Nuriddinova Nodira Faxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “HCV etiologiyali gepatitda antivirus terapiya fonida gemostaz tizimi xususiyatlari” 14.00.25 – Klinik laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.I.PhD/Tib3402.
Ilmiy rahbar: Kurbonova Zumrad Chutbaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik Ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi HCV etiologiyali surunkali gepatit va jigar sirrozi mavjud bemorlarda virusga qarshi terapiya negizida birlamchi va ikkilamchi gemostaz klinik laborator ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
antivirus terapiyasi ta’sirida HCV etiologiyali surunkali gepatitda trombotsitar gemostaz ko‘rsatkichlari o‘zgarmasligi, jigar sirrozida esa davoga bog‘liq bo‘lmagan holda jarayon avj olishi hisobiga ko‘rsatkichlarning kamayganligi asoslangan;
HCV etiologiyali jigar sirrozida 3 oy antivirus terapiya olgan bemorlarning 27-30% da trombotsitlar soni, morfologik o‘zgarishlari hamda faoliyati tiklangan va degenerativ trombotsitlar 1,6 kamayganligi asoslangan;
HCV etiologiyali surunkali jigar kasalliklarida endoteliy disfunsiyasi mavjud bo‘lib, u ayniqsa HCV etiologiyali jigar sirrozida kuchli namoyon bo‘lishi va antivirus terapiya negizida yaxshilanishi aniqlangan;
koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlari HCV etiologiyali surunkali gepatitda antivirus terapiyasi negizida ishonchli o‘zgarmagan bo‘lsada, jigar sirrozida gipokoagulyasiya kuzatilib, antivirus terapiyaning ijobiy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
HCV etiologiyali gepatitda antivirus terapiya fonida gemostaz tizimi xususiyatlarini baholash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: antivirus terapiyasi ta’sirida HCV etiologiyali surunkali gepatitda trombotsitar gemostaz ko‘rsatkichlari o‘zgarmasligi, jigar sirrozida esa davoga bog‘liq bo‘lmagan holda jarayon avj olishi hisobiga ko‘rsatkichlarning kamayganligining asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yil 30- yanvardagi 21-4-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024-yil 30-yanvardagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: HCV etiologiyali jigar sirrozida antivirus terapiya negizida trombotsitar gemostaz patologiyasini tashxislash gipokoagulyasiyani o‘z vaqtida aniqlash, qon ketishni oldini olish, hayot sifatini oshirish va asoratlarni bashoratlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: HCV etiologiyali jigar sirrozida antivirus terapiya negizida trombotsitar gemostaz patologiyasini erta laborator tashxislash gemorragik asoratlarni oldini oladi va bemorlarni shifoxona sharoitida davolanish vaqtini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash maqsadida quyidagi formuladan foydalanildi: Evr-(D1=D2)x (G+E)x N- 0,15x K. Bunda D1–mazkur usul tadbiq etilguncha bo‘lgan mehnatga layoqatsizlik kunlari soni, D2– mazkur usul tadbiq etilgandan keyingi mehnatga layoqatsizlik kunlari soni, G – 1 ta tibbiy xodimning o‘rtacha kunlik maoshi (so‘m/kun), E –vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotish moyanasi (so‘m/kun), N –tadbiq etish xajmi (1 yilda ushbu usul qo‘llaniladigan bemorlar soni), 0,15-me’yordagi samaradorlik koeffisienti. Xisoblash: D1 – 10 kun, D2= 8 kun, G-110 000 so‘m/kun, E – 66 000 so‘m, N =250 bemor K=0 so‘m (qo‘shimcha laborator-asbobiy tekshiruvlarsiz). Samaradorlik (yangi usulni qo‘llaganda)=8x(110 000+66000)x250-0,15x0. Natija=352000000. Samaradorlik (yangi usulni qo‘llamaganda)=10x(110 000+66000)x250-0,15x0. Natija=440000000. Antivirus terapiya negizida trombotsitar gemostaz patologiyasini erta laborator tashxislash HCV etiologiyali jigar sirrozida gemorragik asoratlarni oldini olishi hisobiga shifoxonada yotish muddati 2 kunga qisqaradi, bu esa bemorning moddiy xarajati 18% ga kamayishiga olib keldi. Xulosa: HCV etiologiyali jigar sirrozida antivirus terapiya negizida trombotsitopeniyani tashxislash gemorragik asoratlarni bashoratlash va profilaktika qilish imkonini beradi. Buning natijasida shifoxonada davolanish vaqti 2 kunga va bemorning moddiy xarajati 18% ga kamayadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: HCV etiologiyali jigar sirrozida 3 oy antivirus terapiya olgan bemorlarning 27-30% da trombotsitlar soni, morfologik o‘zgarishlari va faoliyati tiklangan, degenerativ trombotsitlar 1,6 kamayganligining asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yil 30-yanvardagi 21-4-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024-yil 30- yanvardagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: HCV etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda antivirus terapiya olganda trombotsitlar morfologiyasi va faoliyati qisman tiklanishi hisobiga salomatlik indeksi oshdi, taklif etilgan algoritm va laborator diagnostik yondashuvdan foydalanish bemorlarda trombotsitar gemostaz tizimini umumiy baholashga yordam berdi va bashoratlash sifatini yaxshiladi, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlar kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: antivirus terapiya negizida trombotsitlar morfologiyasi va faoliyati qisman tiklanganligi uchun HCV etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda ambulator davolanish muddatining 1 oyga qisqarishi tufayli tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslanadi. Taklif qilingan trombotsitlar faoliyati va morfologiyasini laborator tekshirish usuli 66000 so‘m bo‘lsa, bemordan 1 oyda 360000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. 250 bemordan 1 oyda 250x360000=90000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: HCV etiologiyali jigar sirrozida antivirus terapiya negizida taklif qilingan trombotsitlar faoliyati va morfologiyasini laborator tekshirish usulini tatbiq etish natijasida bemorlardagi gipokoagulyasiya sindromi bartaraf etilishi aniqlandi hamda tadqiqotga jalb qilingan umumiy bemorlarning ambulator davolanishi 1 oyga qisqarishi hisobiga 90000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: HCV etiologiyali surunkali jigar kasalliklarida endoteliy disfunksiyasi mavjud bo‘lib, u ayniqsa HCV etiologiyali jigar sirrozida kuchli namoyon bo‘lishi va antivirus terapiya negizida yaxshilanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yil 30-yanvardagi 21-4-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024-yil 30-yanvardagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: HCV etiologiyali surunkali jigar kasalliklarida endotelin-1, Fon Villebrand omili va sICAM-1 endoteliy markerlari ko‘rsatkichlarini o‘rganish ularda endoteliy disfunksiyasi darajalarini baholash imkonini yaratadi. Bu bemorlarda antivirus terapiya negizida endoteliyning disfunksiya bartaraf etilishi hisobiga hayot sifatining yaxshilanishi kuzatildi. Iqtisodiy samaradorligi: HCV etiologiyali surunkali jigar kasalliklari bilan kasallangan bemorlar uchun taklif qilingan kombinatsiyalangan velpatasvir 100 mg va sofosbuvir 400 mg antivirus terapiyasini qo‘llash 3-oyga kelib endoteliy disfunksiya ko‘rsatkichlarining yaxshilashishiga olib keldi. Natijada taklif qilingan davolash usuli ta’sirida ambulator davolanish kunlari 1 oyga qisqardi va 1 nafar bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 1 oyga 360000 so‘mdan iborat bo‘ladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlari HCV etiologiyali surunkali gepatitda antivirus terapiyasi negizida ishonchli o‘zgarmagan bo‘lsada, jigar sirrozida gipokoagulyasiya kuzatilib, antivirus terapiyaning ijobiy samaradorligining asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yil 30-yanvardagi 21-4-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2024-yil 30-yanvardagi 30-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan gemostaz tizimini umumiy baholash natijalari HCV etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda gemorragik asoratlarning oldini olishi, salomatlik indeksini oshishi, taklif etilgan algoritmlar va umumiy yondashuvdan foydalanish natijasida bemorlarda gipokoagulyasiya sindromini tashxislash va bashoratlash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: HCV etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda gemorragik asoratlarni oldini olish mablag‘ning kamayishi, shifoxonada davolanish muddatining 2 kungacha qisqarishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda shifoxonada davo kunlari qisqarishi hisobidan 2 kunda 352000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 88000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.