Matchanov Goyrat Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trigeminal neyropatiyani erta tashxislashda yangi usullarni ishlab chiqish bilan birgalikda davo choralarini optimallashtirish», 14.00.13 – «Nevrologiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2769.
Ilmiy rahbar: Niyozov Shuxrat Tashmirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurgujaev Erkin Smagulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
yoshi katta bemorlarda uch shoxli nerv nevralgiyasining patogenetik xususiyatlari va kliniko-nevrologik belgilarini o‘rganish, davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
keksa yoshli bemorlarda uch shoxli nerv nevralgiyasiga olib keladigan omillar (kal`siyni xaddan ziyod utilizatsiya bo‘lishi bilan yuzaga keladigan osteoporoz) kompleks tekshiruv yo‘li orqali isbotlangan;
bemorlarda yuz og‘rig‘ining o‘ziga hos hususiyati, og‘riq intensivligining eng yuqori cho‘qqisi kechqurun sodir bo‘lishi, og‘riq qo‘zg‘atuvchi zonalarning asosiy qismi orbitada, yuqori lablarda  joylashishi isbotlangan;
bosh miya qutisi suyaklaridagi osteoporoz xolati instrumental, laborator va neyrovizual tekshiruv natijasida aniqlanib, keksa yoshdagi bemorlarlardagi uch shoxli nerv nevralgiyasi sabablaridan biri ekanligi isbotlangan;
keksa yoshdagi bemorlarlardagi uch shoxli nerv nevralgiyasini davolashda ibondaronat natriy va xondroprotektor qo‘shish bilan takomillashtirilganda og‘riq sindromini kamaytirishi va to‘xtashi, balki 55% to‘liq remissiyaga erishish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Trigeminal neyropatiyani erta tashxislashda yangi usullarni ishlab chiqish bilan birgalikda davo choralarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV Ilmiy texnik kengashining 25.09.2024 y. 06/03-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: keksa yoshli bemorlarda uch shoxli nerv nevralgiyasiga olib keladigan omillar (kal`siyni xaddan ziyod utilizatsiya bo‘lishi bilan yuzaga keladigan osteoporoz) kompleks tekshiruv yo‘li orqali isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Uchquduk TTB 24.03.2024 y. 212-son buyrug‘i va Qo‘shko‘pir TTB 13.03.2024 y. 37-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda uch shohli nerv nevralgiyasining o‘z vaqtida oldini olish maqsadida uch shoxli nerv nevralgiyasi rivojlanishini oldindan bilishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar, laborator va instrumental tekshiruv standarti ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erishilgan natijalar asosida 1 nafar bemor uchun 1186000 so‘m, budjetdan tashqari 560000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 2090000 sum tejalishiga olib kelgan. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: qariyalarda osteoporoz rivojlanish mezonini aniqlashda klinik-anamnestik, klinik-nevrologik, klinik-instrumental va laborator natijalarni kompleks tizimli baxolash, osteporozga olib keluvchi asosiy faktorlarni xisobga olgan xolda UShNN yuzaga kelishi: 65 yoshdan oshgan asosan ayollarda, kal`siyni xaddan ziyod utilizatsiya bo‘lishi natijasida yuzaga kelishini aniqlab berdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarda yuz og‘rig‘ining o‘ziga hos hususiyati, og‘riq intensivligining eng yuqori cho‘qqisi kechqurun sodir bo‘lishi, og‘riq qo‘zg‘atuvchi zonalarning asosiy qismi orbitada, yuqori lablarda  joylashishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Uchquduk TTB 24.03.2024 y. 212-son buyrug‘i va Qo‘shko‘pir TTB 13.03.2024 y. 37-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uch shohli nerv nevralgiyasi rivojlangan bemorlarda osteoporoz fonida klinik, nevrologik va neyrofiziologik o‘zgarishlarni qiyosiy tahlil qilish orqali, osteoporozning yoshga bog‘liq holda rivojlanish davrida og‘riq sindromi boshlanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neyrofiziologik tadqiqotlar ko‘rsatkichlaridan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 2190000 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: asosiy guruhdagi tekshirilgan bemorlarda yuz og‘rig‘ining o‘ziga hos hususiyati polimorf xisoblanib: kasallikning davomiyligi birinchi hurujning boshlanishidan 1 oydan 9 yilgacha (remissiya shaklida vaqti-vaqti bilan tanaffuslar bilan); og‘riq sindromi to‘satdan, "xanjar og‘rig‘i" yoki "elektr toki urishi" ga o‘xshash tarzda sodir bo‘lishi; og‘riq intensivligining eng yuqori cho‘qqisi kechqurun sodir bo‘lishi, og‘riq qo‘zg‘atuvchi zonalarning asosiy qismi (33%, 34%) orbitada, yuqori lablarda  (28,2%, 27,6%) joylashganligi aniqlandi. 
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya qutisi suyaklaridagi osteoporoz xolati instrumental, laborator va neyrovizual tekshiruv natijasida aniqlanib, keksa yoshdagi bemorlarlardagi uch shoxli nerv nevralgiyasi sabablaridan biri ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Uchquduk TTB 24.03.2024 y. 212-son buyrug‘i va Qo‘shko‘pir TTB 13.03.2024 y. 37-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolashni yanada takomillashtirish uchun keksa yoshli bemorlarda osteoporoz fonida uch shohli nerv nevralgiyasi bo‘lgan bemorlarda asab tizimi, kalla suyagi strukturasidagi o‘zgarishlar va qonda kal`siy miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: osteoparoz mavjud bo‘lgan keksa bemorlarni  instrumental va laboratoriya tekshirish imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 80400 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: osteoparoz mavjud bo‘lgan keksa bemorlarni optimallashtirilgan tekshirish: neyrovizualizatsion usul (MSKT), transkranial dorler ultratovush (TKDG), densitometrik usul va qal`siy darajasini laborotoriya tahlilidan foydalanish suyak zichligining pasayishini kuzatish, UShNN xavfini bashorat qilish va to‘g‘ri davolash taktikasini tanlash uchun imkon beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keksa yoshdagi bemorlarlardagi uch shoxli nerv nevralgiyasini davolashda ibondaronat natriy va xondroprotektor qo‘shish bilan takomillashtirilganda og‘riq sindromini kamaytirishi va to‘xtashi, balki 55% to‘liq remissiyaga erishishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Uchquduk TTB 24.03.2024 y. 212-son buyrug‘i va Qo‘shko‘pir TTB 13.03.2024 y. 37-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: uch shohli nerv nevralgiyasi bo‘lgan bemorlarda kalla suyagidagi uch shoxli nerv shoxlari chiqadigan teshiklar diametridagi o‘zgarishlarni o‘rganish, qonda qal`siy miqdorini aniqlash, bosh miya yarim sharlarining gemodinamikasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish, mazkur patologiyaga erta tashxis qo‘yish va uning klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini prognoz qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: UShNN bo‘lgan keksa bemorlarni kompleks davolashda an’anviy davo usuli xamda xondroprotektor va ibondronat natriydan  foydalanish bilan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3593350 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2159800 so‘mni (1 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: UShNN bo‘lgan keksa bemorlarni kompleks davolashda an’anviy davo usuli xamda xondroprotektor va ibondronat natriydan  foydalanish nafaqat og‘riq sindromini kamaytirishi va to‘xtashi, balki 55% to‘liq remissiyaga erishishi, patogenetik jihatdan asoslanganligi bilan muhimdir: keksa yoshdagi yuqori mul`timorbidli (GK, SD, ateroskleroz) bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda suyak osteoparozi jarayonini tiklanishini takomillashtiradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish