Namozov Baxram Xudoyshukurovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston zamonaviy grafikasining rivojlanish tendensiyalari (1991-2021 yy.)”, 17.00.04 - Tasviriy va amaliy-bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/San101.
Ilmiy rahbar: Fatkhullaev Ravshan Sadullaevich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.   
Rasmiy opponentlar: Kuryazova Darmon Turaevna, tarix fanlari doktori, dotsent; Xadjimetov Behzod Baxodirovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston zamonaviy grafikasining rivojlanish tendensiyalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 20-yillarida dastlab afisha-plakatlar naturalizm va primitivizmga xos uslublar asosida shakllanganligi, 1930-yillarda bosma grafika texnikalarining paydo bo‘lishi milliy estamp an’analari, o‘zbek she’riyati va nasrining taraqqiyoti, milliy klassik adabiyotni qayta nashr etish dastgohli va kitob grafikasining rivojshlanishiga ta’sir etganligi dalillangan;
XX asrning 20-30-yillari grafika san’atida plakat va satirik grafika tendensiyalari grafik rassomlar ijodida kubofuturizm, konstruktivizm, ekspressionizm yo‘nalishlari uyg‘unligi, milliy plastik san’atning xalq amaliy-bezak san’ati bilan sintezi kabi ikki yo‘nalishda rivojlanganligi aniqlangan;
O‘zbekiston grafikasida partiyaviy ruh, ijtimoiylik, milliylik (XX asrning 20-30-yillari), harbiy-vatanparvalik, milliylik, tarixiylik (1940-yillar), ramziylik, satirik va ijtimoiy-maishiy, ideallashtiruvchi-retrospektiv, falsafiy-axloqiy, ijtimoiy faollik (1950-1960-yillar), grafika san’atida arxitektonik va plastik o‘zgarishlar kesimidagi poetik yondashuv (1970-1980-yillar) tendensiyalari yetakchilik qilganligi dalillangan;
mustaqillik davri o'zbek grafikasida rangtasvir rassomlarining individual ijodiy yondashuvidagi milliy va zamonaviy an’analarining uyg‘unligi milliylik, abstrakt, poetik, ekzotik, mifologik, tarixiylik, falsafiy-axloqiy tendensiyalarning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston zamonaviy grafikasining rivojlanish tendensiyalari (1991-2021 yy.)” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
XX asrning 20 yillarida dastlab afisha-plakatlar naturalizm va primitivizmga xos uslublar asosida shakllanganligi, 1930-yillarda bosma grafika texnikalarining paydo bo‘lishi milliy estamp an’analari, o‘zbek she’riyati va nasrining taraqqiyoti, milliy klassik adabiyotni qayta nashr etish dastgohli va kitob grafikasining rivojshlanishiga ta’sir etganligi bo‘yicha olingan natijalardan “Firma uslubi” o‘quv qo'llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug'i). Natijalar, o‘quv qo‘llanma materiallarini ilmiy manbaalar xizmat bilan boyitish, yangi ilmiy xulosalar bilan asoslash, garafikaning rivojlanish bosqichlari va badiiy xususiyalarini aniqlashga qilgan; 
mustaqillik davri o‘zbek grafikasida rangtasvir rassomlarining individual ijodiy yondashuvidagi milliy va zamonaviy an’analarining uyg‘unligi milliylik, abstrakt, poetik, ekzotik, mifologik, tarixiylik, falsafiy-axloqiy tendensiyalarning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanganligi bo‘yicha O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan ijodkorning siymosi va merosi aks ettirilgan logotip konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 16 fevraldagi 12646266-son ma’lumotnomasi). Natijada, logotipni tayyorlash jarayonida grafikaning an’anaviy uslublari va zamonaviy texnik vositalar sintezi amalda qo‘llanilgan; 
O‘zbekiston grafikasida partiyaviy ruh, ijtimoiylik, milliylik (XX asrning 20-30-yillari), harbiy-vatanparvalik, milliylik, tarixiylik (1940-yillar), ramziylik, satirik va ijtimoiy-maishiy, ideallashtiruvchi-retrospektiv, falsafiy-axloqiy, ijtimoiy faollik (1950-1960-yillar), grafika san’atida arxitektonik va plastik o‘zgarishlar kesimidagi poetik yondashuv (1970-1980-yillar) tendensiyalari yetakchilik qilganligi bo'yicha olingan natijalardan “Milliy kashtado‘zlik san’ati” xalqaro festivali logotipi va ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 29 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada festival uchun maxsus ishlab chiqilgan logotip tadbirning asl mohiyatini ochib berishga va tomoshabinlarda badiiy-estetik taassurot qoldirishda xizmat qilgan;
XX asrning 20-30-yillar grafika san’atida plakat va satirik grafika tendensiyalari grafik rassomlar ijodida kubofuturizm, konstruktivizm, ekspressionizm yo‘nalishlari uyg‘unligi, milliy plastik san’atning xalq amaliy-bezak san’ati bilan sintezi kabi ikki yo‘nalishda rivojlanganligi bo‘yicha olingan natijalardan “Firma uslubi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i). Natijalar, o‘quv qo‘llanmada zamonaviy uslublarini yaratishda grafika san’atining rivojlanish bosqichlari badiiy xususiyatlarinining o‘rni haqidagi xulosalar bilan boyitilishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish