Dadaxanova Saida Maxammadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kapital bozorini faollashtirish asosida O‘zbekiston hududlarining investisiya faoliyatini rivojlantirish”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot” hamda 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2280.
Ilmiy rahbar: Asqarova Mavluda Turabovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Butikov Igor Leonidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank - moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kapital bozorini faollashtirish asosida O‘zbekiston hududlarining investisiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mamlakat mintaqalarida investision faollikni teng taqsimlash, investorlarni masofaviy identifikatsiyadan o‘tkazish orqali ularning bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, sarmoya jalb qilish jarayonlarini tezlashtirish hamda kapital bozorida xavfsizlik va shaffoflik darajasini oshirishda dastak bo‘luvchi “Know Your Client” (KYC) tizimini joriy etish zaruriyati asoslangan;
kapital bozorini tartibga soluvchi organ va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yordamida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va qimmatli qog‘ozlar sohasida kadrlar tanqisligini bartaraf etilishi asoslangan;
mintaqalar hududida yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni ta’minlash uchun samarali mexanizm bo‘la oladigan munisipal obligatsiyalardan foydalanish taklifi asoslangan;
investision faoliyatni faollashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladigan, kapital bozorini rivojlantirish hamda keng doiradagi investorlarni jalb qilish uchun samarali mexanizm bo‘lishi mumkin bo‘lgan ETF (birjadan savdo qilinadigan fondlar)ni joriy etish orqali moliyaviy vositalar assortimenti kengayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar asosida O‘zbekiston mintaqalarida investision faoliyatni oshirish bo‘yicha kapital bozorini faollashtirish orqali quyidagilar amalga oshirildi:
taklif qilingan “Know your client” (KYC) texnologiyasini joriy etish lokal investorlarni jalb qilish maqsadida qonun loyihasini ishlab chiqishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi tomonidan berilgan №03/07-1259-sonli 2024 yil 1 aprel kunidagi joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, shuningdek, Respublika fond birjasi "Toshkent"ning a’zolari uchun investorlar uchun minimal talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika fond birjasi "Toshkent" tomonidan berilgan №02/13-07-266-sonli 2024 yil 10 iyun kunidagi joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma). Natijada, 2024 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan №238-sonli "Qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi, va ushbu tizim joriy etilganidan so‘ng ikki oy ichida Respublika fond birjasida faol savdo qiluvchi investorlar soni 30%ga oshdi, ulardan 63% yangi investorlar Xorazm viloyatiga, 12% Buxoro viloyatiga, 8% Samarqand viloyatiga va 17% boshqa hududlarga to‘g‘ri keldi;
Kapital bozorini rivojlantirish uchun “Fond bozorining mutaxassisi” yangi ta’lim yo‘nalishini oliy ta’lim muassasalari dasturlariga integratsiya qilish va onlayn sertifikatlarni an’anaviy diplomlarga tenglashtirish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi tomonidan berilgan №03/07-1259-sonli 2024 yil 1 aprel kunidagi joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, Respublika fond birjasi “Toshkent’ tomonidan berilgan №02/13-07-266-sonli 2024 yil 10 iyun kunidagi ma’lumotnoma);
mintaqaviy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida municipal obligatsiyalarni qo‘llash taklifi kapital bozoriga oid qonun loyihasini ishlab chiqishda va Fond birjasining savdo qoidalarini takomillashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi tomonidan berilgan №03/07-1259-sonli 2024 yil 1 aprel kunidagi ma’lumotnoma, Respublika fond birjasi “Toshkent” tomonidan berilgan №02/13-07-266-sonli 2024 yil 10 iyun kunidagi ma’lumotnoma);
ETF (birjadan savdo qilinadigan fondlar) joriy etish bo‘yicha taklif keng doirada investorlardan, jumladan, individual va institutsional investorlardan mablag‘ jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, ushbu taklif asosida qonun loyihasini ishlab chiqish va Fond birjasining savdo qoidalarini takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi tomonidan berilgan №03/07-1259-sonli 2024 yil 1 aprel kunidagi ma’lumotnoma, Respublika fond birjasi “Toshkent” tomonidan berilgan №02/13-07-266-sonli 2024 yil 10 iyun kunidagi ma’lumotnoma).