Shumkarova Shamsiya Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aralash tarkibli plashbop mato ishlab chiqarish va sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq etish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/T3723
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: U.T.Abdullaev texnika fanlari doktori, professor. M.A.Doniyorova, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta va nitron iplaridan foydalanib, murakkab to‘qimalar o‘rilishi asosida aralash tarkibli plashbop matolarni ishlab chiqarish va sifat ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlamlari “aralash” usulda bog‘langan ikki qatlamli o‘ng va teskari tomoni turli rangda va xossalari bir-biridan farq qiladigan turli sirtga ega aralash tarkibli plashbop to‘qima turi murakkab to‘qimalar o‘rilishlarini loyihalash orqali yaratilgan;
ikki qatlamli murakkab to‘qimani loyihalash orqali fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilangan paxta va nitron tarkibli yangi assortimentdagi plashbop to‘qima o‘ng tomon sirti nitron ipli, teskari tomon sirti paxta ipli qilib ishlab chiqilgan;
aralash tarkibli plashbop to‘qimaning gigroskopik xususiyatini kamaytirish maqsadida, ya’ni suv o‘tkazmaslik xossasi nitron ipining mato o‘ng tomon sirtidagi ishtirokini ta’minlash orqali yaxshilanganligi asoslangan;
aralash tarkibli plashbop to‘qimani tuzilishi va shakllanish jarayoniga ta’sir qilish sharoitlarini hisobga olib, tanda va arqoq iplarini tarangligini to‘qimaning arqoq bo‘yicha zichligiga bog‘liqligini ratsional qiymatlari ko‘p omilli regression tenglamalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aralash tarkibli ikki qatlamli plashbop mato ishlab chiqarish va sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aralash tarkibli plashbop matoga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining sanoat namunasiga patent olingan (“Ikki qatlamli plashli mato”, № SAP 2662). Natijada, ikki qatlamli o‘rilishlar asososida qatlamlari “aralash” usulda bog‘langan plashbop mato tayyorlash imkoniyati yaratilgan;
taklif etilayotgan aralash tarkibli ikki qatlamli o‘rilishdagi plashbop mato ishlab chiqarish va yuqori sifat ko‘rsatkichini ta’minlash “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, shu jumladan, “AL-HAKIM PLYuS” MChJ (Buxoro shahri) korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 22 maydagi №03/25-1097-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishqalanishga chidamliligi, havo o‘tkazuvchanligi va suv o‘kazmasligi yaxshilangan ikki qatlamli to‘qima ishlab chiqarilgan;
ikki qatlamli aralash tola tarkibli plashbop matolarni ishlab chiqarish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Xorazm viloyatidagi “A-KAMOLIDDINI-A” f/x qarashli to‘quv korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 22 maydagi №03/25-1097-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, plashbop matoning ishqalanishga chidamliligi 27,1% ga oshishi yangi assortimentdagi plashbop matolarni loyihalash uchun imkon yaratilgan.