Matyakubov Mansurbek Baxtiyar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virusli gepatit V kasalligining zamonaviy epidemiologik xususiyatlari», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2563.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virusli gepatit V kasalligining zamonaviy epidemiologik xususiyatlarini aniqlash va uning epidemiologik nazoratini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
virusli gepatit V bilan kasallanganlar asosan 2001-yilgacha tug‘ilganlar orasida emlanmaganligi sababli yuzaga kelganligi isbotlangan;
virusli gepatit V ga qarshi immunizatsiya jarayoni to‘liq amalga oshirilayotgani sababli 6-10 yosh oralig‘idagi bolalar o‘rtasida HBsAg tashuvchanlik 0,16% ni tashkil etishi bilan asoslangan;
virusli gepatit V ga qarshi emlangan 6 oylikdan - 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar qon namunalarida anti-HBs ning miqdori bolalarning yoshi ortishiga teskari proporsional o‘zgarishi (kamayishda davom etishi) isbotlangan;
milliy emlash taqvimi asosida virusli gepatit V ga qarshi emlanganlarni yoshi oshgan sari anti-HBs ning miqdorini kamayishi sababli 18 yoshdan katta bo‘lgan xavf guruhiga kiritilgan shaxslarga vaksinaning buster dozasini qo‘llash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 9-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit V bilan kasallanganlarning asosan emlanmagan yosh guruhlari, 2001-yilgacha tug‘ilganlar orasida yuzaga kelishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashda 16.04.2024 yil №3 m-r/41-son bilan tasdiqlangan «Virusli gepatit V kasalligining zamonaviy epidemiologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26-noyabrdagi №9-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aholi orasida virusli gepatit V kasalligini erta to‘g‘ri tashxislash natijasida ko‘proq odamlarni kasallanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: virusli gepatit V kasalligi tashxisotini erta to‘g‘ri olib borish orqali har bir nafar gepatit V kasalligini yuqumli kasalliklar shifoxonasida bir nafar bemorni davolanishi uchun yotoq o‘rni va ovqatlanishi uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit V ga qarshi immunizatsiya jarayoni to‘liq amalga oshirilayotgani sababli 6-10 yosh oralig‘idagi bolalar o‘rtasida HBsAg tashuvchanlik 0,16% ni tashkil etishi bilan asoslangangi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashining 16.04.2024 yil №3 m-r/41-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Virusli gepatit V kasalligining zamonaviy epidemiologik xususiyatlari» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26-noyabrdagi №9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda virusli gepatit V ning erta aniqlanishi ortidan kelajakda kasallik natijasida kelib chiqadigan asoratlarini va yashirin tashuvchanlikni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda virusli gepatit V ni o‘z vaqtida aniqlash orqali virusli gepatit V kasalligini yuqumli kasalliklar shifoxonasida bir nafar bemorni davolanish uchun sarflanadigan xarajatlarini iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit V ga qarshi emlangan 6 oylikdan - 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar qon namunalarida anti-HBs ning miqdori bolalarning yoshi ortishiga teskari proporsional o‘zgarishi (kamayishda davom etishi) isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashining 16.04.2024 yil №3m-r/41-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Virusli gepatit V kasalligining zamonaviy epidemiologik xususiyatlari» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26-noyabrdagi №9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: virusli gepatit V ga qarshi emlangan bolalarda anti-HBs ni aniqlash orqali qayta emlash uchun tavsiya etilgan moyil guruhlarni ajratib olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anti-HBs ni aniqlash kasallanganlarni davolanishida laboratoriya taxlillari, diagnostik tekshiruvlar va qo‘shimcha boshcha tor soxa shifokorlarning ko‘rigi uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: milliy emlash taqvimi asosida virusli gepatit V ga qarshi emlangan 18 yoshdan katta bo‘lgan xavf guruhiga kiritilgan odamlarga, yoshi oshgan sari anti-HBs ning miqdorini  kamayishi sababli, vaksinaning buster dozasini qo‘llash asoslanganligi bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashning 16.04.2024 yil №3 m-r/41-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Virusli gepatit V kasalligining zamonaviy epidemiologik xususiyatlari» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26-noyabrdagi №9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 18 yoshdan so‘ng anti-HBs ning miqdori prediktiv miqdordan past bo‘lganlarni virusli gepatit V ga qarshi qayta buster doza bilan emlash orqali moyil guruxlarni sonini kamaytirib kasallanishlarning kelajakda yuzaga kelishini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: qayta vaksina bilan emlash orqali  bir nafar bemor uchun sarflanadigan tashxisot va davolanish uchun sarflanadigan harajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish