa homilada embrion davrida tug‘ma nuqsonlarning shakllanishini yaxshiroq tushunishga qaratilgan yana bir qadamdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (24.04.2024 y.; №44), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (6.05.2024 y.; № 22) klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan ballar shkalasi atrezioplastikada jarroh uchun jarrohlik amaliyotini kechish og‘irligini bashorat qilishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya berilayotgan bu shkala yordamida bemorda jarrohlik amaliyoti taxminiy bashorat qilish, bu bilan tashqi va o‘rta quloq mal`formatsiyalari bo‘lgan bemorlarda boshqa tekshiruv usullariga o‘rin qolmasligi va tashqishlash samaradorligini oshiradi. Xulosa: Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, jarrohlik aralashuvining murakkablik darajasini baholash usulini qo‘llashda quyidagi qoidaga rioya qilish kerak: agar bemorning umumiy balli maksimal bo‘lsa, unda tavsiya etilgan jarrohlik aralashuv chakka suyakning hayotiy tuzilmalariga zarar etkazilmasligini ta’minlaydi va /agar ballar soni kamaysa, bu hayotiy tuzilmalarning shikastlanish darajasini oshiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Bolalarda tashqi va o‘rta quloq malformatsiyasini jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 26 iyundagi 6204-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda tashqi eshituv yo‘llari tug‘ma stenozi va atreziyasini bartaraf etishda o‘rta quloqdagi hayot uchun muhim bo‘lgan anatomik a’zolarni jarrohlik amaliyotida jarohatmaslik uchun kompyuter navigatsiya tizimidan foydalanishda chakka suyagi sohasida yangi anatomik (glabella o‘rtasida, yonoq suyagi yoyi, yonoq suyagi ildizi, chakka suyagining yoriqsimon qismi burma qirrasining yuqori cheti, chakka suyagi chizig‘i, so‘rg‘ichsimon o‘simtaning cho‘qqisi) nuqtalar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tashqi va o‘rta quloq tug‘ma nuqsoni bilan bo‘lgan bemorlarda jarrohlik amaliyoti vaqtida navigatsion tizimni qo‘llash, jarrohlik amaliyoti vaqtini qisqarishiga va hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarni jarohatlanmasligini oldini oladi. Bu jarrohlik amaliyoti vaqtini qisqarishiga yordam beradi, bu esa jarrohlik amaliyoti engil kechishi va turli asoratlarni oldini olishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (24.04.2024 y.; №44), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (6.05.2024 y.; № 22) klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya berilgan bu jarayon, bemorlarda jarrohlik amaliyoti vaqtida va jarrohlik amaliyoti vaqtidan keyingi davrda kelib chiqadigan turli asoratlarni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: navigatsion usulni bu turdagi bemorlarda qo‘llash jarrohlik amaliyoti vaqtini qisqartiradi, shu bilan moliyaviy tejaslikka sabab bo‘lami. Xulosa: Suyak tuzilmalariga yopishtiruvchi belgilarni qo‘yishda ro‘yxatga olish aniqligidagi xato (glabella o‘rtasida, yonoq suyagi yoyi, yonoq suyagi ildizi, chakka suyagining yoriqsimon qismi burma qirrasining yuqori cheti, chakka suyagi chizig‘i, so‘rg‘ichsimon o‘simtaning cho‘qqisi) 1,00 mm ni tashkil etdi, bu esa bolalarda atrezioplastika amaliyotida hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarga zarar etkazmasdan navigatsiya tizimlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Bolalarda tashqi va o‘rta quloq malformatsiyasini jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 26 iyundagi 6204-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor tashqi eshituv yo‘lining qayta stenozi rivojlanishiga tashqi eshituv kanalining suyak qismining etarli darajada kengaytirmaganligi, tashqi eshituv yo‘lining old devorida kuchli tortib til laxtagini tikish, tashqi eshitish yo‘lining suyak qismini teri laxtagi bilan to‘liq qoplanmasligi, quloq suprasida hosil qilingan teshikni etarli darajada katta emasligi va teri laxtagining distal qismini quloq suprasiga mustahkam tikilmasligi sabab bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tashqi eshituv yo‘lining qayta stenozini rivojlanishiga olib keladigan jarrohlik aralashuvlarning qoniqarsiz anatomik va funksional natijalarining sabablari noto‘g‘ri jarrohlik taktikasi (tashqi eshituv kanalining suyak qismining etarli darajada kengaytirmasligi (10 mm dan kam), tashqi eshituv yo‘lining old devorida kuchli tortib til laxtagini tikish, tashqi eshitish yo‘lining suyak qismini teri laxtagi bilan to‘liq qoplanmasligi, quloq suprasida hosil qilingan teshikni etarli darajada katta emasligi, teri laxtagining distal qismini quloq suprasiga mustahkam tikilmasligi tashqi eshituv yo‘lini tug‘ma restenozini tushunishga qaratilgan yana bir qadamdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (24.04.2024 y.; №44), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (6.05.2024 y.; № 22) klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan algoritm modeli asosida, tashqi eshituv yo‘lini qayta stenoziga olib keladigan sabablar o‘raganilib chiqib, atrezioplastika usuli takomillashtirildi. Patologiyaning rivojlanish xavfini klinikadan rivojlanishidan oldin erta aniqlash maqsadida, ushbu rivojlanish nuqsonining og‘ir shakllarini rivojlanishiga moyilligi bor bemorlar orasida xavf guruhini baxolash algoritmi taklifi berildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashqi eshituv yo‘li tug‘ma atreziyasini bartaraf etishdan keyingi erta va kechki davrlarda shakllanadigan qayta stenozlar shakllanishini oldini oladi va davolash - profilaktikasi samaradorligini oshiradi. Xulosa: 3. Suyak tuzilmalariga yopishtiruvchi belgilarni qo‘yishda ro‘yxatga olish aniqligidagi xato (glabella o‘rtasida, yonoq suyagi yoyi, yonoq suyagi ildizi, chakka suyagining yoriqsimon qismi burma qirrasining yuqori cheti, chakka suyagi chizig‘i, so‘rg‘ichsimon o‘simtaning cho‘qqisi) 1,00 mm ni tashkil etdi, bu esa bolalarda atrezioplastika amaliyotida hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarga zarar etkazmasdan navigatsiya tizimlaridan foydalanish imkonini beradi. I-guruhda 6 (11,6%) holatda va II- guruhda 7 (11,1%) holatda (p<0,05) qoniqarsiz anatomik natijalar qayd etilgan bo‘lsa, 8 (15,4%) ta va 9 (14,3%) holatda qoniqarsiz funksional natijalar qayd etildi (p<0,05). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: « Bolalarda tashqi va o‘rta quloq malformatsiyasini jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 26 iyundagi 6204-sonli xat yuborilgan
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tashqi eshituv yo‘lining tug‘ma stenozi bilan kasallangan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan jarrohlik usuli (tashqi eshituv yo‘lining stenozli tog‘ay qismining yuqori, orqa va pastki devorlarini olib tashlash, keng kanaloplastika, suyak va tog‘ay qismini yuqori va pastki qismlari erkin teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasida hosil qilingan teshikni kattaroq qilish, teri laxtagining distal uchini quloq suprasi hosil qilingan teshigiga tikish) butunlay epitelizatsiyaga erishish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tashqi eshituv yo‘lining tug‘ma stenozi bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik usuli davolashning ishlab chiqilgan usuli, bu tashqi eshituv yo‘lining stenozli tog‘ay qismining yuqori, orqa va pastki devorlarini olib tashlash, keng kanaloplastika, suyak va tog‘ay qismini yuqori, pastki va pastki qismlari erkin teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasida hosil qilingan teshikni kattaroq qilish, teri laxtagining distal uchini quloq suprasining hosil qilingan teshigiga tikish butunlay epitelizatsiyaga erishishga imkon beradi. Bu kasallikning jarrohlik usulida davolashni tushunishga qaratilgan yana bir qadamdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (24.04.2024 y.; №44), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (6.05.2024 y.; № 22) klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan algoritm modeli asosida, tashqi eshituv yo‘li tug‘ma stenozi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan keyin eshitishini yaxshilash, ularni odatdagi sog‘lom ijtimoiy haytga qaytarish va nogironlik guruhlaridan chiqarishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashqi eshituv yo‘li tug‘ma stenozi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolash tashqari davlat tomonidan nogironlikka ajratiladigan mablag‘larini tejalishiga olib keladi. Xulosa: Tashqi eshituv yo‘lining tug‘ma stenozi bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik usuli davolashning ishlab chiqilgan usuli, bu tashqi eshituv yo‘lining stenozli tog‘ay qismining yuqori, orqa va pastki devorlarini olib tashlash, keng kanaloplastika, suyak va tog‘ay qismini yuqori, pastki va pastki qismlari erkin teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasida hosil qilingan teshikni kattaroq qilish, teri laxtagining distal uchini quloq suprasining hosil qilingan teshigiga tikish butunlay epitelizatsiyaga erishishga imkon beradi va natijada jarrohlik amaliyotidan keyingi uzoq davrda quruq va barqaror keng tashqi eshituv yo‘liga erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Bolalarda tashqi va o‘rta quloq malformatsiyasini jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 26 iyundagi 6204-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor tashqi eshitish yo‘lining tug‘ma atreziyasida suyak qismida tashqi eshitish yo‘lini hosil qilish, shakllantirilgan suyak halqasiga fassial laxtakni joylashtirish, hosil qilingan tashqi eshituv yo‘li suyak qismini teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasining yoki uning rudimentida tilsimon kesmasini hosil qilish va uni oldingi devorga mustahkamlash, teri laxtagining distal qismini quloq suprasida shakllantirilgan teshikka mustahkam tikish sababli butunlay epitelizatsiya va barqaror keng tashqi eshituv yo‘liga erishish isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tashqi eshitish yo‘lining tug‘ma atreziyasida o‘lchami 10 mm va undan katta bo‘lgan suyak qismida tashqi eshitish yo‘lini hosil qilish, shakllantirilgan suyak halqasiga fassial laxtakni joylashtirish, hosil qilingan tashqi eshituv yo‘li suyak qismini teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasining yoki uning rudimentida tilsimon kesmasini hosil qilish va uni oldingi devorga mustahkamlash, teri laxtagining distal qismini quloq suprasida shakllantirilgan teshikka mustahkam tikish butunlay epitelizatsiyaga erishishga imkon beradi, bu esa ushbu kasallikni jarrohlik usulida davolashni yaxshiroq tushunishga qaratilgan yana bir qadamdir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (24.04.2024 y.; №44), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, buyruq (6.05.2024 y.; № 22) klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan algoritm modeli asosida, tashqi eshituv yo‘li tug‘ma atreziyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan keyin eshitishini yaxshilash, ularni odatdagi sog‘lom ijtimoiy haytga qaytarish va nogironlik guruhlaridan chiqarishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashqi eshituv yo‘li tug‘ma atreziyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolash tashqari davlat tomonidan nogironlikka ajratiladigan mablag‘larini tejalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 5. Tashqi eshitish yo‘lining tug‘ma atreziyasida o‘lchami 10 mm va undan katta bo‘lgan suyak qismida tashqi eshitish yo‘lini hosil qilish, shakllantirilgan suyak halqasiga fassial laxtakni joylashtirish, hosil qilingan tashqi eshituv yo‘li suyak qismini teri laxtagi bilan to‘liq qoplash, quloq suprasining yoki uning rudimentida tilsimon kesmasini hosil qilish va uni oldingi devorga mustahkamlash, teri laxtagining distal qismini quloq suprasida shakllantirilgan teshikka mustahkam tikish butunlay epitelizatsiyaga erishishga imkon beradi va natijada jarrohlik amaliyotidan keyingi uzoq davrda quruq va barqaror keng tashqi eshituv yo‘liga erishiladi; Tashqi eshitish yo‘lining tug‘ma atreziyasi yoki stenozini bartaraf etishda tavsiya etilgan usullar jarrohlik amaliyotidan keyingi uzoq davrda, ularg mos ravishda 88,4% va 88,9% hollarda "yaxshi" va "qoniqarli" anatomik natijalarga erishish imkonini beradi. Tavsiya etilgan davolash usullari jarrohlik amaliyotidan keyingi uzoq davrda tashqi eshitish yo‘lining tug‘ma stenozi bo‘lgan bemorlarda suyak-havo intervali o‘rtacha 20,1 dB va tug‘ma atreziyasi bo‘lgan bemorlarda 24 dB ga qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Bolalarda tashqi va o‘rta quloq malformatsiyasini jarrohlik davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan ilmiy texnik kengashiga Samarkand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 26 iyundagi 6204-sonli xat yuborilgan