Boychaeva Durdona Rasuljon qizi
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘rta asrlar ingliz risarlik romanlari tematikasi va janr xususiyatlari” 10.00.04 – Evropa, Avstraliya va Amerika xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3783
Ilmiy rahbar: Dadaboev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raeva Bahora Baxriddinovna, filologiya fanlari doktori (DCs), professor; Tursunov Akmal Xamidjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta asrlar ingliz risarlik romanlari tematikasi va janr xususiyatlari, kompozision va badiiy-estetik vazifalari, poetik xossalari, ma’no qirralari mohiyatini ochib berish hamda ilmiy tasnifini yaratish orqali ularning xususiy va umumiy xususiyatlarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Angliya mavzusida yaratilgan risarlik romanlari tematik jihatdan bir-biridan katta farq qilmasligi, ularning syujet liniyasi va kompozisiyasi shakllanishida xaydalish, safar, sinov, qaytish, nikoh kabi bir-biriga o‘xshash motivlar asosiy rol o‘ynagani dalillangan;
Britaniya mavzusidagi risarlik romanlarining shakllanishida skandinav xalqlari og‘zaki ijodining ta’siri katta bo‘lgani, qirol Artur obrazi o‘zida Gerakl kabi yunon, Konxobar va Bran kabi kelt mifologiyasi qahramonlarining ko‘plab xususiyatlarini mujassam etgani aniqlangan;
Qirol Artur haqidagi afsonalarning shakllanishida keltlar afsonalari bilan bir qatorda xristian dini an’analarining ham o‘rni ulkan ekani, Artur afsonasining ijtimoiy-madaniy sabablar ta’sirida o‘zgarishi bilan Artur obrazining o‘zi ham yangi ma’no kasb etishi isbotlangan;
ingliz risarlik romanlarning mualliflari qahramonlarning ichki qiyofasini yoki tashqi ko‘rinishini emas, balki ularning harakatlarini, nutqlarini va his-tuyg‘ularini ifodalovchi faktlarni bayon qilishlari, ular uchun risarlarining jasorati ayollarning go‘zalligi va nazokati, qirol va shahzodalarning kuch-qudrati, dushmanlarning zaif va qo‘rqoqligini o‘z harakatlari va so‘zlari bilan ko‘rsatish muhimroq ekani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asrlar ingliz risarlik romanlari tematikasi va janr xususiyatlarini tadqiq etish orqali olingan xulosalardan:
Angliya mavzusidagi risarlik romanlarining mavzu jihatdan xilma-xilligi, ularning aksariyatida fol`klorga xos bo‘lgan haydalish, safar, sinov, qaytish kabi motivlardan foydalanilgani oid ilmiy xulosalardan 2023-2024 yillarda bajarilgan Erasmus+ EMPOWER - 101129076 raqamli loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillar institutining 2024 yil 30 oktyabrdagi 1437-03-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiya materiallari va natijalaridan chiqarilgan nazariy xulosalar ingliz risarlik romanlari poetikasini tadqiq etish ufqlarini kenyigittiribgina qolmay, uning tarixiy taraqqiyotidayuz bergan badiiy-semantik o‘zgarishlar bo‘yicha mavjud ma'lumotlarni to‘ldiradi va boyitadi. Ingliz risarlik romanlarining narratologik va janr xususiyatlari va asar syujetini shakllantirishdagi poetik xossalariga oid qarashlar eposshunoslik va adabiyotshunoslik fanlarining rivojiga xizmat qiladi;
Britaniya mavzusidagi risarlik romanlaridagi qirol Artur afsonalarining shakllanishida keltlar afsonalari bilan bir qatorda xristian dini an’analarining ham o‘rni ulkan ekani, Artur afsonasining ijtimoiy-madaniy sabablar ta’sirida o‘zgarishi bilan Artur obrazining o‘zi ham yangi ma’no kasb etishi, tadqiqotning ingliz risarlik romanlari tematikasi, janr xususiyatlari, syujet tizimi, narratologik va g‘oyaviy-badiiy xususiyatini o‘rganishda ishonchli manbalardan biri bo‘lib xizmat qilishiga oid ilmiy natijalaridan Andijon davlat universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “№ IL 402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovasion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlt universiteti 2024 yil 10 oktyabrdagi 39-04-897-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘rta asrlar Britaniya adabiy jarayonlari bilan bog‘liq muayyan atamalarning ilmiy izohlari hamda amaliyotga tatbiq etilishi imkoniyatlari ta’minlangan;
ingliz risarlik romanlarning mualliflari qahramonlarning ichki qiyofasini yoki tashqi ko‘rinishini emas, balki ularning harakatlarini, nutqlarini va his-tuyg‘ularini ifodalovchi faktlarni bayon qilishlari, ular uchun risarlarining jasorati va buyukligi, ayollarning go‘zalligi va nazokati, qirol va shahzodalarning kuch-qudrati, dushmanlarning zaif va qo‘rqoqligini o‘z harakatlari va so‘zlari bilan ko‘rsatish muhimroq ekani, ingliz risarlik romanlaridagi qahramonlik, vatanparvarlik, matonat, sabr-bardosh va sadoqat g‘oyalari bugungi kun o‘quvchisining dunyoqarashini o‘stirish, tafakkurini shakllantirishda hamda jamiyatning axloqiy-ma’naviy takomilida muhimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar ssenariysining 2024 yil fevral va may sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024 yil 16 iyundagi 04-36-737-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asrlar ingliz risarlik romanlarining janr xususiyatlari, poetikasi va ularning bugungi zamonaviy adabiyot taraqqiyotidagi ahamiyati to‘g‘risida foydali ma’lumotlar bilan ushbu ko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyigan.