Djurabaev Djalol Turgunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eruvchan polimerlar asosida gel kompozisiyalar olish texnologiyasi va jarohat bitkazuvchi «Timogel`» hamda ul`tratovush tashxisi uchun «Polijel` Ul`tra» dori vositalarini ishlab chiqish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T543.
Ilmiy rahbar: Turaev Abbasxan Sabirxanovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappar Raxmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Sadikov Alimdjan Zoirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yara bitiruvchi va to‘qimalar tiklanishini tezlatuvchi faollikka ega «Timogel`» kombinatsiyalangan asl preparati hamda makromolekulyar akril gidrogeli asosida ultratovush tashxisi uchun kontakt muhiti «Polijel` Ul`tra» gelini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makromolekulyar gel (karbopol) asosida tarkibida antiseptik xlorgeksidin, antibakterial metronidazol va immunomdullovchi timoptin preparatlari tutuvchi yara bitiruvchi, to‘qmalarni qayta tiklanishini tezlashtiruvchi «Timogel`» asl preparati va ul`tratovush diagnostikasi uchun kontakt muhitning original tarkibi tanlangan hamda ularni ishlab chiqish texnologiyasi yaratilgan;
«Timogel`» preparati tarkibidagi Timoptin – immunomodulyatori hisobiga to‘qimalarning reparativ jarayonlarini jadallashtirishi va jarohatlarni bitishini tezlashtirishi isbotlangan;
neytrallovchi agentlar antiseptik va antibakterial preparatning dinamik qovushqoqlikka ta’siri ko‘rilgan va antiseptik preparat konsentratsiyasining ortishi bilan geldagi makromolekulalar orasidagi bog‘larning uzilishi hisobiga uning shakli barqarorligini yo‘qolishiga olib kelishi isbotlangan;
«Timogel`» preparatining dertmototrop faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yara bitkazuvchi preparat vaul`tratovush tashxisiuchun gelni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Timogel`» preparatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi» tomonidan tibbiyot amaliyotda qo‘llanilishi uchun ruxsat berilgan (№05-11, shahodatnoma) hamda ushbu preparat ro‘yxatga olingan (№DV/M/01574/06/17) va preparatning vaqtinchalik farmakopeya maqolasi tasdiqlangan (VFS 42 O‘z 1488-2011). Natijada to‘qimalarni qayta tiklovchi, yara bitkazuvchi faolliklarga ega bo‘lgan samarali mahalliy preparat olish imkonini bergan;
«Polijel` Ul`tra» gelining sanoat ishlab chiqarish reglamenti ishlab chiqilgan (PR 42 Uz-03873-939386-2010) va «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O’z DSt 2793:2013). Natijada «Polijel` Ul`tra» gelini sanoat miqyosida ishlab chiqarish va respublikamizning ul`tratovush tashxisi uchun kontakt muhitga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini bergan;
«Polijel` Ul`tra» va «Timogel`» preparatlarini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi» tomonidan guvohnoma olingan (TV/M/0086/09/16-son guvohnoma). Natijada «Polijel` Ul`tra» va «Timogel`» preparatlarini «Torimed Pharm» MChJ korxonasida ishlab chiqarish imkonini bergan.