Rejapov Izzatbek Olimbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Olamning lisoniy manzarasida sonlarning ramziy ahamiyati (ingliz va o‘zbek tillari materiallarida) 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2977  Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy rahbar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari  doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Tahirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;   Nazirova Shahnoza Olimjonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek olamlarining lisoniy manzarasida sonlarning ramziy ahamiyati, umumiy va milliy-madaniy xususiyatlari, shuningdek, sonlarning til tizimi va badiiy matnda voqe’lanuvchi turli tipdagi axborotni ifodalashdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba sonlarning umumiy ramziy ma’nolarining olamning lisoniy manzarasida aks etishini aniqlash maqsadida ingliz va o‘zbek tillarida sonlarning semantik, lingvomadaniy, aksiologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ramziy ahamiyatini qiyosiy o‘rganish amalga oshirilgan;
sonlar  ramziyligi va lisoniy birliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklar, maqollar va badiiy matnlarida qo‘llanuvchi sonlar ramziyligi ularning semantik va aksiologik ma’nolariga bevosita ta’sir etishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlari vakillarining dunyo haqidagi bilimlarni  idrok etish va interpretasiya qilishdagi umumiy va milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi turli tizimli tillardagi sonlar ramziyligining universal va differensial xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi sonlarning milliy-madaniy o‘ziga xosligini belgilovchi milliy dunyoqarash, mifologik va diniy ong, milliy an’ana va irim-sirimlar, ijtimoiy-siyosiy kabi lingvomadaniy ekstralingvistik omillar belgilashi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning lisoniy manzarasida sonlarning ramziy ahamiyatini ularning, semantik, lingvomadaniy, aksiologik o‘ziga xosligini tadqiq qilish jarayonida qo‘lga kiritilgan nazariy xulosa va ilmiy natijalar asosida: 
ingliz va o‘zbek tillarida sonlarning ramziy ahamiyatini ularning ramziy, semantik, lingvomadaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda chogʻishtirma tahliliga oid xulosalardan Ispaniyaning Jahon  universitetlari reytingi (QS World  University Rankings) ro‘yxatida 801-o‘rinda turuvchi Xaen universitetida tashkillashtirilgan ilmiy tadbirda va o‘quv jarayonida foydalanilgan (Xaen universiteti International Mobility Programs, University of Jaen 2023-yil 12-maydagi №08.23-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida sonlarning ramziy ahamiyati hamda lingvomadaniy xususiyatlarining ochib berilishi tinglovchilarning ilmiy va amaliy bilimlarini oshirishga yordam bergan;
ingliz va o‘zbek til madaniyati vakillarining dunyoni idrok etish va talqin qilish xususiyatlarini aks ettiruvchi ikki xil tizimdagi, tipologik va genetik jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tillardagi sonlar ramziyligining universal va differensial xususiyatlariga oid natijalardan O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida Erasmus+dasturi ICM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of world languaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum (Germany) loyihasining tarjima yo‘nalishi bo‘limida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 27-maydagi №01/305-son ma’lumotnomasi). Natijada tipologik va genetik jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tillardagi sonlar ramziyligining universal va differensial xususiyatlari loyihaga ijobiy integratsiya qilingan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi sonlarning milliy-madaniy o‘ziga xosligini belgilovchi lingvomadaniy ekstralingvistik omillar (umuminsoniy ramziylik, diniy qarashlar, mifologiya va afsonalar, xalq xurofotlari, tarixiy va ijtimoiy-siyosiy faktlar, milliy madaniyatning ta’siri) aniqlangan xulosalardan 2020–2022-yillarda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilgan “English as a school subject” (1683580) nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 27-maydagi №01/306-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yoʻnalishdagi materiallar tahlili loyihaning nazariy boyishiga xizmat qilgan;  
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklar, maqollar va matnlardagi sonlarning ramziy semantik va aksiologik ma’nolari tadqiqiga oid xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil 11-sentyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm!” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-oktyabrdagi №650-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda ingliz va o‘zbek tillarida sonlarning ramziy ahamiyati, son komponentli milliy-madaniy mazmundagi frazeologik birliklar yordamida til boyligining aks etishini atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish