Kosbergenov Baxram Maxsetbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Userbay Aleuovning ilmiy-pedagogik faoliyati va ta’limiy-tarbiyaviy qarashlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped.4790
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqarbay Tólegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Userbay Aleuovning ilmiy-pedagogik faoliyati va ta’limiy-tarbiyaviy qarashlarining asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish va ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Userbay Aleuov ilmiy-pedagogik faoliyati ustoz-shogird an’analari va olimning subektiv refleksiv pozisiyasiga muvofiq keladigan an’anaviylik va novatorlikning uyg‘unligi, milliylikdan globalistikaga, texnogenlikdan antropogenlikka  yo‘nalgan invariant tavsifga ega yaxlit shaxsiy-ijodiy fenomen ekanligi  nazariy-struktur tahlilga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Userbay Aleuovning ta’limiy-tarbiyaviy qarashlari o‘zining mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra pedagogik fikrlar taraqqiyoti, xalq, oila va milliy pedagogika hamda didaktikaning evristik, kognitiv yo‘nalishlari bilan bog‘liq pedagogik tizim ekanligi olimning ichki ustanovkasini yorqin aks ettiruvchi “madaniy matnlar” retrospeksiyasi interpretatsiyasini amalga oshirish orqali aniqlashtirilgan;
Userbay Aleuovning ta’limiy-tarbiyaviy qarashlari Sharq mutafakkirlari va mumtoz pedagoglarning g‘oyalariga uyg‘un keladigan milliy o‘zlikni anglash, shaxsning erkinligi va mustaqilligi, ijtimoiy ahamiyatli shaxs sifatlari, o‘z-o‘zini tashkillash va tarbiyalash, mas’uliyatlilik, intizomlilik, fuqarolik kabi aksiologik dominantlarni o‘zida ifoda etishi germenevtik yondashuvning konseptual qoidalariga muvofiq asoslangan;
Userbay Aleuovning ta’limiy-tarbiyaviy qarashlaridan bo‘lajak o‘qutuvchilarda milliy, umuminsoniy, ijtimoiy, bilishga doir, kasbiy qadriyatlar interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasini ta’minlashda pedagogik fanlarni o‘qitishda maqsadli foydalanish yo‘llari mazkur jarayonni amalga oshirishga doir tashkiliy-pedagogik modelni refleksivlik tamoyiliga identiv tarzda loyihalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Userbay Aleuovning ilmiy-pedagogik faoliyati va ta’limiy-tarbiyaviy qarashlariga doir tadqiqot natijalari asosida:
Userbay Aleuov ilmiy-pedagogik faoliyatini ustoz-shogird an’analari va olimning subektiv refleksiv pozisiyasiga muvofiq keladigan an’anaviylik va novatorlikning uyg‘unligi, milliylikdan globalistikaga, texnogenlikdan antropogenlikka  yo‘nalgan invariant tavsifga ega yaxlit shaxsiy-ijodiy fenomen ekanligi  nazariy-struktur tahlilga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan I1-XT-0-17222 “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” (2021-2023 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 15-martdagi 4-son dalolatnomasi). Natijada, qoraqalpoq milliy mentalitetini Userbay Aleuov ilmiy-pedagogik faoliyati vositasida yoritib berishga erishilgan;
Userbay Aleuovning ta’limiy-tarbiyaviy qarashlari o‘zining mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra pedagogik fikrlar taraqqiyoti, xalq, oila va milliy pedagogika hamda didaktikaning evristik, kognitiv yo‘nalishlari bilan bog‘liq pedagogik tizim ekanligini olimning ichki ustanovkasini yorqin aks ettiruvchi “madaniy matnlar” retrospeksiyasi interpretatsiyasini amalga oshirish orqali aniqlashtirish, Userbay Aleuovning ta’limiy-tarbiyaviy qarashlarini Sharq mutafakkirlari va mumtoz pedagoglarning g‘oyalariga uyg‘un keladigan milliy o‘zlikni anglash, shaxning erkinligi va mustaqilligi, ijtimoiy ahamiyatli shaxs sifatlari, o‘z-o‘zini tashkillash va tarbiyalash, mas’uliyatlilik, intizomlilik, fuqarolik kabi aksiologik dominantlarni o‘zida ifoda etishi germenevtik yondashuvning konseptual qoidalariga muvofiq asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogicheskoe masterstvo” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 21-dekabrdagi 193-son buyrug‘i, 193-03-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, “Pedagogik mahorat” modulining pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Userbay Aleuovning ta’limiy-tarbiyaviy qarashlaridan bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy, umuminsoniy, ijtimoiy, bilishga doir, kasbiy qadriyatlar interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasini ta’minlashda pedagogik fanlarni o‘qitishda maqsadli foydalanish yo‘llarini mazkur jarayonni amalga oshirishga doir tashkiliy-pedagogik modelni refleksivlik tamoyiliga identiv tarzda loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2022-2024 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 15-martdagi 4-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda Userbay Aleuov qarashlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish