Nusharov Bobir Bolbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari (Dastgohli rangtasvir fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped1565.
Ilmiy rahbar: Nurtaev Urinbay Nishonbekovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova Zilola Abdumavlonovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dastgohli rangtasvir orqali bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarining didaktik parametrlari hamda tashkiliy-texnologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari dastgohli rangtasvir fanining spesifik xususiyati bilan bog‘liq pedagogik determinantlarni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga ergonomik talablarga muvofiq interfaol ta’lim metodlari orqali rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi gorizontal va vertikal modullashtirilgan metodik tizimni ta’lim texnologiyasining tashkiliy shakllari hamda didaktik imkoniyatlariga ko‘ra loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli texnologik komponentning yo‘naltiruvchi, axborotli, amaliy korreksion bosqichlarini adaptiv moslashuvchanlik va refleksiv tahlilga ko‘ra tahliliy-natijaviy komponentlarda dinamik baholash orqali takomillashtirilgan;
dastgohli rangtasvir fanidan bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi an’anaviy va noan’anaviy metodlarni zamonaviy pedagogik paradigmalarga muvofiq singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining dastgohli rangtasvir orqali kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari dastgohli rangtasvir fanining spesifik xususiyati bilan bog‘liq pedagogik determinantlarni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga ergonomik talablarga muvofiq interfaol ta’lim metodlari orqali rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan Guliston davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining ITD-1-148 “Kasbiy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” (2019-2021-yillar) mavzusidagi tadqiqot ishini bajarishda foydalanilgan hamda “Chizmatasvir” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-dekabrdagi 193-sonli ma’lumotnomasi; Guliston davlat universitetining 2023-yil 30-martdagi 39-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 39-01 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning bilim darajasini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijodiy bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakda muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat yuritishlari uchun mustahkam poydevor yaratgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi ta’lim texnologiyasining tashkiliy shakllari hamda didaktik imkoniyatlari gorizontal va vertikal modullashtirilgan metodik tizimni loyihalashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 8-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, didaktik va metodik ta’minotdan foydalanish talabalarning fanni chuqur va har tomonlama o‘zlashtirishlariga, ularning ijodiy salohiyatini to‘liq namoyon etishlariga erishilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning texnologik modeli texnologik komponentning yo‘naltiruvchi, axborotli, amaliy korreksion bosqichlarini adaptiv moslashuvchanlik va refleksiv tahlili universallik va normativlik tamoyili asosida tahliliy-natijaviy komponentlarda dinamik baholash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalaridan “Chizmatasvir” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 28-oktyabrdagi 02-07-4832/04-son ma’lumotnomasi, Guliston davlat universitetining 2023-yil 30-martdagi 39-son buyrug‘iga asosan berilgan 39-01 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur model asosida ta’lim olgan talabalar kelajakda kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishish, doimiy ravishda o‘z bilim va malakalarini oshirib borish, zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib etishish uchun mustahkam zaminga ega bo‘lgan;
dastgohli rangtasvir fanidan bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi an’anaviy va noan’anaviy metodlarni kreativlik tamoyillariga zamonaviy pedagogik paradigmalarga muvofiq singdirish asosida ishlab chiqilgan va unda mavjud amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda radioeshittirishlar tahririyati “Mahalla” telekanalining “Reportyor” informatsion dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalangan (“Mahalla” teleradiokanalining 2023-yil 19-sentyabrdagi 02-14-977-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadilar, o‘z ta’lim traektoriyalarini o‘zlari belgilash, o‘z-o‘zini boshqarish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.