Toshboeva Barnoxon Odiljonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tillarini o‘rgatishning psixologik metodik konsepsiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (ingliz tili)).
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped525.
Ilmiy maslahatchi: Tiles Valeriy Gennadevich psixologiya fanlari doktori rrofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156. 01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna pedagogika fanlari doktori, professor; Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarga chet tillarini samarali o‘rgatishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish uchun inklyuziv ta’lim muhiti (inclusive education) modeli yaratilib, unda emosional qo‘llab-quvvatlash va madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish asosida lingvistik qiyinchiliklarni va ijtimoiy-madaniy moslashuvni kamaytirishga qaratilgan metodik usullar ishlab chiqilgan;
adaptiv ta’lim (flexible learning), kognitiv uslublar va faoliyat nazariyalari asosida moslashuvchan ta’lim texnologiyalarining kengaytirilgan modeli yaratilib, ushbu texnologiyalar samaradorligini baholash uchun akademik natijalar, emotsional holat dinamikasi va kognitiv rivojlanish ko‘rsatkichlarini e’tiborga oluvchi mezonlar aprobasiya qilingan;
chet tilini o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan kognitiv zo‘riqish (cognitive load) muammosini bartaraf etish maqsadida, interaktiv mashqlar va vizual materiallarlardan foydalanish orqali tavsiyalar ishlab chiqilib, bu usullar kognitiv zo‘riqishni o‘rtacha 20% ga kamaytirishga va ta’lim samaradorligini 15% ga oshirishi isbotlangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ingliz tili o‘rgatishning faoliyatga, shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy yondashuvlar integrasiyasi asosida psixologik-metodik konsepsiyasi ishlab chiqilib, savodxonlik va ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik o‘yin topshiriqlari tizimi yaratilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish maqsadida kommunikativ va madaniyatlararo yondashuvlar integrasiyasi asosida maxsus topshiriqlar tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tillarini o‘rgatishning psixologik-metodik konsepsiyasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga chet tillarini o‘rgatish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan barqaror motivatsiyani shakllantirish, mustaqillik, mas’uliyat, ijodkorlik kabi fazilatlarni shakllantirishga oid tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida 2020-2022 yillarda amalga oshirilgan S-UZ800-20-GR-0044 “Access Micro Scholar Program” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 18-maydagi 03/1425-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga imkon bergan;
chet tillarni o‘qitishning psixologik-metodik asoslarini har tomonlama tahlil qilish asosida kognitiv zo‘riqishni kamaytirish, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish va o‘quv jarayonida qulay emotsional muhit yaratishga qaratilgan metodik tavsiyalardan Respublikadagi bir qator umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflarda chet (ingliz) tili o‘qitishning psixologik va metodik tashkil etish jarayoni tajriba-sinov dasturi asosida mustaqil ta’limga tatbiq qilingan. (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 31-maydagi 01/11-1-289-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, chet tillarini o‘qitish samaradorligini, o‘quvchilar motivatsiyasini oshirish va ta’lim yutuqlarini yaxshilashga yordam beradigan yanada qulay ta’lim muhitini yaratish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘yinli topshiriqlar tizimi (game-based learning) ishlab chiqish, o‘yinli elementlaridan foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘quv jarayoniga jalb etilishini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar «Kichik maktab o‘quvchilariga chet til o o‘qitishning o o‘ziga xos xususiyatlari» darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2024-yil 7-maydagi № 149-son buyrugʻi («Step by step» nashriyoti, Andijon. UDK: 373.3.016:811.111, KBK: 359.67 (Ya75) T-85, ISBN: 978-9910-769-56-6.7). Natijada, an’anaviy va innovatsion yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan, uzlyuksizlik tamoyili asosida qurilgan didaktik materiallar va interaktiv mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
tadqiqot natijalari chet tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning hissiy intellekti va ijtimoiy rivojlanishi jihatlariga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari senariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan 2024-yil 25-apreldagi №04/36-560-sonli ma’lumotnoma). Natijada, radio tinglovchilar chet tilida muloqot qilish va madaniyatlararo muloqot kompetensisiyani rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ularning ta o‘limiy yutuqlarini yaxshilash uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratishga yordam berishi haqida xabardor qilingan;
turli ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni umumta’lim jarayoniga samarali integratsiyalashuvini ta’minlaydigan, inklyuziv ta’lim muhitini (inclusive education) yaratish va barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar berishi maqsadida ishlab chiqilgan innovatsion uslubiy yondashuvlar va tavsiyalardan xalqaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida yaratilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” fundamental loyihasi doirasida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 22-avgustdagi 04-03-04-5575-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv zo‘riqishni kamaytirish, o‘quv jarayonini optimallashtirish va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan usullar ishlab chiqilgan.