Valiev Ne’matjon Valijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antiaritmin va digidroatizin gidroxloridi dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T495.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shahsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanov Saidmuxtor Maksudovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ismatov Dilmurat Nurullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antiaritmin va digidroatizin gidroxloridi dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allapinin sanoatining ikkilamchi mahsulotlar utilizatsiyasi masalasini hal etish orqali antiaritmin dori vositasi substansiyasini ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
Aconitum zeravschanicum o‘simligi er ustki qismidan digidroatizin gidroxloridi substansiyasini ishlab chiqarishning texnologiyasi yaratilgan;
antiaritmin va digidroatizin gidroxloridi dori vositalari substansiyalarining sifat va miqdoriy tahlil usullari ishlab chiqilgan va yakuniy mahsulotlar standartlangan;
antiaritmin va digidroatizin gidroxloridi substansiyalarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich nazorat qilish usulari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Antiaritmin va digidroatizin gidroxloridi substansiyalari texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antiaretmik ta’sirga ega bo‘lgan N-dezatsetillappakonitin gidrobromidni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP.04858, 2014 y.). Natijada «Allapinin» substansiyasini ishlab chiqarishning ikkilamchi mahsuloti «Antiaritmin» substansiyasini olishda manba sifatida foydalanish imkonini bergan;
«Antiaritmin» dori vositasi substansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi» tomonidan ro‘yxatga olingan (№DV/M/01559/06/17). Natijada yurak aritmiyasi hurujlarini tez bartaraf etuvchi aritmiyaga qarshi yangi dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Digidroatiazin gidroxlorid» dori vositasi substansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi» tomonidan ro‘yxatga olingan (№DV/M/01563/06/17). Natijada bir vaqtning o‘zida I va IV sinflar xossalarini namoyon etuvchi aritmiyaga qarshi yangi dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan.