Yuldasheva Sayyoraxon Saidakbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “8-9-sinf o‘quvchilarining texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3697.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil Genadievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 8-9 sinf o‘quvchilarining texnologik kopetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-9 sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli ko‘nikmalar, yangi texnologiyalarni qabul qilish, raqamli savodxonlik, moslashuvchanlik va tezkorlik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich bozor iqtisodi tuzilmasiga integratsiyalash hamda texnologik tayyorlashning maqsadli, mazmuniy va protsessual komponentlarini istiqbolli texnologiyalarga moslashtirish asosida aniqlangan;
8-9 sinf o‘quvchilarining texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarning texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish, simulyasiya, virtual laboratoriyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan tuzilmaviy va funksional uzviy bog‘liq texnik xaritalarning interaktivligi va moslashuvchanligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
8-9 sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli ijobiy motivatsiya, kognitiv va transformativ hamda operatsion va aksoilogik faoliyatni “Jigsaw”- individual va kichik guruhlarda ishlash, online ma’ruzalar va darslar (Coursera, Edx), simulyasiyalar va virtual laboratoriyalar orqali ta’lim traektoriyalarini individuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida oila-mahalla-ta’lim muassasasi va texnoparklarning hamkorlik samaradorligi: kasb tanlashga yo‘llashda mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari uzviyligini ketma-ket ta’minlash hamda mantiqiy xulosalar chiqarish, mulohaza qilish va o‘z fikrini ilgari surish jarayonlarini optimallashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 8-9 sinf o‘quvchilarining texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
8-9 sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli ko‘nikmalar, yangi texnologiyalarni qabul qilish, raqamli savodxonlik, moslashuvchanlik va tezkorlik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich bozor iqtisodi tuzilmasiga integratsiyalash hamda texnologik tayyorlashning maqsadli, mazmuniy va protsessual komponentlarini istiqbolli texnologiyalarga moslashtirish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Texnologiya ta’limi metodikasi” fani o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 9-noyabrdagi 11-05-6427/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bilan o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarni aniqlash va kompetensiyalarni rivojlantirish sifatini oshirishi ta’minlangan;
8-9 sinf o‘quvchilarining texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarning texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish, simulyasiya, virtual laboratoriyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan tuzilmaviy va funksional uzviy bog‘liq texnik xaritalarning interaktivligi va moslashuvchanligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Texnologiya ta’limi metodikasi” fani o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 9-noyabrdagi 11-05-6427/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, texnologiya fanini o‘qitish va kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarni aniqlash va kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi ortishiga erishilgan;
8-9 sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli ijobiy motivatsiya, kognitiv va transformativ hamda operatsion va aksoilogik faoliyatni “Jigsaw”- individual va kichik guruhlarda ishlash, online ma’ruzalar va darslar (Coursera, Edx), simulyasiyalar va virtual laboratoriyalar orqali ta’lim traektoriyalarini individuallashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Texnologiya ta’limi metodikasi” fani o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 9-noyabrdagi 11-05-6427/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada texnologiya ta’limi darslarida 8-9 sinf o‘quvchilarining texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini takomillashtirishga erishilgan;
texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida oila-mahalla-ta’lim muassasasi va texnoparklarning hamkorlik samaradorligi: kasb tanlashga yo‘llashda mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari uzviyligini ketma-ket ta’minlash hamda mantiqiy xulosalar chiqarish, mulohaza qilish va o‘z fikrini ilgari surish jarayonlarini optimallashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Texnologiya ta’limi metodikasi” fani o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 9-noyabrdagi 11-05-6427/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada kasb tanlashga yo‘llashda mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari uzviyligini ketma-ket ta’minlash hamda mantiqiy xulosalar chiqarish, mulohaza qilish va o‘z fikrini ilgari surish jarayonlarini optimallashtirish orqali takomillashtirishga erishilgan.