Maxamadalieva Gulchehra Zuxridinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mielom kasalligi rivojlanishida o‘sma kloni shakllanishining klinik –laborator va molekulyar genetik jihatlari”, 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. DSc/Tib665.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Xomid Yoqubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Isxakov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori; Baxovadinov Burxonidin, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mielom kasaligining rivojlanishi va kechishini bashorat qilishning genetik usullarini takomillashtirish orqali tashxislash va davolash choralarini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mielom kasalligida IL 2 (T-330G), IL 4 (C-589T), IL 10 (C-819T), IL 17A (G-197A) genetik belgilarining tarkibiy va funksional ahamiyatini hisobga olgan holda o‘rganilganda IL 2 (T-330G) va IL 17A (G-197A) genining zaiflashgan lokuslarining uchrashi bilan mielom kasalligi va uning asoratlari rivojlanishi xavfi yuqoriligi o‘rtasida o‘zaro ishonchli aloqa aniqlanishi, ularning ushbu kasallikda yuqori bashoratlovchi ahamiyatga egaligini isbotlagan;
IL 4 (C-589T) va IL 10 (C-819T) genetik variantlari mielom kasalligi rivojlanish mexanizmida mustaqil ishtirok etmasligi aniqlandi, shu bilan birga IL 4 geni kuchsiz T alleli (C-589T) bashorat qiluvchi ahamiyatga egaligi, IL 10 (C-819T) genetik varianti bo‘yicha asosiy C alleli esa mielom nefropatiyasi kelib chiqish xavfiga nisbatan himoya faollikka egaligi aniqlangan;
mielom kasalligi rivojlanishi xavfini IL 2 (T-330G), IL 4 (C-589T), IL 10 (C-819T), IL 17A (G-197A) genlari bo‘yicha uchta kuchsiz genotipik varianti tashuvchanligida 11,2 baravar (χ2=4.0; R<0.05) va to‘rtta kuchsiz genotipik varianti tashuvchanligida esa 8,1 baravar (χ2=5.3; R=0.02) ishonchli ortishiga olib kelganligi, kasallik rivojlanishida genlararo o‘zaro additiv ta’siri aniqlangan;
VPD kimoterapevtik protokolining samaradorligini (Pomalidomid, Bortezomib va deksametazon) VRD va RAD kimoterapiya dasturlari bilan taqqoslaganda mielom kasalligining asoratlangan turlarini davolashda samaradorligi asoslangan;
immunofenotiplash va molekulyar genetik tahlillar natijalarini hisobga olgan holda mielom kasalligi va uning asoratlari rivojlanishining yangi bashoratlovchi mezonlari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mielom kasalligining tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mielom kasalligida IL2 (T-330G) va IL 17A (G-197A) genining zaiflashgan lokuslarining uchrashi bilan mielom kasalligi va uning asoratlari rivojlanishi xavfi yuqoriligi o‘rtasida o‘zaro ishonchli aloqa aniqlanishi, ularning ushbu kasallikda yuqori bashoratlovchi ahamiyatga egaligi isbotlaganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.06.2024 yildagi 108- sonli hamda Qashkadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.11.2024 yildagi 57- lCH sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26 noyabrdagi 9-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: mielom kasalligi asoratlari xavfini erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi mielom kasallikli bemorlar davlat byudjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi va uning asoratlarining rivojlanish xavfini bashorat qilish usuli asoratlarni rivojlanishining oldini olish, xamda kimorezistentlikni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: IL4 (C-589T) va IL10 (C-819T) genetik variantlari mielom kasalligi rivojlanish mexanizmida mustaqil ishtirok etmasligi, shu bilan birga IL4 geni kuchsiz T alleli (C-589T) bashorat qiluvchi ahamiyatga egaligi, IL10 (C-819T) genetik varianti bo‘yicha asosiy C alleli esa mielom nefropatiyasi kelib chiqish xavfiga nisbatan himoya faolligi mavjudligi aniqlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.06.2024 yildagi 108- sonli hamda Kashkadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.11.2024 yildagi 57- lCH sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26 noyabrdagi 9-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: mielom kasalligi rivojlanishi xavfini erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi mielom kasallikli bemorlar davlat budjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi rivojlanish xavfini bashorat qilish mezonlari kasallik rivojlanishining oldini olishga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: mielom kasalligi rivojlanishi xavfini IL 2 (T-330G), IL 4 (C-589T), IL 10 (C-819T), IL 17A (G-197A) genlari bo‘yicha uchta kuchsiz genotipik varianti tashuvchanligida 11,2 baravar (χ2=4.0; R<0.05) va to‘rtta kuchsiz genotipik varianti tashuvchanligida esa 8,1 baravar (χ2=5.3; R=0.02) ishonchli ortishiga olib kelganligi, kasallik rivojlanishida genlararo o‘zaro additiv ta’siri aniqlanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.06.2024 yildagi 108- sonli hamda Qashkadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.11.2024 yildagi 57- lCH sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26 noyabrdagi 9-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: mielom kasalligi rivojlanishi xavfini erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi mielom kasallikli bemorlar davlat budjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi rivojlanish xavfini bashorat qilishning genetik mezonlari kasallik rivojlanishining erta aniqlash, kasallikni o‘z vaqtida tashxislash, bu esa nogironlik va o‘lim ko‘rsatgichilarini kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: VPD kimoterapevtik protokolining samaradorligini (Pomalidomid, Bortezomib va deksametazon) VRD va RAD kimoterapiya dasturlari bilan taqqoslaganda mielom kasalligining asoratlangan turlarini davolashda samaradorligi asoslanganligi Namangan viloyati ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi 31.10.2024 yildagi 155- sonli va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi 31.10.2024 yildagi №402- sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26 noyabrdagi 9-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlangan mielom kasalligini samarali davolash, xayot sifatini yaxshilash va uning og‘ir kechishi xavfini bartaraf etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi mielom kasallikli bemorlarni dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish, shifoxonada o‘rin kunini kisqartirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yiliga 16% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: asoratlangan mielom kasalligida pomalidomid saqlovchi kimoterapiyaning samaradorligi, rezistent shakllari va asoratlarni rivojlanishini oldini olishga olib kelgan, bu o‘lim ko‘rsatkichlarining kamaytirish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: immunfenotiplash va molekulyar genetik tahlillar majmuasi natijalarini hisobga olgan holda mielom kasalligi va uning asoratlari rivojlanishining yangi bashoratlovchi mezonlari ekanligi asoslanganligi Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.06.2024 yildagi 108- sonli hamda Kashkadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 07.11.2024 yildagi 57- lCH sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26 noyabrdagi 9-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: mielom kasalligi va uning asoratlangan kechishi xavfini erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi mielom kasallikli bemorlar davlat budjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi asoratlangan kechishi xavfini bashorat qilish mezonlari kasallikni asoratlari rivojlanishining oldini olishga va kimoterapiyani samaradorligini oshishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish