Xabibullaev Jamshidbek Asatillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Laktozasiz yogurtlar olish va ulardan xalq tabobatida foydalanish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K910.
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxammadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Dexkonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fermentlar va mikroorganizmlarni birgalikda qo‘llash asosida xalq tabobati uchun laktozasiz yogurtlash olish, ularni kimyoviy tarkibini aniqlash hamda tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasiga ko‘ra sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laktoza intoleransi bilan kasallangan bemorlar uchun laktozasiz yogurt ishlab chiqarishda foydalaniladigan yog‘lilik darajasi har xil bo‘lgan sutlar tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlar tarkibi spektrofotometrik usul yordamida aniqlangan;
laktozani kimyoviy parchalovchi fermentlarning katalitik ta’siri yordamida eng yaxshi reologik xususiyatlarga ega bo‘lgan laktozasiz yogurtlar ishlab chiqarish usullari aniqlangan;
ferment va mikroorganizmlarning birgalikda kimyoviy ta’siri natijasida olingan laktozasiz yogurtlar, ferment va mikroorganizmlarni alohida qo‘llab olingan laktozasiz yogurtlarga nisbatan kimyoviy tarkib va organoleptik xususiyatlari jihatidan afzalligi aniqlangan;
fermentlar va mikroorganizmlar bilan ishlov berilgan yogurt tarkibidagi uglevodlar miqdorini xromatografik usullar yordamida aniqlash natijasida, qayta ishlangan yogurt tarkibida laktoza to‘liq parchalanganligi, hamda monosaxaridlarning miqdori ortganligi isbotlangan;
laktoza intoleransiga chalingan insonlar uchun fermentlar va mikroorganizmlarni birgalikda qo‘llash yordamida katalitik qayta ishlangan laktozasiz shifobaxsh yogurtlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich mikroorganizmlar va fermentlarning katalitik xususiyatlari asosida laktozasi parchalangan yogurtlar namunalari asosida tabiiy biologik oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqish va sinflash bo‘yicha bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq tabobatida laktoza intoleransi bilan kasallangan bemorlarni davolashda laktozani parchalovchi fermentlar yordamida olingan laktozasiz yogurtlar ishlab chiqarish usuli “Ekspress milk” MChJ hamda “Sibus” MChJ korxonalari (Andijon viloyati) amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 15 martdagi 15-26/03-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, laktoza intoleransi bilan kasallangan bemorlar uchun laktorzasiz yogurtlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Laktoklir” oziq-ovqat mahsulotiga TIF TN bo‘yicha “Yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq va boshqa fermentlangan yoki achitilgan sut va qaymoq, quyultirilgan yoki quyultirilmagan, shakar yoki boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, kakao, yong‘oq, mevalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan” deb nomlangan 0403 guruhi bo‘yicha 0403 20 900 2 - yangi tovar kod raqami ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 4 dekabrdagi 17/05-24-2118-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sut tarkibidagi laktozani katalitik ishlov berish asosida tayyorlangan laktozasiz yogurt oziq-ovqat qo‘shilmalarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash imkonini bergan.