Shukurov Davronbek Shukurovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston san’atida bienalle va festivallar faoliyatining badiiy-ijtimoyi asoslari”, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/San153.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Nodirbek Baxtiyorovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, akademik; Asqarova Zilola Abdumavlonovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoregrafiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston san’atida biennale va festivallar faoliyatining badiiy-ijtimoiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon badiiy jarayonida biennalelarning zamonaviy san’at rivojiga ta’siri jarayonida madaniyatlar orasidagi dialogni hosil qiluvchi yangi global kontekst paydo bo‘lgani, mualliflikning dekonstruksiyasi, san’atdagi institutsional tizimlarning qayta anglanishi, multimodallik (installyasiya, perfomens, video-art) bilan belgilanishi, zamonaviy biennalelarda madaniyatlar va identiklik mavzulariga katta e’tibor qaratilayotgani, kolonializm merosini tanqidiy anglash, estetikaning buzilish omillari madaniy va badiiy diskurslarni shakllantirayotgani asoslangan;
kino, musiqa festivallari, zamonaviy san’at va amaliy san’at biennalelari kreativ industriyasi ijodkor professionallar kommunikatsiyasini ta’minlashi, madaniy turizimning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yagona kontekstda global va lokal madaniyatlar, siyosiy, ijtimoiy va madaniy fikrlar turfa xilligining namoyon bo‘lishiga sabab bo‘layotganligi dalillangan;
O‘zbekiston zamonaviy badiiy amaliyotida biennale va festivallar jonli ijodiy laboratoriya sifatida rol o‘ynab, faol xalqaro o‘zaro ta’sir va o‘zaro aloqadorlikni yaratish, yangicha ekspozison texnologiyalarni joriy etish orqali umumiy globalizatsiya va kommunikatsiya jarayoniga ta’sir ko‘rsatayotgani va yagona madaniy makon hosil qilishga imkon bergani asoslangan;
“Zamonaviy san’at biennalesi” milliy san’atda modern art (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) va contemporary art (video va fotoart, installyasiya, perfomens, konseptual san’at) kabi ikki yo‘nalish rivojiga ta’sir ko‘rsatganligi, mahalliy konseptualist rassomlar asosan madaniy kodlar, asotir va rivoyatlar, so‘fizmning ma’naviy asoslariga bag‘ishlangan asarlar asosida ijtimoiy va falsafiy muammolarni ko‘tarib, glokalizatsiya jarayoniga kirib borgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston san’atida biennale va festivallar faoliyatining badiiy-ijtimoiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon badiiy jarayonida biennalelarning zamonaviy san’at rivojiga ta’sirini madaniyatlar orasidagi dialogni hosil qiluvchi yangicha global kontekst paydo bo‘lgani, mualliflikning dekonstruksiyasi, san’atdagi institutsional tizimlarning qayta anglanishi, multimodallik (installyasiya, perfomens, video-art va b.) bilan belgilanishi, zamonaviy biennalelarda madaniyatlar va identiklik mavzulariga katta e’tibor qaratilayotgani, kolonializm merosini tanqidiy anglash, yuqori va quyi san’at, janrlar orasidagi chegaraning yo‘qolib borishi, estetikaning buzilishi omillari madaniy va badiiy diskurslarni shakllantirayotgani aniqlangan natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2024 yil 6 martdagi 02-12-17-1311-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi sanat sohasida zamonaviy badiiy jarayonlarni o‘rganishga, tahlil etish hamda yoritishga xizmat qilgan;
kino, musiqa festivallari, zamonaviy san’at va amaliy san’at biennalelari kreativ industriyaning asosiy elementi sifatida ijodkor professionallar kommunikatsiyasini ta’minlashi, iqtisodiyotni o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishi, yagona kontekstda global va lokal madaniyatlar, siyosiy, ijtimoiy va madaniy fikrlar turfa xilligining namoyon bo‘lishi sabab bo‘layotgani dalillanganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekistonda ananaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan san’at festivallarini yuqori saviyada tashkil etish va konsepsiyasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024 yil 6 martdagi 02-12-17-1311-son ma’lumotnomasi). Natijada, festivallarni yuqori saviyada tashkil etish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan, madaniy va ijtimoiy fikrlarni o‘zaro uyg‘unlashtiradigan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston zamonaviy badiiy amaliyotida biennale va festivallar jonli ijodiy laboratoriya sifatida rol o‘ynab, faol xalqaro o‘zaro ta’sir va o‘zaro aloqadorlikni yaratish, yangicha ekspozison texnologiyalarni joriy etish orqali umumiy globalizatsiya va kommunikatsiya jarayoniga ta’sir ko‘rsatayotgani va yagona madaniy makon hosil qilishga imkon bergani asoslangan va olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan Buxoro shahrida o‘tkazilgan “An’anaviy zardo‘zlik, zargarlik va kashtachilik san’ati” festivalini yuqori saviyada tashkil etish va konsepsiyasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024 yil 6 martdagi 02-12-17-1311-son ma’lumotnomasi). Natijada, “An’anaviy zardo‘zlik, zargarlik va kashtachilik san’ati” festivali uchun ishlab chiqilgan konsepsiyani takomillashtirish, festivalning yuqori saviyada keng nishonlashda, o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini tizimlashtirish va tahlil etish hamda yuqori saviyada tashkillashtirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
“Zamonaviy san’at biennalesi” milliy san’atda modern art (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) va contemporary art (video va fotoart, installyasiya, perfomens, konseptual san’at) kabi ikki yo‘nalish rivojiga ta’sir ko‘rsatib, mahalliy konseptualist rassomlar asosan madaniy kodlar, asotir va rivoyatlar, so‘fizmning ma’naviy asoslari kabi mavzular ostida ijtimoiy va falsafiy muammolarni ko‘tarib glokalizatsiya jarayoniga kirib borgani isbotlangan hamda olingan ilmiy natijalaridan “Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi”ni yuqori saviyada tashkil etish va konsepsiyasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024 yil 26 fevraldagi IK77352376-con ma’lumotnomasi). Natijada, “Toshkent xalqaro amaliy san’at biennalesi”, “Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi” hamda “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” uchun ishlab chiqilgan konsepsiya festivalni yuqori saviyada o‘tkazishga, o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini tizimlashtirish va tahlil etish hamda yuqori saviyada tashkillashtirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan.