G‘anieva Malikaxon Sodiqjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatni yangilanish davrida gender munosabatlari: tadbirkor ayol fenomeni misolida” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal1740
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Zamilova Rimma Ramilevna, Falsafa fanlari doktori (DSc) dotsent O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatni yangilanish davrida gender munosabatlarini: tadbirkor ayol fenomeni misolida ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida shaxs emansipatsiyasi, inson huquqlarini mustahkamlash borasida, erkak va ayollar o‘rtasidagi tenglik, ya’ni gender pariteti masalasini teologik hamda ekzistensional xususiyatlari tadbirkor ayol shaxsining ma’naviy qiyofasini shakllanishidagi ahamiyati qiyosiy tahlil orqali ochib berilgan;
gender indexsi ko‘rsatkichlari jamiyatdagi ayollar tadbirkorligining detirminanti ekanligi hamda aholining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy indikatori sifatida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining turmush sharoitini yahshilashga ta’sir etuvchi element ekanligini signifikatsion mohiyati asoslangan;
jamiyatda shaxs iqtisodiy faoliyat yuritishi global transformatsiya jarayonida ayollar tadbirkorligi fenomenologik asoslarini aksiologik va proksiologik ildizlari aniqlangan;
jamiyatdagi yangilanish tendensiyalari gender tengligi va ayol tadbirkor tushunchalar o‘rtasidagi simmetrik o‘xshashliklar, ularning yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy ataraksiyasi tizimidagi dennotatsion va kennotatsion asoslari sotsio-psixologik hamda ijtimoiy-falsafiy jihatdan dalillash orqali asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘nggi yilda ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, ayollarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ayollarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoyaga qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizasiyalash va liberallashtirish orqali, amaldagi o‘zgarishlar hamda tub islohotlar davrida yosh tadbirkorlar, xususan ayol tadbirkorlar faoliyatini amalga oshirishda xalqaro tajribani o‘rganish orqali milliy tadbirkorlik fenomenini rivojlantirish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yangicha yondashuvni ishlab chiqishga, tadbirkor ayollar huquqiy maqomining normativ me’yorlarini mustahkamlash orqali ularning o‘z faoliyati davomida teng huquqlilik tamoyiliga amal qilish, mexanizmlarini shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy taklif hamda uslubiy ishlanmalarida o‘z amaliy ifodasini topib kelmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 3 oktyabrdagi 1-17-21-2751-son dalolatnomasi) Shu bilan birga, tadqiqotchi tomonidan “Aholimiz, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida tenglik va mehnatsevarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, qabul qilinayotgan normativ xujjatlarning mazmun-mohiyatini onglariga singdirish orqali faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish”ga doir ijtimoiy texnologiyalar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 40-bandi “Jamiyatda va oilada xotin-qizlarning mavqieni ko‘tarish, oilaviy ajrimlarni oldini olish, ma’naviy sog‘lom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ayollarning ma’sulligini oshirish, xotin-qizlar o‘rtasida boqimandalik holatlarini ko‘payishini oldini olish, qizlarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish yuzasidan “Sharq ayoli ma’rifati” targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. “Aholimiz, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida tenglik va mehnatsevarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish orqali, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularda faol fuqarolik pozisiyalarini mustahkamlash, o‘z manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil fikr yurituvchi shaxs sifatida namoyon qilish nodavlat-notijorat tashkilotlari, umuman ijtimoiy institutlar, xususan oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining samarali, tizimli va tartiblashtiruchi elementlar ekanligi” asoslantirgan; “Har bir oila - tadbirkor” degan g‘oya asosida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohasidagi islohotlarni jadallashtirish, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarda mamlakatimiz taraqqiyotiga shaxsiy ishtiroki orqali, ijtimoiy ta’luqlilik xissini mustahkamlash, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash g‘oyalarini hayotga tatbiq etish orqali shaxs va jamiyat o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 31 avgustdagi 350-sonli dalolatnomasi) Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yangilanayotgan O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, yoshlar, ayniqsa ayollar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ular qalbida demokratik qadriyatlarni singdirishning yangi ijtimoiy texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy - ma’rifiy sohadagi tadbirlarini amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
“Ijtimoiy davlat” konsepsiyasini ilgari surishda yoshlar, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini oshirishda ularda tadbirkorlik, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantishiga oid ilmiy-nazariy xulosalarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb masala ekanligi asoslab berilgan. Yoshlar, shuningdek xotin-qizlar dunyoqarashida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllanishida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan demokratlashuv va modernizatsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari, xususan gender tengligi tamoyiliga sodiqlikni tarbiyalash, ularda tadbirkorlik, kasb olishga bo‘lgan qiziqishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yoshlarimiz barkamol shaxs sifatida takomillashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazining Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 12 oktyabrdagi 2/23-son dalolatnomasi). Natijada yoshlar, ayniqsa xotin-qizlar dunyoqarashida jamiyatimiz demokratlashuv va modernizatsiyalashuv jarayonlariga, mamlakatimiz barqaror rivojlanishiga mustaqil munosabatlarining shakllanishi, ularda faol fuqarolig posisiyasini mustahkamlanishiga xizmat qilgan.
Yosh ayol tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ya’ni mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ hujjatlar bazasini takomillashtirish, shuningdek ularda mazkur bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlashtirish bilan bog‘liq innovatsion usul-vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik hamda nazariy xulosalarni amaliy faoliyatlariga tadbiq etilgan. Bundan tashqari xorijiy tajribaning o‘rganish orqali yosh ayol tadbirkorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida taraqqiy etgan mamalakatlarning ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalaridan foydalanishga oid ishlab chiqilgan innovatsion ilqor texnologiyalardan agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan seminar-treninglar, davra suhbatlari, hamda boshqa yo‘nalishlardagi amaliy tadbirlarni tashkil qilishda keng foydalanilmoqda. Bugungi kunda tadqiqot ishi Yangi O‘zbekistonda gender tengligini yanada mustahkamlash, xususan tadbirkor ayol fenomenini shakllantirish va milliy madaniyatimiz tarkibida shakllanishi, yoshlar, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini yahshilash, kasbiy bilim hamda qo‘nikmalarni egallash orqali jamiyatimiz yanada taraqqiy etishida muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 3 oktyabrdagi 1-17-21-2751-son dalolatnomasi) bu takliflar mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini rivojantirishida nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.