Kurbonova Marguba Sotvoldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Bir necha somatik komponentli frazeologik birliklarning kognitiv-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil35.12.
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Tursunova Nodirabegim Fayzullo qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida bir necha somatik komponentli FBlarning kognitiv-semantik va lingvokulturologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir necha somatik komponentli FBlarning simmetrik va assimmetrik jihatlari va ular tarkibiga kiruvchi komponentlarning valentlik imkoniyatlari hamda tillararo izomorf va allomorf jihatlar aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillarida somatik komponentli FBlarning olam lisoniy manzarasini tashkillashdagi o‘rni, maqomi, morfologik va semantik jihatlari ochib berilgan;
bir necha somatik komponentli monosemant va polisemant FBlar semantikasi tarkibiga kiruvchi milliy-madaniy semalar va pragmatik ma’nolarni o‘zbek va ingliz tillarda qayta yaratish usul va metodlari aniqlanib, ularning adekvatligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida milliy-madaniy va pragmatik ma’no tashuvchi polikomponentli frazeologik birliklararo intralingvistik va ekstralingvistik omillar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida bir necha somatik komponentli frazeologizmlarning antroposentrik paradigma tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida bir necha somatik komponentli frazeologik birliklar va ularning struktur-semantik xususiyatlariga doir, shuningdek, ingliz va o‘zbek tillarida bir necha somatik komponentli frazeologik birliklarni tizimlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy xulosalaridan Samarqand davlat chet tillari instituti filologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Sh.Ro‘ziqulov rahbarligida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 25-avgustdagi 205/02-son ma’lumotnomasi.) Natijada ingliz tili tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishning nazariy asoslari turg‘un va erkin so‘z birikmasi o‘rtasidagi umumiy va xususiylik masalalariga to‘xtalib o‘tishni ta’minlagan;
oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi va talabalarning bir necha somatik komponentli frazeologik birliklarning ingliz va o‘zbek tillarida metafora, metonimiya sifatida ishlatilishi, somatik frazeologik birliklar asosida shakllangan frazemalar hamda ularning tahlillar natijasida aniqlangan umumiy soni, leksik-grammatik va struktural-semantik kriteriyalar asosida tartib berilganligiga doir ma’lumotlar, shu bilan birga, ingliz va o‘zbek tillarining bir necha komponentli somatik frazeologik birliklari asosida o‘quv lug‘atini tuzish tamoyillari, lug‘atning maqsad vazifasi, struktur ko‘rinishi, izoh hamda tarjima tamoyillariga doir ma’lumotlardan bahramand bo‘lishi, bir necha komponentli frazeologik birliklarning chastotasi, ya’ni ularning muloqotda ishlatilish soni bo‘yicha kerakli bilimlardan samarali foydalanishi, shu bilan birga, ularning statistik ma’lumotlar bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahmahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda yangi yondashuvlar kabi ilmiy xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2–CBHE-SP-ERASMUS + SVNEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 25-avgustdagi 204/02-son ma’lumotnomasi.) Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishda bir necha somatik komponentli frazeologik birliklar lingvistik tadqiqot obekti sifatida olinishi muhim ahamiyat kasb etgan.
bir necha somatik komponentli frazeologik birliklarning kognitiv-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-iyuldagi 04-36-108-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar bir necha somatik komponentli frazeologik birliklarning ingliz va o‘zbek xalqlari milliy ongida mavjud arxetip tasavvurlar umumlisoniy va milliy, ijobiy, salbiy va betaraf ekanligi, ularda xalqning intellektual va hayotiy tajribasi, donishmandligi, ma’naviy dunyosi, axloq-odob stereotiplarida o‘z ifodasini topishi kabi xulosalari eshittirishlarning ilmiy asoslarga ega bo‘lishini ta’minlagan.