Karaev Umed Jo‘raevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
Badiiy tarjimada ijodiy vorisiylik va o‘ziga xoslik (Hirot adabiy muhiti tarjimachilik an’analari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3844
Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor. Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: X.Hamidov, filologiya fanlari doktori, professor; N.Shodmonov filologiya filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hirot adabiy muhiti tarjimachilik an’analari misolida badiiy tarjimada ijodiy vorisiylik va o‘ziga xoslik jihatlarini tahlil etishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor tarixiy-madaniy va geografik sharoit ta’sirida Hirot adabiy muhitida yaratilgan asarlar misolida badiiy tarjimada ijodiy vorisiylik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilib, tarjimonning individualligi masalasi tahlil qilindi;
ilk bor turli davrlarda yaratilgan asarlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tahlil qilinib, matnni talqin qilishda tarjimon shaxsiyatining ta’siri tadqiq qilindi;
tasavvufiy adabiyotning yangi tarjima usullari va janrlarining rivojlanishi hamda she’riy tarjima-sharhlar vujudga kelishi jarayonidagi ta’siri aniqlandi;
ilk bor Alisher Navoiyning “Nazmu-l-javohir” asariga qaysi asar manba sifatida xizmat qilgani va boshqa tarjima-sharhlar bilan genetik-vorisiy aloqalari aniqlandi;
tarjimon-shoirlarning hadis va hikmatli so‘zlarni she’riy tarjima qilishdagi mahorati qiyosiy tahlil qilindi;
Hirot adabiy muhitida yaratilgan va tarjima qilingan asarlarning keyingi “hayoti” tahlil qilindi: asl matnlarni boyitgan va rivojlantirgan keyingi mualliflarning hissasini hisobga olish zarurligi ilmiy asoslandi. Shuningdek, bu asarlarning zamonaviy davrdagi nashrlari tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganilib, olib borilgan ishlarga tanqidiy baho berish imkoniyati yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijodiy vorisiylik va tarjimon individualligi masalalariga oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2022 yilda bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023- yil 28-iyuldagi 212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy an’analarning turli davrlarda yashagan shoirlar ijodiyotiga ta’siri haqidagi ma’lumotlar yangilanishiga erishilgan. Tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy natijalar har bir davr adabiyoti xususida atroflicha maʼlumot berishda xizmat qilgan;
“Nazmu-l-javohir” asarining manbasi, Fazl bin Hasan Tabrisiy (XII asr) tomonidan tuzilgan “Nasru-l-laoliy” to‘plami va Ibn Sovajiy (XIV asr), Ashraf, Nadimiy (XV asr)ning she’riy tarjimalari qiyosiy tadqiqiga doir xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2020-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 - yil 1-avgustdagi 04/1-1442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu davrdagi adabiy aloqalar, “Nazmu-l-javohir” uchun asl manba vazivasinin bajargan to‘plam va tarjima-sharhlar haqida yanada kengroq tasavvur hosil bo‘lishiga erishilgan. Ushbu tadqiqotda “Nasru-l-laoliy” asari kimning qalamiga mansub ekanligi, Navoiy Ali ibn Abutolib hikmatli so‘zlarni qaysi manbadan foydalanib sharhlagani haqida aniq xulosalar berilgan; 
tarjimon-shoirlarning Ali ibn Abutolib qisqa hikmatli so‘zlarini she’riy tarjima qilishda munosib janrlarni tanlash mahoratiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yildagi chora-tadbirlar dasturining 34-bandida belgilangan “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanishning artpedagogik asoslarini tadqiq qilish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 19-iyuldagi 304-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi yangi ma’lumotlardan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanishga erishilgan;
Alisher Navoiy tazkirasi tarjimalari tufayli forsiy tazkiranavislikda yangi an’analar shakllanganligiga doir ma’lumotlar, talqin va xulosalardan “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Manbalar so‘zlaganda”, “Buyuk siymolar”, “Sharq qo‘lyozmalari” ko‘rsatuvlarining senariyalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 1-avgustdagi 06-28-1042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teleradiokompaniya ijodiy jamoasi badiiy tarjima tarixi, taraqqiyot bosqichlari haqidagi xulosalarni teletomoshabinlarga etkazishi uchun zamin yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish