Rustamova Nigora Aktamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Vernonia anthelmintica o‘simligining endofit mikroorganizmlari: ikkilamchi metabolitlarining sintezi, biologik faolligi va biotransformatsiya», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/B214.
Ilmiy maslahatchi: Davranov Qaxramon, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Botir Ochilovich, biologiya fanlar doktori, professor; Sasmakov Sobirdjan Anarmatovich, biologiya fanlar doktori, professor; Hongchen Jiang (Xitoy), professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorivor Vernonia anthelmintica o‘simligidan endofit mikroorganizmlarni ajratib olish, ularni ikkilamchi metabolitlar sintez qilish xususiyatlari bo‘yicha skrining qilish, sintetik birikmalarning endofit zamburug‘lar yordamida biotransformatsiyasini aniqlash va biotransformatsiya mahsulotining saraton hujayralariga qarshi faolligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor V. Anthelmintica o‘simligidan 3 turdagi yangi endofit zamburug‘ turlari ajratib olindi va molekulyar genetik xususiyatlariga ko‘ra Ovatospora senegalensis NR-03, Thielavia subthermophila NR-06 va Aspergillus keveii XJF-23 turiga mansub ekanligi aniqlangan;
endofit bakteriya B. halotolerans XJB-35 va zamburug‘ O. senegalensis NR-03 shtammlarining sinergetik effekti patogen mikroorganizmlarga (18 mm va 26 mm) va HeLa saraton ho‘jayralariga qarshi ijobiy nazoratga nisbatan yuqori (IC50=0.09 μg/mL ± 0.005) faollikga ega ekanligi asoslangan;
ilk bor istiqbolli B. halotolerans XJB-35 hamda A. terreus XJA8 va O. senegalensis NR-03 zamburug‘ shtammlarini etil atsetat fraksiyasidan individual shakldagi 21 ta ikkilamchi metabolitlar ajratib olingan, strukturaviy tuzilishi 1H- va 13C YaMR va mass-spektrometriya (HR-MS) usulida aniqlangan;
ilk bor saraton hujayralarga nisbatan faol bo‘lgan sintetik birikma treopirimidinning mikrobial biotransformatsiya jarayoni amalga oshirilgan va 4 ta yangi tienopirimidin biotransformatsiya mahsuloti olingan;
biotransformatsiya mahsulotlari asosida HeLa saraton hujayralariga qarshi maqsadli va istiqbolli yangi tienopirimidin (8-gidroksi-1,2,3,6,7,8,9,10-oktagidro-11H-siklogepta[4,5]tieno[2,3-d]pirrolo[1,2-a]pirimidin-11-on) birikmasi mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dorivor V. anthelmintica o‘simligidan ajratib olingan bakteriya va zamburug‘ shtammlari tomonidan ikkilamchi metabolitlar sintezi, biologik faolliklari hamda zamburug‘lar tomonidan biotransformatsiya qilingan sintetik birikmalarning saraton hujayralariga qarshi faolligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
endofit zamburug‘lardan ajratib olingan tabiiy birikmalar Shinjon muhandislik etnomedisina ilmiy-tadqiqot markazida xitoy an’anaviy tibbiyotida vitiligo kasalligini davolashda yangi dori tarkibini tayyorlash amaliyotida joriy etilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo texnika institutining 2023 yil 12 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada malham holatidagi dori mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tabiiy biofaol organik birikmalardan asos sifatida foydalanish imkonini bergan;
biologik faolliklarga ega bo‘lgan ikkilamchi metabolitlarni sintezlovchi endofit mikroorganizmlar 16S rPHK va 18S rPHK nukleotid ketma-ketligi aniqlanib National Center for Biotechology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida Leclercia adecarboxylata XJB-17 (MW876133), Bacillus haynesii XJB-5 (MW820297), Bacillus proteolyticus XJB-16 (MW876136), Bacillus halotolerans XJB-35 (MW876143), Bacillus safensis XJB-71 (MW876161), Pseudomonas punonensis XJB-7 (MW876130), Aspergillus terreus XJF-7 (MW881456), Thielavia microspora NR-08 (MW996747), Mucor circinelloides NR-11 (MW996750) raqamlar ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo texnika institutining 2021 yil 22 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada ushbu shtammlarning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan;
V. anthelmintica o‘simligi endofit mikroorganizmlar xilma xilligi va bakteriya va zamburug‘larni ajratib olish, ikkilamchi metabolitlar sintezi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida olingan ma’lumotlardan yuqori impakt-faktorli (IF) xorijiy jurnallarda ikkilamchi metabolitlarining bir qator biologik faolliklari, umumiy ekstraktning sinergetik effekti va tabiiy birikmalarga individual ta’sirini aniqlashda foydalanilgan: J ournal of Fungi (2021) (IF 4.7) 7, 147 (Scopus); Applied Microbiology and Biotechnology (2022) (IF 5)106, 5359–5384 (Scopus); Microbiological Research (2022) (IF 6.7), 254, 126890 (Scopus); PLOS ONE (2022) (IF 3.7) (Scopus); Bioengineered (2020) (IF 6.8), 11, 1001-1015 (Scopus); Frontiers in Plant Science (2021) (IF 5.6) (Scopus); Forests (2021) (IF 2.9), 12, 1784 (Scopus); Plant Signaling & Behavior (2021) (IF 2.7), 16, 1974217 (Scopus); Metabolites (2022) (IF 4.1), 12, 534 (Scopus); Symbiosis (2023) (IF 2.5) (Scopus); Frontiers in Sustainable Food Systems (2023) (IF 5) (Scopus); Current Microbiology (2023) (IF 2.6) 80, 73 (Scopus); Plants (2023) (IF 4.5) 12, 1788 (Scopus). Natijada yuqori faol shtammlarning o‘stirish shapoitlapi va ikkilamchi metabolitlar biosintezi xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.