Abdukadirov Muhammaddovud Oybek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Onkologik genezli pastki jag‘ning tashrihdan keyingi olib qo‘yilmaydigan konstruksiyalar bilan  protezlashni optimallashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3046
Ilmiy rahbar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ashurov Jayrulloh Abdullahovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shomurodov Qahramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Upsala universiteti (Shvesiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga bog‘liq.
II. Tadqiqotning maqsadi: pastki jag‘dagi o‘smasimon hosilalarni jarrohlik rezeksiyasi va an`anaviy dental va mini-implantatlarni qo‘llagan holda rekonstruktiv suyak-plastik jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng bemorlarning ortopedik reabilitatsiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor exoosteometriya ma`lumotlari bilan mos ravishda pastki jag‘dagi rekonstruktiv operatsiyalardan so‘ng bemorlarda bir bosqichli va ikki bosqichli uslublar bo‘yicha suyak ichi implantlarini qo‘llagan holda ortopedik davolashda pastki jag‘ suyak regeneratining zichligi komparativ aniqlangan;
tashxislash, protezlash usulini tanlash va prognozlashga integrativ yondashuv an`anaviy dental va mini-implantlar yordamida o‘smasimon hosilalarni rezeksiyasidan so‘ng, jag‘ning orttirilgan nuqson va deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining mikrobli manzarasi haqidagi yangi ma`lumotlarni olish isbotlangan;
ilk bor yuz-jag‘ sohasi mushaklarining bioelektrik faolligi ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil ma`lumotlari bo‘yicha, pastki jag‘da regeneratlari bo‘lgan bemorlarni taklif etilgan davolash va reabilitatsiya kompleksida implantlarga o‘rnatilgan ortopedik moslamalarni qo‘llash yuz-jag‘ sohasi mushaklarining funksional holatni me`yorlashish muddatining qisqarishiga olib kelishi aniqlangan; 
ilk bor iyak sohasida o‘smasimon hosilaning rezeksiyasidan va uni an`anaviy dental va mini-implantlar yordamida rekonstruksiyasidan so‘ng orttirilgan nuqson va deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarni ortopedik reabilitatsiyasining yangi bosqichma-bosqich algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Onkologik genezli pastki jag‘ning tashrihdan keyingi olib qo‘yilmaydigan konstruksiyalar bilan  protezlashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor exoosteometriya ma`lumotlari bilan mos ravishda pastki jag‘dagi rekonstruktiv operatsiyalardan so‘ng bemorlarda bir bosqichli va ikki bosqichli uslublar bo‘yicha suyak ichi implantlarini qo‘llagan holda ortopedik davolashda pastki jag‘ suyak regeneratining zichligi komparativ aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati . Ushbu tadqiqot usuli asoratlarni rivojlanishi oldini olish maqsadida suyak to‘qimalarining zichligini qiyosiy diagnostika qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning  amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 1.03.2024 yildagi 17-sonli buyruq  va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi  01.03.2024 yildagi 18-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`  №6-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati pastki jag‘dagi rekonstruktiv operatsiyalardan so‘ng dental implantlariga o‘rnatilgan olib qo‘yilmaydigan protez moslamalarini qo‘llashda bemorlarning ortopedik reabilitatsiya samaradorligi oshishi, yuz-jag‘ sohasi chaynov mushaklarining funksional holati, periimplantatsion sohasida suyak to‘qimasi zichligi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi bilan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:   Elektromiografiya chaynov mushaklarining tashrixdan keyingi ortopedik reabilitatsiya bo‘yicha tavsiya etilgan uslubiy tavsiyalar va Tish implantlar yordamida pastki jag‘ nuqsonlarning oldini olish hisobiga har bir bemorga 450000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: Olingan ma`lumotlar patologik sindromli bemorlarda chaynash mushaklari faoliyatini to‘liq tiklash oqibatlarini davolash va tashxislashning yangi standartlari operatsiyadan keyingi 3-6 oy ichida kuzatilishini isbotladi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: tashxislash, protezlash usulini tanlash va prognozlashga integrativ yondashuv an`anaviy dental va mini-implantlar yordamida o‘smasimon hosilalarni rezeksiyasidan so‘ng, jag‘ning orttirilgan nuqson va deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining mikrobli manzarasi haqidagi yangi ma`lumotlarni olish isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarida og‘iz bo‘shlig‘ining aralash so‘lak mikroflorasining holati qabul qilinganida va stomatologik davodan keyin dinamikada o‘rganish monitoringi shuni ko‘rsatadiki, implantat-protez birikmasi sohasida protez bioqoplamasini kolonizatsiya qilishga qodir bo‘lgan eng virulent turlarni aniqlashda sezilarli farqlar kuzatildi, bunda kolonizatsiyaning miqdoriy parametrlari virulent turdagi bakteriyalar va Candida turiga mansub zamburug‘lar uchun oshgan edi, ammo ular tomonidan miqdoriy urug‘lanishning progressiv o‘sishiga to‘sqinlik. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Onkologik genezli pastki jag‘ning tashrihdan keyingi olib qo‘yilmaydigan konstruksiyalar bilan  protezlashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 1.03.2024 yildagi 17-sonli buyruq va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.03.2024 yildagi 18-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`  №6-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Parodontopatogen turlar vakillarining monitoringi shuni ko‘rsatadiki, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga tutashgan sohada protez bioqavatini kolonizatsiya qilishga qodir bo‘lgan parodontopatogen guruhning eng virulent tur vakillari tomonidan protez bioqavatining kolonizatsiyasini o‘rganishda eng muhim farqlar kuzatiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ushbu loyiha natijalarining iqtisodiy foydasi quyidagi tarkibiy qismlardan shakllanadi: 1) Davolashni takomillashtirish natijasida yuzning rekonstruktiv va plastik jag‘ jarrohligi, ortopedik stomatologiya tizimi paydo bo‘ladi. 2) Ish vaqtini tejash va bemorning hayot sifatini yaxshilash. 3) nogironlikning kamayishi. Xulosa: Olingan ma`lumotlar patologik sindromli bemorlarda chaynash mushaklari faoliyatini to‘liq tiklash oqibatlarini davolash va tashxislashning yangi standartlari operatsiyadan keyingi 3-6 oy ichida kuzatilishini isbotladi. Xulosa: og‘iz bo‘shlig‘i mikrobli florasining eng muhim rezident turlari implantatlarga tayangan protezlarda kolonizatsiya bo‘lish qobiliyatiga ega, bunda bakteriyalarning virulent turlari va Candida turiga mansub zamburug‘lar kolonizatsiyasining miqdoriy parametrlari dental implantatlarga tayangan olinmaydigan tish protezlari bo‘lgan I-guruhga nisbatan statistik jihatdan ancha past bo‘lib chiqdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yuz-jag‘ sohasi mushaklarining bioelektrik faolligi ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil ma`lumotlari bo‘yicha, pastki jag‘da regeneratlari bo‘lgan bemorlarni taklif etilgan davolash va reabilitatsiya kompleksida implantlarga o‘rnatilgan ortopedik moslamalarni qo‘llash yuz-jag‘ sohasi mushaklarining funksional holatni me`yorlashish muddatining qisqarishiga olib kelishi aniqlangan;. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Onkologik genezli pastki jag‘ning tashrihdan keyingi olib qoyilmaydigan konstruksiyalar bilan  protezlashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 1.03.2024 yildagi 17-sonli buyruq  va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi  01.03.2024 yildagi 18-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`  №6-son xulosasi) Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tekshiruv natijasida taklif etilgan kompleks terapiya preparatlarining qo‘llanilishi taqqoslash guruhi bemorlariga nisbatan 91,7% hollarda an`anaviy dental implantlarining to‘liq osteointegratsiyasini ta`minladi, operatsiyadan keyingi periimplantit va osteointegratsiya mavjud emasligi chastotasini 2 baravar kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Elektromiografiya chaynov mushaklarining tashrixdan kegingi ortopedik reabilitatsiya bo‘yicha tavsiya etilgan uslubiy tavsiyalar va Tish implantlar yordamida pastki jag‘ nuqsonlarning oldini olish hisobiga har bir bemorga 450000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati pastki jag‘dagi rekonstruktiv operatsiyalardan so‘ng dental implantlariga o‘rnatilgan mahkamlangan protez maslamalarini qo‘llashda bemorlarning ortopedik reabilitatsiya samaradorligi oshishi, yuz-jag‘ sohasi chaynov mushaklarining funksional holati, periimplantatsion sohasida suyak to‘qimasi zichligi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi bilan izohlanadi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor iyak sohasida o‘smasimon hosilaning rezeksiyasidan va uni an`anaviy dental va mini-implantlar yordamida rekonstruksiyasidan so‘ng orttirilgan nuqson va deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarni ortopedik reabilitatsiyasining yangi bosqichma-bosqich algoritmi ishlab chiqilgan va asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Onkologik genezli pastki jag‘ning tashrihdan keyingi olib qo‘yilmaydigan konstruksiyalar bilan  protezlashni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand Filiali 1.03.2024 yildagi 17-sonli buyruq  va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi  01.03.2024 yildagi 18-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`  №6-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalar pastki jag‘ning o‘smasimon hosilasini rezeksiyasi bo‘yicha operatsiya qilingan shaxslarni kompleks davolash tarkibiga kimyoterapiya bilan birga biz taklif qilgan antirezorbtiv osteomodifikatsiyalangan terapiya kursi protezlashdan oldingi tayyorgarlik davrida II-guruh bilan taqqoslaganda, suyak to‘qimasi zichligini 25,4%ga oshirish imkonini beradi degan xulosaga kelishimiz mumkin Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ushbu loyiha natijalarining iqtisodiy foydasi quyidagi tarkibiy qismlardan shakllanadi: 1) Davolashni takomillashtirish natijasida yuzning rekonstruktiv va plastik jag‘ jarrohligi, ortopedik stomatologiya tizimi paydo bo‘ladi. 2) Ish vaqtini tejash va bemorning hayot sifatini yaxshilash. 3) nogironlikning kamayishi. Xulosa: Olingan ma`lumotlar patologik sindromli bemorlarda chaynash mushaklari faoliyatini to‘liq tiklash oqibatlarini davolash va tashxislashning yangi standartlari operatsiyadan keyingi 3-6 oy ichida kuzatilishini isbotladi. Xulosa: Biz taklif qilgan davolash usuli pastki jag‘ning orttirilgan nuqsonlari va deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarda tish-jag‘ apparatining chaynov samaradorligini oshirish, pastki jag‘ xavfli o‘smalarini jarrohlik davolashdan so‘ng bemorlarning reabilitatsiya muddatlarini qi sqartirish, patologik bitish rivojlanishi xavfini kamaytirish, osteointegratsiyaning buzilishi va natijada, implantatni rad etilishi va kelgusi ortopedik davolanish uchun maqbul sharoitlarni yaratishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish