Melieva Xusnida Xafizalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi” 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8459.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziqulova Nigora Shuxratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljahon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Vohid Tojimamatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion ta’lim shakllarining didaktik tamoyillari va metodologik yondashuvlarning ta’limiy maqsadlarga yo‘naltirilganligini ta’minlash, shaxsiy maqsad va tajribalarini uyg‘unlashtirish hamda ta’limni soddalashtirish va modernizatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish modeli amaliy faoliyat tamoyillari va kontekstual yondashuvlarning maqsad, mazmun va natija komponentlarni uzviylashtirish, hodisa yoki jarayon haqidagi bilimlarni tizimlashtirish, kasbiy muammolarni kasbiy va o‘quv-kasbiy faoliyat turlariga yo‘naltirish hamda ta’lim subektlari va hamkor tashkilotlarining o‘zaro integratsion ta’sirini mobil texnologiyalarni yaratishning kontekstual yondashuvlari va didaktik talablariga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi trenajyorlar, mozaykalar, o‘yinlar, konstruktorlar vositasida matematik axborotlarni tahlil qilish, sintezlash va tanqidiy baholash, qayta ishlash, vizualizatsiya qilish, axborot modellarini amalga oshirish va uzatish jarayonlarini grafik organayzer, muammoli topshiriq va “savol-javob” jadvali kabi metodikalarga ustuvorlik berish hamda interaktivlikni ta’minlashga qaratilgan texnologiyalarni amalda qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligi baholashning motivatsion-qiymatli, kognitiv-amaliy va refleksiv-loyihaviy mezonlarini ijodiy faol, ijro-faol, nisbatan faol baholash darajalariga proporsional moslashtirish hamda ta’limiy elektron platforma resurslaridan intensiv foydalanishda maqsadli natijalarga erishish muvofiqligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosida:
mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion ta’lim shakllarining didaktik tamoyillari va metodologik yondashuvlarning ta’limiy maqsadlarga yo‘naltirilganligini ta’minlash, shaxsiy maqsad va tajribalarini uyg‘unlashtirish hamda ta’limni soddalashtirish va modernizatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematika (rus tilida)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7581/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning fanga oid axborotlarni o‘zlashtirish darajalarini aniqlash imkonini bergan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish modeli amaliy faoliyat tamoyillari va kontekstual yondashuvlarning maqsad, mazmun va natija komponentlarni uzviylashtirish, hodisa yoki jarayon haqidagi bilimlarni tizimlashtirish, kasbiy muammolarni kasbiy va o‘quv-kasbiy faoliyat turlariga yo‘naltirish hamda ta’lim subektlari va hamkor tashkilotlarining o‘zaro integratsion ta’sirini mobil texnologiyalarni yaratishning kontekstual yondashuvlari va didaktik talablariga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematika (rus tilida)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7581/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining matematika faning mazmuni va talabalar tomonidan o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda fanni o‘qitish samaradorligi oshirilgan;
mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi trenajyorlar, mozaykalar, o‘yinlar, konstruktorlar vositasida matematik axborotlarni tahlil qilish, sintezlash va tanqidiy baholash, qayta ishlash, vizualizatsiya qilish, axborot modellarini amalga oshirish va uzatish jarayonlarini grafik organayzer, muammoli topshiriq va “savol-javob” jadvali kabi metodikalarga ustuvorlik berish hamda interaktivlikni ta’minlashga qaratilgan texnologiyalarni amalda qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematika (rus tilida)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7581/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida “Oliy matematika” fanini o‘qitishning zamonaviy o‘quv-metodik ta’minotini va didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligi baholashning motivatsion-qiymatli, kognitiv-amaliy va refleksiv-loyihaviy mezonlarini ijodiy faol, ijro-faol, nisbatan faol baholash darajalariga proporsional moslashtirish hamda ta’limiy elektron platforma resurslaridan intensiv foydalanishda maqsadli natijalarga erishish muvofiqligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematika (rus tilida)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7581/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natija, mobil texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish