Sabirova Dilorom Davlatbaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inglizzabon va o‘zbek nasrida badiiy polifonizm modifikatsiyalari (Uil’yam Fol’kner va Isajon Sulton ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil.4889
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Hotamovna, filologiya fanlari doktori, professor, Djabborov Sherzod Xalikulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inglizzabon va o‘zbek nasrida badiiy polifonizm modifikatsiyalarini Uil’yam Fol’kner va Isajon Sulton ijodlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
adabiy asarlarda kompozision polifonizm texnikasi vositasida muallif va qahramon o‘rtasidagi an’anaviy munosabatlarni targ‘ib qilish yo‘llari hamda an’anaviy bo‘lmagan noklassik badiiy ong asarlarining tuzilishi va mazmuni mualliflik nuqtayi nazaridan ochib berilgan;
komparativistik, semiotik va deskriptiv yondashuv asosida zamonaviy adabiyotda polifonizmning tuzilishi modifikatsiyasi inglizzabon va o‘zbek badiiy nasri kompozisiyasida polifonizmning konstitutsiyaviy va additiv xususiyatlari aniqlanib, uning badiiy asar kompozisiyasini qurishda tizimli birlashtiruvchi funksionallik nuqtayi nazaridan imkoniyatlari asoslab berilgan;
kompozision polifonizmning tarixiy-qiyosiy yondashuv orqali badiiy asarlarning muallif va kitobxon o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan yangi subektiv yangi xususiyatlari XX-XXI asrlardagi o‘zbek va inglizzabon yozuvchilarning ijodini o‘rganish asosida ochib berilgan;
badiiy asarlardagi XX asr kompozision polifonizmining modifikatsiyalari, tuzilishi va polifonik fonini tashkil etuvchi implisit hamda eksplisit shakllari U.Fol’kner va I.Sulton ijodi misolida tipologik yondashuv asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inglizzabon va o'zbek nasrida badiiy polifonizm modifikatsiyalari Uil’yam Fol’kner va Isajon Sulton ijodlari asosida o‘zaro ta’sir doirasini aniqlash yo‘sinlarini ishlab chiqish asosida:
adabiy asar qurishning yetakchi usullaridan biri sifatida kompozision polifonizmning shakllantirilishi uning an’anaviy bo‘lmagan noklassik badiiy ong asarning tuzilishi elementlari “O‘qish va yozish amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va ingliz guruhlarida o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
zamonaviy adabiyotda polifonizmning turli tuzilishi modifikatsiyalarini inglizzabon va o‘zbek badiiy nasri kompozisiyasida kompozision polifonizmning konstitutsiyaviy va additiv xususiyatlari aniqlanib, uning badiiy asar kompozisiyasini qurishda tizimli birlashtiruvchi funksionallik nuqtayi nazaridan imkoniyatlari va boshqa xalqlar adabiyotida yuzaga kelgan uslubiy xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 27-noyabr 2603/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, XX-XXI asrlar o‘zbek va inglizzabon yozuvchilarning ijodi asosida o‘rganish asosida potensial imkoniyatlari asoslab berilgan; 
muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan badiiy asarning yangi subektiv modelini tashkil etish doirasida kompozision polifonizmni komparativistik yondashuv orqali XX-XXI asrlar o‘zbek va inglizzabon yozuvchilarning ijodini tadqiq qilishga oid ilmiy xulosalar 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 27-noyabr 2604/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, XX asr kompozision polifonizmning tuzilishi modifikatsiyalari o‘rganilib, uning tipologiyasi asarning polifonik fonini tashkil etuvchi implisit va eksplisit shakl nuqtayi nazaridan asoslab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish