Anorboev Doston Raxmatullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ip yigirish jarayonlarida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3970
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” dan texnika fanlari doktori, professor Sulaymonov Rustam Shennikovich, “Namangan muhandislik-texnologiya instituti” dan texnika fanlari doktori, dotsent Qorabaev Sherzod Ahmadjonovich
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasi va ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan tolali chiqindilardan ip yigirishda samarali foydalaniladigan mashinani ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejmlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yigirish texnologik jarayonidan ajralib chiqadigan ikkilamchi material resurslaridan ip olish uchun chiqindilardan tozalash mashinasi baraban pichoqlarining qiyalik burchagini o‘zgartirish hisobiga maxsulot sifatining ortishi aniqlangan;
tozalash jarayonida samaradorlikni oshirish chiqindi tarkibidagi tolani tozalashni yaxshilanishiga erishishda tolali chiqindilarni tozalash mashinasiga to‘rli panjarani joylashtirgan holda ishlab chiqilgan;
chiqindi tozalash mashinasida qayta ishlash natijasida olingan yigirilgan iplarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tolalar oqimining harakatini baraban pichoqlarini gorizantal burchakda turli xil qiyaliklarining vaqtga bog‘liqligi va tolalar oqimi harakatini turli xil massadagi iflosliklardan ajratishda markaziy burchakka bog‘liqlik grafiklari ishlab chiqilgan.
takomillashgan pichoqli barabandagi harakatlanayotgan tolalar oqimi tarkibidagi ajraladigan mayda iflosliklarni 4×50 mm o‘lchamli teshikli setka o‘rnatilib chiqildilarni chiqish miqdorining taqsimlanish qonuniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tolasi va tolali chiqindilardan samarali foydalanishning texnologik asoslarini hamda paxta tolasi va tolali chiqindilarning xossa ko‘rsatkichlarini o‘zgarishining ip xossalariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta tolasi va tolali chiqindilar aralashmasini yigirishga tayyorlashda tozalash va piltaning tuzilish ko‘rsatkichini yaxshilashni pnevmomexanik usulda yigiriladigan ipning sifatini ta’minlaydigan ratsional parametrlar Jizzax viloyatida joylashgan “JIZZAKH TEXTILE” MChJ korxonasida paxta tolalari bilan 35% tolali chiqindilar qo‘shilgan aralashmalardan yigirilgan 29,5 teks chiziqli zichlikdagi ip yigirib olishda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 10 yanvardagi № 03/25-70 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ip yigirish uchun Buxoro-102 navidan 24%, S8290 navidan 64% va qayta ishlangan tolali chiqindilardan 12% qilib saralanma tuzildi va ipning solishtirma uzilish kuchi 15,12 sN/teks gacha oshirishga erishilgan.